Saodat toxirovna toshaliyeva r e k r u t m e n t
Interv’yu jarayonida nomzodning verbal va noverbal
Download 4.36 Mb. Pdf ko'rish
|
Rekrutment Darslik
7.2. Interv’yu jarayonida nomzodning verbal va noverbal
harakatlarining xususiyatlari Ko‘rish va eshitish qobiliyati har qanday rekruterning qimmatli fazilati. Ular, istashmasa ham psixologlardir, suhbatdoshning har qanday so‘zlariga va imo-ishoralariga ahamiyat berishiga majbur. Ammo yoqimsiz nomzod bilan ham muloqotda qiziqishni bildirishni unutmaslik kerak. Suhbatdosh nomzoddan iloji boricha ko‘proq uning muvaffaqiyat va yutuqlari, shuningdek, odamlar haqida gapirishni istamaydigan kamchiliklar to‘g'risida ko‘proq ma'lumot olishi kerak. Shuning uchun diqqatingizni namoyish qilish uchun barcha verbal va noverbal vositalardan foydalanib, diqqat bilan tinglash va kuzatish muhimdir. Noverbal xatti-harakatlar Suhbatdoshlar orasidagi masofa Ko‘plab professional rekruterlar suhbat davomida suhbatdoshlar orasidagi optimal masofa 1-1,5 metrni tashkil qiladi deb hisoblashadi. Agar masofa bir metrdan kam bo‘lsa, bu ko‘pchilikka diskomfort va noqulaylik tug'diradi, agar u 1,5 metrdan oshsa, atmosfera juda rasmiy bo‘lib qoladi. 113 Turish (tana holati) Suhbatdoshning o‘rindiqda qanday o‘tirishi diqqat va samimiy qiziqishni namoyish qilish uchun muhimdir. U to‘g'ri o‘tirishi kerak, oldinga egilib, diqqat bilan va suhbatga maksimal darajada qatnashgan holda. Nomzodning suhbat uchun qanday joylashishini kuzating va yozib oling - bu u haqida fikrni shakllantirishga yordam beradi. Ko‘z bilan aloqa qilish Ko‘z bilan aloqa qiziqish ko‘rsatish, shuningdek, xijolat va uyalishni yo‘qotish uchun, nomzodning aytmoqchi bo‘lgan hamma narsani qabul qilishga va tushunishga tayyor bo‘lishi uchun kerak. Qarash verbal aloqa usullari bilan chambarchas bog'liq. Nomzodga qaramaydigan shuhbatdoshlarga suhbatni boshqarish ancha qiyinlashadi va nomzodda suhbatdosh nimanidir yashirayotgani yoki gapirmayotganligi haqida taassurot paydo bo‘ladi. O‘z navbatida, rekruter ko‘zni olib qochuvchi va ko‘z bilan aloqa qilmayotgan nomzodga xuddi shunday munosabatda bo‘ladi. Download 4.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling