Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi
Download 4.79 Mb. Pdf ko'rish
|
farmatsevtik texnologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Salep shillig‘i
- Ionogen bo‘lmagan emulgatorlar
O‘simlik shilliqlari — bu polisaxaridlarga yakin bo‘lgan moddadir. SHilimshiqlar (slizi)
o‘simlik organizmining qayta tugilishi jarayonida hosil qiluvchi epidermis qavatining " shilliklanishi " natijasida gulxayri ildizidan, salep tugunagidan va suvda o‘sadigan o‘simlikni xujayra oraligidagi moddalardan tashqil topgan. Suvda bo‘kishi bilan yopishqoq shilimshiq eritma hosil bo‘ladi. Salep shilligi yaxshi emulgirlash xususiyatiga ega. Salep shillig‘i — Salep shilligi yuqori stabillash xossasiga ega. 10 g yog‘ni emulgirlash uchun 1 g salep kukunidan olinadi. 1 g salepni suvda eritib oldin shilimshiq tayyorlanadi. So‘ng uni emulgator sifatida ishlatiladi. Pektin modda — o‘simliklarda pektin moddalar juda keng tarqalgan: sabzavotlar, mevalar, barglar, urug‘larda va ildizlarda. Ular hujayra devorining tarkibiga kiradi va yon hujayralarni o‘zaro biriktiradi. Pektin moddalarning yana o‘ziga xos xususiyatlari uni kuchli jelatinli xossasidir. Pektin moddalar yuqori molekulali moddalar hisoblanadi. Ularning tuzilish asosi — qisman metil spirtining poligalakturon kislota bilan efirlangani. Pektin — (Pectinum). Bu modda ozik-ovkat sanoatida ishlatilgan. 1933 yildan A. L. Katalxerman tomonidan dorixonada emulgator sifatida qo‘llaniladi. Pektinning faol jelatinli xususiyatini pasaytirish uchun o‘rik elimi bilan 1:1 aralashmasidan foydalanish kerak. Ionogen bo‘lmagan emulgatorlar Ionogen bo‘lmagan SFM sirt-faol moddalar — bu moddaning molekulalari dissotsilanishi qobiliyatiga ega emas. Ularning difil guruhlaridagi kutbli guruhning o‘rnida gidroksil va efir guruhlari bo‘lishi eruvchanlik xossasini oshiradi. Ionogen bo‘lmagan emulgatorlarning xozirgi davrdagi ro‘yxati anchagina. Bu emulgatorlar asosan liniment va surtma dorilar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Kraxmal — dorixonada emulsiya tayyorlashda kraxmal elimini turg‘unlashtirish xususiyati yomon emas. N. G. Goyman tomonidan 1939 yilda dorixonada tayyorlanadigan emulsiyalar uchun taklif qilingan. 10 g yog‘ni emulsiyalash uchun 5 g kraxmal elimi ishlatiladi. Kraxmalning quruq massasining ko‘p tarkibiy qismi (97,3-98,9%) polisaxaridlar, qolgani aralashmalar: oqsil moddalar (0,28-1,5%), kletchatka (0,2-0,6%) va kul moddalaridan (0,30-0,62%) iborat. Boshokli galla o‘simliklaridan olingan kraxmalning tarkibida oz miqdorda yuqori moy kislota va 2- glitserin–fosfor kislotasi topilgan. Kraxmal zarrachalarining kuchli bo‘kishi va bo‘linishidan yopishqoq elim gidrozoli hosil bo‘ladi. Download 4.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling