Сапаров Илёс


O’qitish shakllari va uslublarining o’zaro aloqalari


Download 155.5 Kb.
bet6/7
Sana03.02.2023
Hajmi155.5 Kb.
#1152668
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Karimov dilmurod

O’qitish shakllari va uslublarining o’zaro aloqalari.
Har bir alohida mashg’ulotni, uni tashkillash nuqtai-nazaridan ta’riflasak, mashg’ulotlarning shakllari CHQBT mazmuniga bog’liq bo’ladi va o’qitishning tamoyillari va uslublari bilan uzviy bog’langanligiga ishonch hosil qilamiz.
O’qitish shakllari va uslublarining o’zaro aloqasi shunda ifodalanadiki, har bir mashg’ulot shaklida aniq bir uslublar qo’llaniladi.

Xulosa
Mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotida keng ko’lamli islohotlar jarayoni kechmokda. Ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan ishlarda bu ayniqsa yaqqol ko’zga tashlanadi. Zero, mustaqil mamlakatimizning kelajagi ko’p jihatdan bugungi yoshlarimizning bilimi va salohiyatiga bog’liq. Tabiiyki, biz ularga qanchalik chuqur, puxta ta’lim bersak, ertangi kunimizdan umidimiz shunchalik katta bo’ladi.
Prezidentimizning “Kadrlar tayyorlash bo’yicha milliy dastur”i imzolangandan so’ng, mazkur dasturni bajarish va milliy istiqlol maqsadi va g’oyalarini ro’yobga chiqaradigan sog’lom yosh avlodni voyaga yetkazish, ularni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida, kuchli hamda sog’lom insonlar qilib tarbiyalash maqsadida ulkan vazifalar amalga oshirilmokda.
Prezidentimiz I.A.Karimov aytib o’tganlaridek, har bir avlod o’z yurtining tarixini va obro’sini, o’zining farzandlik muhabbati va e’tiqodi, sadoqati va bunyodkorligi, matonati va mardligi bilan barpo etadi.
Mana shu so’zlar, buyuk maqsadlardan kelib chiqqan holda, bizlar ham o’z oldimizga asosiy vazifalarni belgilab olishimiz kerak.
Bizning asosiy vazifamiz - mana shu mustaqil Vatanni jon-jonidan sevuvchi, uning ravnaqi va ozodligi, xalki uchun jasoratga, kerak bo’lsa jonini fido etishga tayyor bo’lgan, elim deb, yurtim deb, yonib yashaydigan mard o’g’lonlarni, o’zbek vatanparvarlarini tarbiyalab voyaga yetkazishdir. Biz bu olijanob maqsadlarga yoshlarning chaqiriqqacha tayyorgarligi va harbiy-vatanparvarlik tarbiyasini to’g’ri tashkil etish va uni yuksak saviyalarda o’tkazish orqali erishishimiz mumkin.
Bugungi kunda ta’lim tizimida yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlash, ularning harbiy vatanparvarlik tarbiyasini tashkil etish bo’yicha bir qator dolzarb muammmolar turibdi.
Shu o’rinda Farg’ona viloyati hokimining 2000 yil 12 oktyabrdagi
№ 258-sonli «Viloyatdagi o’rta maktablar, akademik-litsey, o’rta-maxsus va kasb-hunar kollejlarida yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlash, chaqiriqqacha yoshlar tayyorgarligi fani o’qitilishini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarorini eslatib o’tish maqsadga muvofiqdir.
Ushbu qarorning asosiy mazmuni yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlash va Chaqiriqqa yoshlar tayyorgarligi fani o’qitilishini samaradorligini oshirish kabi vazifalardan iborat.
Yuqorida aytib o’tilgan qaror va yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlashdagi ba’zi bir muammolardan kelib-chiqqan holda, biz yuqoridagi ayrim fikrlarni va tavsiyalarni aytib o’tishni o’zimizga joiz deb bildik.
Biz umid qilamizki, agar Chakiriqqacha yoshlar tayyorgarligi va harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi jarayoni yuqorida aytib o’tilgan ChYoT va harbiy-vatanparvarlik tarbiyasining yunalishlari asosida olib borilsa, o’kuv-tarbiya jarayonini to’g’ri tashkil etishga va uni samarali o’tkazishga yaqindan yordam beradi va yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlash va ularning harbiy-vatanparvarlik tarbiyasini yanada yuqori saviyalarga ko’tarishga imkon yaratadi..



Download 155.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling