Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi
Download 4.79 Mb. Pdf ko'rish
|
farmatsevtik texnologiya
ICHISHGA MO‟LJALLANGAN TOMCHILAR.
(GUTTAE AD USUM INTERNUM) Tomchilarning bu guruhi rang-barangligi bilan farqlanib, ular quyidagi misollar bilan cheklanadi. Rp.: Solutionis Platyphyllini hydrotartratis 0,2 % 10 ml D.S. 10 tomchidan ovqatdan oldin ichilsin. Retseptda suvda oson eriydigan kristall moddaning (1:10) eritmasi yozilgan, eritmaning konsentratsiyasi va umumiy og‗irligini saqlash uchun 1-shisha filtrdan foydalaniladi. Agar bu filtr bo’lmasa, uni yuqorida ko‗rsatilgandek suzilib, qadoqlangan holda beriladi. Rp.:Tincturae Convallariae majalis Tincturae Valerianae aa 10 ml M.D.S. 25 tomchidan kuniga 2 mahal Rp.: Aethylmorphyni hydrochloridi 0,2 Mentholi 0,3 Natrii bromidi 1,0 Adonisidi 5 ml M.D.S. 25 tomchidan kuniga 2 mahal Tarkibiga ko’ra, tomchi murakkab bo‗lib, uch xil tuzli komponentlar va uch xil o‗simlik xomashyosidan, ya‘ni spirtli ajratmadan iborat (2 ta nastoyka, 70 % etanolda tayyorlangan va yangi galen preparat adonizid tarkibida 18—20 % etanol saqlaydi). Mentolni eritish uchun 70 dan kichik bo‗lgan etanol kerak bo‗ladi, u avval nastoykalar aralashmasida eritiladi (bemorga beriladigan flakonga). Uncha katta bo‗lmagan alohida stakanga 5 ml adonizidda 0,2 g dionin eritiladi (dioninning suvda va etanolda eruvchanligi 1:30), so‗ngra natriy bromid eritiladi (suvda va mentolda oson eriydi) va eritma flakonga quyiladi (agar kerak bo‗lsa paxta tamponda suziladi). Ichishga mo‗ljallangan tomchilarni tayyorlashda «zaharli » va «kuchli ta‘sir etuvchi » ro‗yxatdagi preparatlarning dozalarini tekshirish muhim jarayonlardan hisoblanadi. Bunda dori turi umumiy hajmining tomchilar soni tekshiriladi (spirtli eritmalar 1 ml.da turli miqdorda tomchi saqlaydi), so‗ngra proporsiya bilan «zaharli» yoki «kuchli ta‘sir etuvchi» ro‗yxatidagi moddaning retseptdagi bir martalik tomchilar soniga ko‗ra ularning miqdor i ani-lanadi. Retsept bo‗yicha 25 tomchida 0,004 g dionin bor (yuqori bir martalik doza 0,03 g). Hisob: dori turining umumiy hajmi 25 ml.da 0,008 g dionin bor) yoki 50 tomchi spirt li preparatda, 25 tomchida esa 0,004 g dionin bor. Download 4.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling