Saodat toxirovna toshaliyeva r e k r u t m e n t
-jadval. Rekruter asosiy parametrlari tahlil
Download 4.36 Mb. Pdf ko'rish
|
Rekrutment Darslik
6.3.1-jadval. Rekruter asosiy parametrlari tahlil
96 Suhbat jarayonidagi savollar turlari Suhbat jarayonidagi eng ko‘p samarali bo‘lgan savollar quyidagilar: 1) Ochiq ("kim, qanday, qachon, qayerda, nima uchun, nega, qanday qilib" so‘zlari bilan boshlanadigan). Bunday savollarga nomzod mufassal javob beradi, o‘zi haqida qo‘shimcha ma'lumot beradi, ya’ni uning javobi shunchaki biror narsani tasdiqlash yoki rad etishdan iborat bo‘lmaydi. 2) Izlanish ("Nega ishingizni o‘zgartirishga qaror qildingiz?"). Ushbu savollardan aniq tafsilotlarni topish va nomzodning e'tiborini muayyan fikrlarga qaratishda foydalanish kerak. 3) Qiyosiy ("Qaysi amaliyotlarni o‘zingiz bajargansiz va qaysi biri avtomatlashtirilgan edi?") Bular shakli bo‘yicha ko‘proq rejali savollar bo‘lib, suhbatdoshga nomzodning u yoki bu vazifalari, uning ko‘nikmalari va boshqalar o‘rtasidagi asosiy farqlarni aniqlab olishga imkon beradi. 4) Yopiq ("…qilganmisiz?"). Bunday savollar aniq dalillarni tasdiqlash va ba'zi ma'lumotlarni aniqlashtirish uchun foydali bo‘lishi mumkin, ayniqsa nomzoddan aniq javob olish qiyin bo‘lsa. 5) Anketalar ("tug'ilgan kuningiz sanasini ayting"). Ular aniq va oydin ma'lumot beradi, ammo ulardan juda ko‘p foydalanish "nomzodni tergov qilish" ga olib kelishi mumkin, bunga esa yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Suhbat davomida chetlanish lozim savollar quyidagilar: 1) Faraziy ("Qiyin mijoz bilan duch kelganingizda nima qilasiz?"). Nomzod o‘ziga yaqin javobni emas, balki uning fikriga ko‘ra kutilgan javobni berishga harakat qiladi. Bu samarali savol turi emas, bu oldindan o‘ylangan intervyu taktikasining bir qismi bo‘lgan hollar bundan mustasno (keys-intervyu). 2) Fikrlashga undovchi ("Sizningcha, rahbarning muloqot qilish qobiliyati qanchalik muhim?"). Javoblar yoki taxminlarni o‘z ichiga olgan ushbu savollar nomzodni yagona mos keladigan javobga olib boradi. Bunday savolga javob, ehtimol, xolis bo‘lmasligi mumkin. 3) Tanlovni talab qiladigan savollar ("Siz ish haqingiz kamligi sababli ishdan bo‘shadingizmi yoki shunchaki o‘zgartirishni xohladingizmi?"). Ushbu turdagi savol samarasiz, chunki suhbatdosh tomonidan taklif etilgan javoblar kamdan-kam hollarda mumkin bo‘lgan variantlarni qamrab oladi. 4) Ikkilik ("Sizningcha, bu muammoning sababi nimada edi va uni hal qilish uchun qanday yo‘llarini ko‘rib chiqdingiz?"). Bunday savollar nomzodni chalkashtirib yuborishi mumkin. 5) Uzun. Har qanday holatda ham savollar qisqa, lo‘nda va muhim bo‘lishi kerak. 97 6) Noaniq ("Holatingiz haqida so‘zlab bering"). Intervyu oluvchi eng aniq va ikki ma'noga ega bo‘lmagan savollarni berishi kerak. Ba’zan nomzoddan ma'lum ma'lumot olishni yoki mavjud vaziyatni tushunishini tekshirish holatlarida bunday savollar berilishi mumkin. 7) "Lirik" ("Sizning sevimli mashg'ulotingiz nima?"). Savollar nomzod lavozimiga qo‘yiladigan talablar bilan taqqoslash va nomzodning malakasini aniqlash uchun zarur bo‘lgan ma'lumotlarni olishga qaratilgan bo‘lishi kerak. 8) Tanqid qiluvchi ("Aftidan, siz katta qiyinchilik bilan katta natijalarga erishdingiz - ehtimol siz uchun savdo oson emas"). Intervyu oluvchi nomzodga tanqidiy munosabatda bo‘ladigan savollarni so‘ramasligi kerak bu uni xafa qilishi yoki tajovuzkor mudofaa reaktsiyasini keltirib chiqarishi mumkin. 9) kamsituvchi ("siz necha yoshdasiz?"). Mehnat bozorida har qanday kamsitish qonun tomonidan taqiqlangan. Suhbatlarning eng keng tarqalgan turlari: 1) kompetentsiyaga asoslangan intervyu; 2) mezonlarga asoslangan intervyular; 3) biografik; 4) erkin; 5) stressli; 6) vaziyat (keys-suhbat); 7) Andoza bo‘yicha intervyu. Shuni tan olish kerakki, intervyularni turlarga ajratish ko‘p jihatdan shartli hisoblanadi. Amalda, suhbatning turli usullari, turlari va elementlarini birlashtirish orqali eng yaxshi natijaga erishiladi. Rekruterlar eng maqbul savollarni, suhbatning formati va tuzilishini muayyan vaqt, geografik va resurs sharoitlarida ma'lum bir pozitsiya to‘g'risida tanlaydi. Download 4.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling