Сапаров Илёс
Download 155.5 Kb.
|
Karimov dilmurod
ASOSIY QISIM
1. Harbiy qismda shaxsiy tarkib bilan tarbiyaviy ishlarni olib borishning axamiyati va o‘rni. Tarbiya jarayonida xalqimizning asrlar osha yashab kelgan an’analari, urf-odatlari, tili va ruhi negiziga qurilgan milliy mustaqillik mafkurasi umuminsoniy qadriyatlar bilan mahkam uyg‘unlashgan holda kelajakka ishonch, ularni Vatanga muhabbat, osoyishtalik va farovonligini anglash, halollik, mardlik va sabr-bardoshlikni adolat tuyg‘usini tarbiyalash yo‘lida tarbiya qilishimiz zarur. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini ta’minlash kafolatlari batafsil e’tirof etilgan. Siyosiy barqarorlik murakkab va ko‘pqirrali tushunchadir. Bu tushuncha o‘ziga turli siyosiy sub’ektlar-xalqlar, millatlar ijtimoiy harakatlarning o‘zaro aloqalari tizimini anglatadi. Hozirgi demokratik huquqiy davlatini shakllantirish jarayonida jamiyatimizning osoyishtaligini, farovonligini ta’minlash demokratiyaning inson huquqlarini himoya etish, xavfsizlikni barqaror qilishda hamkorlikni mustahkamlash va qurolli Kuchlarni erkinlashtirish muhim ahamiyatga ega. Siyosiy xavfsizlikning, osoyishtalikning ichki siyosiy, mintaqaviy va xalqaro turlari mavjud. Ichki siyosiy xavfsizlikni ta’minlashda jamiyatning siyosiy xavfsizlikni ta’minlashda jamiyatning siyosiy tizimi qismlari davlat uning organlari (siyosiy partiyalar; jamoat birlashmalari va ijtimoiy harakatlar) faoliyati asosiy omil hisoblanadi. Ushbu holatdan kelib chiqib, shuni ta’kidlashimiz joizki, mudofaa etuvchi organlarning jamiyat farovonligini ta’minlashdagi o‘rni va ahamiyati kattadir. Ular o‘z kasbiy faoliyatlari bo‘yicha ham siyosiy osoyishtalik va farovonlikni ta’minlashda ishtirok etadilar. Bu o‘rinda ofitserlarning va harbiylarning siyosiy-ma’rifiy tarbiyasi bilan muntazam va maqsadli shug‘ullanish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasida etarli tajriba to‘plangan. Akademiya o‘quv va tarbiya rejasiga binoan har bir bosqichda, har bir tinglovchiga vatanparvarlik, fidoiylik xislatlarini shakllantirish maqsadida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Akademiya tinglovchilari har tongni O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi sadolari ostida qarshilaydilar, respublika ramzlariga, xalqiga o‘z sadoqatlarini bildiradilar, guruh va bosqichlarda esa har haftalik siyosiy axborotlar, ma’rifat soatlari uyushtiriladi. YOsh avlodimizni vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat ruhida tarbiyalashda, ularning qalbiga Vatan xavfsizligi, xalq osoyishtaligi va farovonlik fazilatlarini chuqur joylashtirish har bir tarbiyachining burchi hisoblanadi. YOshlarni xavfsizlikni mudofaa qilish, osoyishtalik va farovonlikni barqaror qilish ruhida tarbiyalashda turli vositalardan foydalanish lozim. Ayniqsa, xalqimiz tarixi, Vatan uchun jon fidoligi, topqirligi, aql-zakovatini oqilona ishga solinishi, tahlikaviy jihatlardan mardonavor chiqa olishligi, dushman fikrini oldindan o‘qiy olishligi va uni daf eta olishi, tuzoqqa tushmasligi, aksincha, dushmanga pand bera olishi, mashaqqatlarga chidamliligi kabi vositalarni tarbiyalash lozim. Jumladan Spitamen rahbarligidagi ko‘p bo‘lmagan abjir yigitlar vatan himoyasiga otlanadilar. Spitamen boshchiligidagi askarlarning jasorati, topqirligi, uddaburonligi Aleksandr Makedonskiyni qoyil qoldirgan. Biz ona O‘zbekiston istiqlolini, uning sha’nu-shavqatini qanday himoya etishni ota-bobolarimizdan meros qilib olishimiz va uning himoyasiga hamisha tayyor turmog‘imiz darkor. Darhaqiqat, ona-Vatan ozodligi va farovonligini har narsadan a’lo bilgan mardi-maydon yigitlarimiz, har qanday mushkul holatlarga, murakkab, jiddiy vaz’iyatlarga duch kelmasinlar, biroq ular oxirgi tomchi qonlari qolguncha o‘z ahdu paymonlariga, e’tiqodlariga sodiq qola biladilar. O‘sha o‘rinda chin vatanparvar siymo SHayx Najmiddin Kubroning jasorati benazirdir. CHingizxon qo‘shini Gursang (Urcheng)ni qamatilgan paytda Najmiddin Kubro 76 yoshni qoralagan mo‘ysafid-chol bo‘lishiga qaramay, Muhammad Xoramshohga o‘xshab o‘z xalqining hol-ahvolini taqdir hukmiga tashlab, sharmandalarcha poytaxtni tashlab qochmadi. Uni o‘ziga xos g‘oyasi shunday bo‘lgan: «SHu tuproqda tug‘ilibmiz, shu tuproqda o‘lamiz!». Hofiz Tanish Buxoriyning «Abdullanoma» Abdulg‘ozi Bahodurxonning «SHajaria turk» risolalarida 76 yoshli Najmiddin Kubro hazratlariga CHingizxon omonlik berib shaharni tark etishni so‘raydi. SHayx hazratlari bu taklifni qat’iyan rad etadi va jang maydoniga yo‘l oladi. Keksaligiga qaramay bir necha g‘animni er tishlatib, mug‘ullar to‘g‘iga hamla qiladi. To‘g‘ni saqlash harbiylarning muqaddas burchi edi. Lekin Najmiddin Kubro hazratlari to‘g‘ni qo‘yib yubormaydilar, g‘animlar hazratning qo‘lini kesishadi. O‘sha chog‘dagi qonli qo‘l tug‘da ketadi. G‘animlar shayx barmoqlarini birma-bir kesib to‘g‘ni ozod qilishadi. Bu to‘qilgan afsona emas. Tarix-millat va xalqning haqiqiy tarbiyachisidir. Biz ajdodlar sabog‘idan juda ko‘p narsalarni o‘rgansak arziydi. CHunki ajdodlar sabog‘i hayot sabog‘idir. Tarbiyaviy ishda askarlarning e’tibori xavfsizlikning mardonavor o‘tmishiga, o‘zbek xalqining jahon sivilizatsiyaga qo‘shgan ulkan hissasiga, uning ko‘p asrlik madaniyatiga qaratilmoqda. Bunda Tomaris, Spitamen, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur kabi buyuk qahramonlarning jasoratini talqin etishga Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Alisher Navoiy va boshqa allomalarning ma’naviy merosini tushuntirib berishga e’tibor berilmoqda. Bilim yurtida amalga oshirilayotgan kursantlar harbiy-vatanparvarlik tarbiyasining yana bir muhim yo‘nalishlaridan biri-bu shaxsiy tarkibni O‘zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosati, iqtisodiyot, fan, madaniyat, ijtimoiy sohada bo‘layotgan o‘zgarishlar bilan tanishtirib borish va shu asnoda kursantlarda Vatanga muhabbat, iftixor, milliy g‘urur, shu Vatanning munosib farzandi bo‘lib etishiga intilish hissini shakllantirishdan iboratdir. Xavfsizlikning oldini olish va osoyishtalik, farovonlik ruhida tarbiyalashni yana biri-bu harbiy an’analarni davom ettirish bilan bog‘liqdir. Toshkent shahri va viloyatlarida joylashgan bir nechta bolalar uylarida tarbiyalanuvchilar bilim yurtiga kelib, harbiy-texnika, qurol-yaroq, kursantlarning yashash, o‘qish va xizmat sharoitlari bilan yaqindan tanishdilar. Bunday aloqa ikki tomon uchun ham samaralidir. SHuni aytish kerakki, IIV Toshkent oliy harbiy texnik bilim yurtida bo‘lajak ofitserlarni tayyorlashda ularni Vatanga, tanlangan kasbiga muhabbat, xalq tinchligi va osoyishtaligini saqlash yo‘lida kuch-g‘ayratini, kerak bo‘lsa jonini ham ayamaslik hissini shakllantirishi bilim yurti qo‘mondonligi, professor-o‘qituvchilar tarkibi komandirlar, faxriylar, ota-onalar hamkorligida harakat qilmoqdalar. Bu sohada erishilgan muayyan yutuqlar bilim yurtini tugatib, xizmat burchlarini respublikamiz turli qismlarida xi zmat etayotgan yoki ofitserlarning faoliyatida o‘z aksini topmoqda. SHuni alohida ta’kidlash kerakki, hozirgi kunda ham sheryurak o‘g‘lonlarimizning qo‘shgan hissalari yo‘q emas. Masalan: Surxondaryoning Sariosiyo, Uzun, Toshkent viloyatining Bustonliq tumanlarida sodir bo‘lgan voqealarda jangari bosqinchlarga qarshi kurashgan ona-Vatanimizning mard o‘g‘lonlarining jasorati va shu yurt uchun shahid bo‘lishlari Vatan tuyg‘usi ham juda yuksak ekanligidan dalolat beradi. Bunday jasur jangchilarni vatanga sodiq askarlarni har tomonlama tarbiyalashda qo‘yidagi masalalarga e’tibor berish zarur: Download 155.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling