Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi
Mustaqil tayyorlash uchun retseptlar
Download 4.79 Mb. Pdf ko'rish
|
farmatsevtik texnologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Talabalarini o‘zlashtirishini tekshirish: Test nazorat savollari
Mustaqil tayyorlash uchun retseptlar.
Shamchalar tеxnologiyasi, ta'rifi va tasnifi. Jo’valash usuli bilan shamchalar tayyorlash. Asoslarga qo’yiladigan talablar. Oling: Papavеrin gidroxlorid 0,05 Kakao moyi 2,0 Aralashtiring va shamcha tayyorlang Shunday miqdor dan 10 ta bеring Bеlgilang. 1 ta shamchadan kuniga 2 mahal to’g’ri ichakka Oling: Bеlladonna ekstrakti 0,015 Novokain 0,015 Anеstеzin 2,0 Adrеnalin gidroxlorid eritmasidan 1:1000 2 tomchi Kakao moyi kеrakligicha Shamcha hosil bo’lsin Shunday miqdor dan 10 ta bеring Bеring. Bеlgilang. 1 ta shamchadan kuniga 2 marta qo’yilsin Oling: Osarsol 0,25 Borat kislota 0,3 Glyukoza 0,5 Kakao moyi kеrakligicha Sharcha hosil bo’lsin Shunday miqdordan 5 ta bеring Bеlgilang. 1 ta sharchadan yotishdan avval Talabalarini o‘zlashtirishini tekshirish: Test nazorat savollari 1. Shamchalar jo’valash usulida tayyorlash bosqichlari ezilgan qatorni toping -havonchada dori moddalari maydalanib, aralashtirilib, asos bilan ezgilanib massa hosil qilinadi, tayoqcha yasalib, teng bo’laklarga bo’linadi va shamcha shakli beriladi, har bir shamcha pergament qog’oziga o’ralib, karton qutichaga joylanadi va tegishli yorliq bilan jihozlanadi. -dori moddalari aralashtirilib, asosda eritiladi; -dori moddalari maydalanib asosda eritilib, tayoqcha yasaladi va shamcha hosil qilinadi; - dori moddasi asos bilan aralashtirilib, tayoqcha yasalib, tegishli yorliq bilan jihozlab, karton qutida beriladi. 2. Quyish usuli bilan shamcha tayyorlashda qaysi asoslardan foydalaniladi? -suvda eriydigan va moyli asoslardan; - moyli asoslardan; -moysimon asoslardan; -parafindan; 3.O’rin olish koeffitsiyenti nima? -bir gramm moyli asosning egallagan hajmiga necha gramm modda to’g’ri kelishiga aytiladi. -bu dori moddasining egallagan hajmi; -bu asos egallagan hajm; - shamchalar egallagan hajm; 4.Teskari o’rin olish koeffitsiyenti nima? -bir gramm moddaning egallagan hajmiga necha gramm moyli asos to’g’ri kelishiga aytiladi. - bir gramm asos egallagan hajmga aytiladi. - shamchalar egallagan joyga aytiladi - bir gramm asosning egallagan hajmi necha gramm moddaga to’g’ri kelishiga aytiladi 5.Jelatin-glitserinli asosning tarkibi keltirilgan qatorni toping? - jelatin---------1,0g suv-----------------2,0g glitserin---------5,0g - jelatin -------2,0 suv------------------1,0 glitserin----------10,0 - jelatin---------10,0g suv-----------------20,0g glitserin---------50,0g - jelatin---------2,0g suv-----------------5,0g glitserin---------10,0g 6. Shamchalarni to’la buzilish vaqti necha minut? -DF XI 15 minut -DF XI 3-5 minut -DF XI- 15-20 minut -DF XI- 3-15 minut 7. Shamchalar qaysi ko’rsatkichlari bilan baholanadi? - hamma javob to’g’ri; - razmeri va shakli; - dori moddasining bir xil aralashganligi; - deformatsiya vaqti bilan; 8.Quyish usulida shamcha tayyorlash bosqichlari aks etgan qatorni toping; -asosni eritib, dori moddasini qo’shib aralashtirish, qoliplarga quyish, jihozlash; - asosga dori moddasini qo’shish, bo’laklarga bo’lish, jihozlash; - shamcha massasini hosil qilish, dozalarga bo’lish, jihozlash; - shakl berish, jihozlash. 9. Shamchalar quyishda quyish asbobi nima yordamida namlanadi (surkaladi.) - a va b javob to’g’ri; - vazelin moyi; - sovunli spirt; - ishqor eritmasi; 10.Tarkibida A ro’yxat moddalari bo’lgan shamchalarga qanday jihozlanadi? - surguchlangan holda, muhrlab, bemor qo’liga signatura yozib; - oddiy qog’ozga o’ralgan holda, karton qutichalarda beriladi, retsepti dorixonada olib qolinadi; -Sirtga yorlig’i bilan, muhrlangan holda; - Ichish uchun, shisha bankalarda. 11. Quyish usulida shamcha tayyorlanganda, asos kakao moyi bo’lganda, shamcha qo’yiladigan asbob nima bilan moylanadi? - A va G javob to’g’ri; -sovunli-spirt bilan; - kaliy-sovunli spirt bilan; - vazelin moyi bilan; 12.Rektal shamchalarni qaysi usullarda tayyorlanadi? -juvalash, quyish; - juvalash, quyish, presslash; - faqat quyish; - juvalash usulida. 13.Jelatin-glitserinli asosning tarkibi keltirilgan qatorni toping? - jelatin---------1,0g suv-----------------2,0g glitserin---------5,0g - jelatin -------2,0 suv------------------1,0 glitserin----------10,0 - jelatin---------10,0g suv-----------------20,0g glitserin---------50,0g - jelatin---------2,0g suv-----------------5,0g glitserin---------10,0g 14. Gidrofob asoslarda tayyorlangan shamchalar quyiladigan qoliplar nima yordamida moylanadi? - sovunli-spirt yordamida; - etil spirti yordamida; - glitserin yordamida; - suv yordamida. 15.Quyish usulida shamcha tayyorlash bosqichlari aks etgan qatorni toping -asosni eritib, dori moddasini qo’shib aralashtirish, qoliplarga quyish, jihozlash; - asosga dori moddasini qo’shish, bo’laklarga bo’lish, jihozlash; - shamcha massasini hosil qilish, dozalarga bo’lish, jihozlash; - shakl berish, jihozlash. 16.Agarda shamcha tayyorlashda asos ko’rsatilmagan bo’lsa, qaysi asosdan foydalaniladi? - kakao moyidan; -vazelin moyidan; - vazelindan; - butiroldan. Download 4.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling