Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi


Download 4.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/436
Sana03.11.2023
Hajmi4.79 Mb.
#1743304
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   436
Bog'liq
farmatsevtik texnologiya

Asosiy matn
Tomchilar deb, chin va kolloid eritmalardan iborat tomchi holida dozalanadigan suyuq dori 
turiga aytiladi. Tomchili dozalash — bu dori turining yagona farqlanuvchi belgisi hisoblanadi. 


Mustaqil guruh sifatida ajralishiga sabab, tarkibidagi dori moddalar shunday konsentratsiyalarda 
beriladiki, bir martalik doza unda bir necha tomchilardan iborat bo‗ladi. Shu sababli tomchilarni 
retseptda 10 ml.gacha bo‗lgan miqdorda yoziladi. Tomchilar suyuq dori turlari retsepturasida 
muhim o‗rin egallaydi (25 % gacha). Tom chilar ichishga va sirtga mo‗ljallangan bo‘ladi.
Tomchilar ex tempore tayyorlanadi va yana dorixonaning ichki ishlab chiqarish mahsuloti 
ham hisoblanib, ular haqiqqatan ham standart bo‗lib ketgan. Oz hajmda beriladigan tomchilar 
ayrim xususiyatlarga ega bo‗lib, bular suzish jarayonida kuzatiladi. Shunisi muhimki, eritma 
konsentratsiyasi va uning miqdori suzilganda kamaymasligi.
Shuning uchun modda eritilayotganda qism suvni olib qolish kerak. So‗ngra 
tayyorlanayotgan eritma paxta tampon orqali o‗tkazilayotganda, tampon avvaldan ivitib olinadi, 
filtrlash tugagandan so‗ng, qolgan erituvchi bilan yuviladi. Shisha filtrlar ishlab chi - ilgandan 
so‗ng, farmatsevt ishi birmuncha yengillashadi. Asosiy e‘tibor tomchilarni kerakli hajmgacha 
dozalashdir. qulay va sodda dozator DJ-10 ishlab chiqilgan bo‗lib, 10 ml suyuq dori turlarini 
qadoqlashga mo‗ljallangan. U tik turuvchi asosdan, prujinali shtokdan, ushlovchi — kronshteyn, 
uchlik nasadka chiquvchi va kiruvchi klapanlardan iborat, «Rekord» turidagi 5—10 ml.li 
dozator. Dozani o‗zgartirish uchun moslamaning oxirida to‗g‗rilovchi vint bo‗lib, uning 
yordamida porshenning harakati boshqariladi. Uchlik - nasadkaning boshqa bir uchiga cho‗zma 
naycha kiygizilib, boshqa naycha uchiga naycha mahkamlab, qadoqlanadigan suyuqlik 
quyiladigan idishga uchi solib qo‗yiladi. Dozatorga kerakli miqdor suyuqlik tortib olinib
so‗ngra dozator porshenini oxirigacha olib boriladi, uchlik-nasadka klapani yordamida suyuqlik 
dozatordan flakonga quyiladi, so‗ngra dozator tortib olinadi.

Download 4.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   436




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling