Saodat toxirovna toshaliyeva r e k r u t m e n t
Sinov natijalarini qayta ishlash
Download 4.36 Mb. Pdf ko'rish
|
Rekrutment Darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- So‘rovnoma kaliti
Sinov natijalarini qayta ishlash
Sinovga ishlov berish sinaluvchilar javoblarining to‘g'riligini aniqlash bilan boshlanishi kerak. Agar javoblar "kalit" da ko‘rsatilganlarga to‘g'ri kelsa, ularning har biriga 1 ball beriladi. Anketaning "kaliti" quyida 119 keltirilgan. Agar javoblarning samimiyligi uchun umumiy ball 5 yoki 6 bo‘lsa, natijalar shubhali. Agar umumiy ball 7 dan yuqori bo‘lsa, unda test ma'lumotlari ishonchsiz deb hisoblanadi va natijalarni keyinchalik qayta ishlash amalga oshirilmaydi. 0 dan 4 gacha bo‘lgan ballarda javoblar ishonchli. So‘rovnoma kaliti 7.1-rasmda ko‘rsatilganidek, toza varaqqa ekstravertlik va neyrotizm o‘zaro perpendikulyar 0–24 shkalali o‘qlari chiziladi. Oqlarning kesishish nuqtasi 12 qiymatiga to‘g'ri keladi. Ekstraversiya - introversiya ko‘rsatkichi bo‘yicha ballar yig’indisi hisoblanadi. Ushbu ko‘rsatkich uchun ham javoblar huddi samimiylik ko‘rsatkichi bilan bir xil tarzda xisoblanadi (savolnomaning "kaliti" dagi har bir ektraversiya ko‘rsatkichiga to‘g'ri keladigan har bir javob uchun 1 ball beriladi). Aytaylik, ekstraversiya ko‘rsatkichi bo‘yicha ballarni hisoblashda yig'indi 15 ga teng bo‘ldi. Bunday holda, extraversiya o‘qi bo‘yicha 15 qiymat orqali vertikal chiziq chiziladi. Xuddi shu tarzda, nevrotikizm ko‘rsatkichi bo‘yicha ballar yig’indisi hisoblanadi. Deylik, ushbu ko‘rsatkichning umumiy balli 19 ga teng bo‘lsin. Neyrotizm o‘qi bo‘yicha 19 qiymat orqali gorizontal chiziq chiziladi. Gorizontal va vertikal chiziqlarning kesishish nuqtasi G.Ayzenk ikki faktorli modelidagi sinaluvchining o‘rnini ko‘rsatadi. Ushbu holda, xolerik temperament aniqlandi (7.3.1-rasmga qarang). EMOTSIONAL BARQARORLIK EMOTSIONAL NOBARQARORLIK 120 Aftidan, G.Ayzenkning talqinida sinaluvchi xolerik temperamentga xos bo‘lgan biroz kuchli hissiy beqarorlikka ega ekstravert hisoblanadi (7.3.2-rasmga qarang). Ekstravertlik omilga ko‘ra (ekstraversiya - intraversiya), sinaluvchilarni ikki guruhga bo‘lish mumkin. Agar sinaluvchi ekstroversiya nuqtai nazaridan 12 balldan kam ball to‘plagan bo‘lsa, unda introversiya unga xosdir. Agar umumiy ball 12 tadan oshsa, u holda sinaluvchiga ekstraversiya xos bo‘ladi. 0 dan 12 gacha bo‘lgan ballarning qiymati introversiyaning jiddiyligini aks ettiradi. Neyrotizm ko‘rsatkichi bo‘yicha ball hisoblash o‘xshashdir. Umumiy ball 12 tadan kam bo‘lganda, sinaluvchi hissiy barqarorlik (barqarorlik) bilan ajralib turadigan vakillarga kiritiladi. Jami 12 tadan ortiq ball to‘plagan bo‘lsa, sinaluvchi hissiy jihatdan beqaror kishilar toifasiga kiradi. Shuni yodda tutish kerakki, test natijalarining ishonchliligi, odatda psixologlar tomonidan tan olinganidek, 0,8 (ya'ni 80%) qiymatidan oshmaydi. Download 4.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling