Saodat toxirovna toshaliyeva r e k r u t m e n t
Download 4.36 Mb. Pdf ko'rish
|
Rekrutment Darslik
13.5. Lizing agentliklari
Ushbu turdagi ishga qabul qilish agentligi MDH davlatlarida endi paydo bo‘lmoqda, garchi bu xizmat turi dunyoda azaldan keng tarqalgan bo‘lsada. Kadrlar lizingining mohiyati buyurtmachi tomonidan yollanma mehnatdan vaqtincha foydalanishdan iborat. Aniqrog’i, yangi ishga qabul qilingan xodim lizing agentligi bilan mehnat munosabatlarida bo‘lib, lizing agentligi esa o‘z navbatida uni buyurtmachi kompaniyaga foydalanish uchun ijara huquqlari asosida o‘tkazadi. Shu bilan birga, buyurtmachi kompaniya xodim bilan har qanday yangi shartnomaviy munosabatlarni o‘rnatmaydi va tegishli ravishda uning oldida hech qanday majburiyatlarni o‘z zimmasiga olmaydi. Ishga yollangan xodimlardan foydalanish bo‘yicha barcha hisob-kitoblar lizing kompaniyasi bilan amalga oshiriladi. Shunday qilib, ushbu turdagi lizing xizmatlarining buyurtmachisi bo‘lgan kompaniyalar o‘zining vaqtinchalik vazifalarini / loyihalarini amalga oshirish uchun malakali xodimni tezda jalb qilish imkoniyatini qo‘lga kiritadi. Ishga qabul qilish agentliklari xizmatlarining ushbu turi, shuningdek, nomzodlarni izlash va baholashda vaqtni tejash, kompaniyaning kadrlar xizmatini xodimlarni ro‘yxatga olish bilan bog'liq ma'muriy va hujjat ishlaridan bo‘shatish, kadrlar ro‘yxati hajmini qisqartirish, ish haqi 201 xarajatlarini kamaytirish, kompensatsiya paketlari narxini pasaytirish, xodimlar oldidagi qonuniy javobgarlikning sezilarli darajada kamaytirish, agar ular biron bir sababga ko‘ra mos kelmasa, xodimlarni o‘zgartirish imkoniyati, kasal bo‘lgan yoki ta'tilda bo‘lgan xodimni almashtirish, agar mijoz xodimning bir yillik ishidan so‘ng o‘z shtatiga o‘tkazishga qaror qilsa ishga qabul qilish xarajatlarini kamaytirish zarur bo‘lganda ham qo‘llaniladi. Download 4.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling