102
Individual assessmentning maqsadi ma'lum bir kasbiy faoliyatda o‘z
resurslari va potentsialidan samarali foydalanish
uchun insonning asosiy
shaxsiy fazilatlari va xususiyatlarini aniqlashdir.
Texnologik jihatdan individual assessment bu baholash maqsadlariga
qarab boshqa vositalar bilan to‘ldirilgan kompetentsiyalar bo‘yicha
suhbatdir. Suhbatdan oldin, kompaniya vakili
bilan nomzod tashkilot
strategiyasining bir qismi sifatida hal qilinishi kerak bo‘lgan vazifalarni va
buning uchun zarur bo‘lgan xususiyatlarni batafsil muhokama qilish kerak.
Baholash natijalariga ko‘ra, mijozga hisobot shaklida batafsil teskari
aloqa taqdim etiladi, unda quyidagilar mavjud:
- kompetentsiyalarning tavsifi va ularning ballarda baholanishi;
- ushbu lavozimga nomzodning kuchli va zaif tomonlari;
- nomzodni ushbu kompaniyada
ushbu lavozimda ishlashga
motivatsiyasi;
- nomzodning kommunikativ, intellektual
va etakchilik fazilatlari
tavsifi;
- nomzodning rivojlanish va o‘qishga bo‘lgan ehtiyojlari;
- xulosalar va tavsiyalar.
Do'stlaringiz bilan baham: