O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
MAKTABGACHA TA’LIM FAKULTETI
MAKTABGACHA TA’LIM YO’NALISHI
1 -BOSQICH 105 -GURUH TALABASI
SAPAROVA NIGORANING
TAQDIMOT ISHI
TERMIZ-2023
APPLIKATSIYADA QIRQISHNI HAR HIL USULLARINI BAJARISH
Maktabgacha ta’lim muassasada applikatsiya ishiga o‘rgatishning vazifalari va turlari (6-amaliy mashg‘ulot)
Predmetli applikatsiya - bolalar qog‘ozdan qirqish va fonga alohida predmet tasvirlarini yopishtirish mahoratini o‘zlashtiradilar. Faoliyat xususiyatiga ko‘ra atrofdagi predmetlarni ancha umumlashgan shartli tasviriy o‘yinchoqlar, xalq amaliy san’ati namunalarida ifodalash mumkin bo‘ladi.
B oshlang‘ich bosqichda tarbiyachi-pedagog tayyorlagan qismlardan predmetni yelimlaydi: - turli rangdagi ikkita koptok, yarimta bo‘laklar, qo‘ziqorinqalpokcha va oyoqcha; aravacha - to‘rtburchak asos va dumaloq g‘ildiraklar. Bolalar shakli, tuzilishi, ranglar birikmalari, hajmi, farqlangan predmetlarni tasvirlashlari mumkin.
Predmetli applikatsiya uchun katta hajmdagi materiallarni tanlash kerak bo‘ladi. Masalan, uzumning katta barglari, eman, zarang, tog‘ terak, kashtanning katta barglari yoki tut barglari bo‘lishi ham mumkin.
Dekorativ applikatsiya- turli bezaklar hosil qilish bilan bog‘lik bo‘lgan faoliyat turi. Dekorativ applikatsiyada bolalar qirqish
r itm, simmetriya bo‘yicha turli rang birikmalarini turli bezak elementlarini birlashtirish, qirqish mahoratini o‘zlashtiradilar.
Bu mashg‘ulotlarda bolalar predmetlarni dekorativ stillashtirish, ularni tuzilishiga ahamiyat berish, namunalarni yangi sifatlar bilan boyitishni o‘rganadilar. Bu mashg‘ulotlarda bolalar yana qo‘yidagilarni o‘rganadi: predmetlarni o‘zgartirish, ularning tuzilishini umumlashtirish, namunalarni yangi sifatlar bilan taqqoslash.
М azmunli applikatsiya - o‘z oldiga qiyin masalalarni qo‘yadi va ba’zi bir qoidalarni bajarilishini talab qiladi: rang, shakl bo‘yicha birbirlariga to‘g‘ri keladigan tabiiy materiallarni yig‘ish kerak. Masalan, barglar va chig‘anoklar va mayda toshlar, somon, taxta qipiqlari, qurigan shoxchalar, danaklar va hokazolar. Asosiy e’tiborni fon va materiallar rangi mosligiga qaratish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |