Сапаров Илёс
Chaqiriqqacha yoshlar tayyorgarligi bo’yicha mashg’ulotlar o’tkazishning asosiy shakllari
Download 155.5 Kb.
|
Karimov dilmurod
2. Chaqiriqqacha yoshlar tayyorgarligi bo’yicha mashg’ulotlar o’tkazishning asosiy shakllari.
Har qanday o’quv yurtidagi o’qitish jarayonini asosini o’quv ishlari tashkil etadi. O’qitishning sifati o’quv jarayonini tashkillash, mashg’ulotlar o’tkazishning shakllariga bog’liq bo’ladi. Mashg’ulot shakli o’quvchilar tarkibini, o’tkazish joyi, davomiyligi, CHQBT rahbarining roli va boshqalarni nazarda tutadi. Mashg’ulot shakli Chaqiriqqacha yoshlar tayyorgarligi dasturida belgilangan bo’lib, uni o’zgartirish mumkin emas. Mashg’ulot shakllari–bu o’quvchilarni o’qitish, mashg’ulotlarni tashkillashga yordam beruvchi shart – sharoitlar, shuningdek, o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasidagi o’ziga xos faoliyatlar yig’indisidir. Chaqiriqqacha yoshlar tayyorgarligi dasturi bilan quyidagi mashg’ulot shakllari belgilangan: nazariy; amaliy; ko’rgazmali; taktik-saf mashg’ulotlari; taktik mashg’ulotlari; semenar-sinov mashg’ulotlari. Nazariy mashg’ulotlar, og’zaki bayon qilish bilan (ma’ruza,suhbat) o’tkazilib, o’quvchilarga o’rgatilayotgan materialning asosiy mazmunini beradi va ularda nazariy fikrlash, keng dunyoqarashni shakllantiradi, nazariya va amaliyotning dolzarb muammolarini yoritib beradi. Nazariy mashg’ulotlar boshqa turdagi mashg’ulotlarni tashkillash va o’tkazish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Ko’rgazmali mashg’ulotlar – o’quvchilarni jangovar texnika va qurollar namunalari, shaxsiy tarkibning yashash tarzi va xizmati bilan tanishtirish maqsadida namunaviy tarzda tashkil etilib o’tkaziladi. Amaliy mashg’ulotlar–jangovar texnika va qurollar, priborlarni o’zlashtirish, ularni qo’llash usullarini egallash, asrash va saqlash qoidalarini o’rganish maqsadida o’tkaziladi. Amaliy mashg’ulotlarda o’quvchilar tomonidan nazariy mashg’ulotlarda olingan bilim va malakalar takomillashtiriladi. Amaliy mashg’ulotlar tushuntirish va ko’rgazmali uslub yordamida o’tkazilishi mumkin. Uning asosiy mazmuni har bir o’quvchining o’quv joyidagi bajarayotgan amaliy ishidir. Amaliy o’rgatishning yakuniy bosqichi bo’lib, taktik mashg’ulotlar hisoblanadi. Ular odatda dala-o’quv mashg’ulotlarida o’tkaziladi. Taktik mashg’ulotlarda o’quvchilarga askar, razvedchik, kuzatuvchi vazifalarini jangovar vaziyatda bajarishning ko’nikma va malakalari singdiriladi. Taktik-saf mashg’ulotlari, odatda taktik mashg’ulotlardan oldin o’tkaziladi va shaxsiy tarkibning harakat va usullarini jangovar vaziyatda qo’llash uslublarini o’rgatadi. Harakatlanishning usul va qoidalari ko’p marotaba takrorlash uslubi bilan o’rgatilishi mumkin. Navbatdagi harakatni o’rganish, qachonki o’rganilayotgan harakat to’la o’zlashtirilib olingandan keyingina boshlanishi mumkin. Har bir savol uchun taktik vaziyat albatta yaratilishi kerak. Semenar-sinov mashg’ulotlari o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalari darajasini aniqlash va yakuniy baho chiqarish maqsadida o’tkaziladi. Odatda, semenar mashg’ulotlari o’quv yilining so’nggi bosqichida, ya’ni, o’quv-dala yig’ini vaqtida o’tkaziladi. Download 155.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling