Oling: Belladonna ekstraktidan 0,02
Anestezindan 0,2
Magniy oxididan 0,3
Aralashtiring, poroshok xosil bo‘lsin.
Shunday dozadan 6 dona bering.
Belgilang. Bitta poroshokdan 3 maxal ichilsin.
Pasporti: Belladonna quyuq ekstrakti eritmasidan 1:2 0,24
Anestezindan 1,2
Magniy oksididan 1,8
0,54 №6
Texnologiyasi: 1,2 g anestezin xovonchaga solib maydalanadi,
ustiga magniy oksidi bir
necha bo‘lakka bo‘lib solinadi va aralashtiriladi. So‘ngra ustiga 7 tomchi (0,24 g)quyuq
belladonna ekstrakti eritmasi (1:2) tomiziladi, so‘ngra bir xil
sochiluvchan poroshok xosil
bo‘lguncha aralashtiriladi. Tayyor poroshok 0,54 g dan mumli yoki parafinli kapsulalarga
qadoqlanib, qog‘oz xaltachalarga solinadi. Tegishli yorliq yopishtiriladi.
Efir moylari qo‘shib poroshok tayyorlash
Efir moyi poroshok tarkibiga Qand bilan aralashgan holda qo‘shiladi va bu aralashmani
efir moyi- Qand aralashmasi Elaeosaccharum deb ataladi. Efir moyi- Qand aralashmasi 2,0 g
qandga 1 tomchi efir moyi qo‘shib tayyorlanadi. Ammo efir moyi- Qand aralashmasi atirgul va
achchiq apelsin moyidan tayyorlanadigan bo‘lsa, u holda 4,0 g qandga 1
tomchi efir moyi
qo‘shiladi. Efir moyi qand aralashmasi kerak bo‘lganda tayyorlanadi,
chunki efir moyi oddiy
sharoitda ham uchuvchan bo‘ladi. Tayyor efir moyi-Qand aralashmasi og‘zi jips berkitiladigan
shisha idishlarda, miqdor iga bo‘lingani esa pergament qog‘ozlarda beriladi.
Rp.: Olaeo sacchari Menthae 0,4
Natrii hydrocarbonatis 0,1
Misce
fiat pulvis
Da tales doses № 10
Signa. Kuniga 1 poroshokdan 3 maxal ichilsin.
Texnologiyasi: 4,0 Qand kukuni hovonchaga solib yaxshilab maydalanadi, uning ustiga 2
tomchi yalpiz efir moyi tomizib aralashtiriladi. Tayyor bo‘lgan yalpiz efir moy-Qand aralashmasi
pergament qog‘ozga olib qo‘yiladi. Syngra hovonchaga natriy gidrokarbonat solib maydalanadi,
uning ustiga tayyorlab qo‘yilgan yalpiz efir moy-Qand aralashmasi solib sochiluvchan poroshok
hosil bo‘lguncha aralashtiriladi. Tayyor poroshok 0,5g dan pergament qog‘ozga
qadoqlab,
qog‘oz xaltachaga solinadi, so‘ngra kerakli yorliq yopishtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: