Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi


Download 4.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/436
Sana03.11.2023
Hajmi4.79 Mb.
#1743304
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   436
Bog'liq
farmatsevtik texnologiya

Tushuntirish matni
Qiyin eriydigan moddalardan eritmalar tayyorlash
Borat kislotasi, amidopirin, kaltsiy glyukonat; achchiqtosh, natriy tetraborat kabi moddalar 
sovuq suvda sekin eriydi va nisbatan yomon xo‘llanadi. Ularning eritmalarini tayyorlashda issi-
suvdan foydalanish lozim.
Oling: Borat kislotasi eritmasidan 2,0 : 75 ml
Chayish uchun.
Pasporti: Borat kislotasidan 
2,0 Tozalangan suvdan 75 ml 
Umumiy hajm 75 ml
Texnologiyasi: Borat kislotasi sovuq suvda 1:25, issiq suvda 1:4 nisbatda eriydi.
Yordamchi idishda 2g borat kislotasi 75 ml tozalangan 89-90° С li issiq suvda chayqatib eritiladi 
va shisha idishga suzilib, tegishli yorliq yopishtiriladi.
Yirik kristalli moddalardan eritmalar tayyorlash
Bularga natriy sulfat, magniy sulfat, mis sulfat, qo‘rg‘oshin atsetat, achchiqtosh va 
boshqalar kiradi. Ularning suvli eritmalarini tayyorlash uchun dastlab uning yzi yoki retseptda 
ko‘rsatilgan erituvchi ishtirokida xovonchada maydalab olinadi.
Oling: Mis sulfat eritmasidan 2% - 80 ml
B.B. Yuvish uchun


Pasporti: Mis sulfatdan 1,6
Tozalangan suvdan 80 ml
Umumiy xajm 80 ml
Texnologiyasi: Mis sulfat suvda yaxshi eriydi (1:3), lekin kristallari yirik va yomon
xullanish xususiyatiga ega bo‘lgani uchun erishi sekin boradi. Bu jarayonni tezlashtirish uchun 
mis sulfatni havonchada maydalanadi va 89-90
o
C li issiq suvda eritiladi. Tayyor eritma shisha 
idishga paxta tamponi orqali suzib beriladi.
Oksidlovchilar bilan eritmalar tayyorlash
Kumush nitrat va kaliy permanganat eritmalari organik moddalar ta'sirida tez parchalanib 
ketishi mumkin (ayniqsa filtrlash jarayonida). Shuningdek filtr qog‘ozi kumush ionlarini o‘zida 
adsorbtsiyalab ushlab qoladi. Shuning uchun bunday moddalardan eritmalar tayyorlashda 
oldindan tayyorlab olingan yangi xaydalgan, tozalangan suvdan foydalaniladi. Juda filtrlash 
zarur bo‘lsa, birinchi yoki ikkinchi nomerli shisha filtrdan foydalaniladi.
Oling: Kumush nitrat eritmasidan 0,12 : 100 ml
1 osh qoshiqdan 3 mahal ovqatdan oldin 
ichilsin. Pasporti: Kumush nitratdan 0,12
Tozalangan suvdan 100 
ml Umumiy xajm 100 ml
Texnologiyasi: 0,12g kumush nitrat oldindan filtrlangan yangi xaydalgan, tozalangan 180
ml suvda eritiladi. Tayyor eritmani qo‘ng‘ir idishga solib surguchlab, muxr qo‘yiladi. Zarur 
bo‘lsa 1- sonli shisha filtr orqali filtrlanadi. ―Extiyot bo‘linsin‖ deb yozilgan ogoxlantirish 
yorlig‘i yopishtiriladi. Shuningdek yangi tug‘ilgan chaalow‘lar uchun, deb yozib qo‘yiladi.

Download 4.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   436




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling