Saodat toxirovna toshaliyeva r e k r u t m e n t
Kompetentsiyaga asoslangan intervyu
Download 4.36 Mb. Pdf ko'rish
|
Rekrutment Darslik
Kompetentsiyaga asoslangan intervyu. Suhbat uslubi nafaqat
nomzodning kasbiy mahorati va shaxsiy fazilatlarini, balki ularning ma'lum bir lavozimga muvofiqligini ham baholashga imkon beradi. Bunda nafaqat natija, balki u odam qanday qilib va nima uchun bunga erishganligi ham baholanadi. Kompetentsiya - bu muayyan ishni muvaffaqiyatli bajarish uchun zarur bo‘lgan xulq-atvor xususiyatlari, shaxsiy fazilatlar yoki qobiliyatlar to‘plami. Kompetentlilik - bu tegishli professional sohada samarali ishlash uchun zarur bo‘lgan ma'lum bilim va tajribaning mavjudligi. Kompetentsiya ham ijobiy va ham salbiy ko‘rinishlarda ham namoyon bo‘lishi mumkin. Optimal natijaga erishish uchun kompetentsiyaning ijobiy 98 xulq-atvor belgilarini aniq tahlil qilish va baholash maqsadga muvofiqdir. Ta'kidlash kerakki, kompetentsiyalar nomzodning haqiqiy tajribasi, uning xatti-harakatlari, bilimlari, ko‘nikmalari va qobiliyatlari, shuningdek, qadriyatlari asosida aniqlanadi. O‘z navbatida, o‘tgan tajribadan kelib chiqqan holda, kelajakda nomzodning xatti-harakati haqida prognoz qilinadi. Ushbu turdagi intervyu barcha darajadagi menejerlarni tanlashda mashhur, lekin turli lavozimlarga nomzodlarni tanlash vositasi sifatida ishlatilishi mumkin. Ushbu intervyu klassik metodologiyasida baholash bitta rekruter bilan emas, balki suhbat natijalarini muhokama qiladigan va ma'lum bir kompetentsiyani rivojlantirish darajasi to‘g'risida umumiy fikrga keladigan ikki yoki uch kishidan iborat guruh tomonidan amalga oshiriladi. Shu bilan birga, intervyu oluvchilar kuzatish, batafsil yozuvlarni yuritish, javoblarni toifalash va ballarni to‘plash kabi turli rollarni bajaradilar. Rossiyada kompetentsiyalar bo‘yicha intervyu o‘tkazish uchun bir nechta G'arb usullari qo‘llaniladi. Eng mashhur ikkita STAR (S) va PARLA (6.3.2-rasm). Download 4.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling