Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi


Uslubiy ta‘minot va mashg‗ulot jihozlanishi


Download 4.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/436
Sana03.11.2023
Hajmi4.79 Mb.
#1743304
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   436
Bog'liq
farmatsevtik texnologiya

Uslubiy ta‘minot va mashg‗ulot jihozlanishi: DF X; XI; o‘simlik ekstraktlari, dori
moddalari, tarozi, tarozi toshlari, ma‘ruza, darslik, prezentatsiyalar, ma‘lumotnomalar,
adabiyotlar, tar-atma materiallar.
Asosiy matn
Triturat tayyorlash
Triturat- trituratio dеb, zaharli yoki kuchli ta'sir etuvchi moddalarni aniq tortib olish uchun 
qulaylik tug‘dirish maqsadida biror indiffеrеnt modda qo‘shib tayyorlangan aralashmaga 
aytiladi.
XIDF ga asosan rеtsеptda zaharli yoki kuchli ta'sir etuvchi moddalarning umumiy miqdor i 
0,05g dan kam bo‘lganda trituratdan foydalanish tavsiya etiladi. Triturat tarkibidagi indiffеrеnt 
modtsa sifatida sut qandi tavsiya etiladi. Sut qandining solishtirma og‘irligi ko‘pchilik 
alkaloidlarning solishtirma og‘irligiga ya-in va u gigroskopik emas. Trituratlar zaharli


moddalardan 1:100 (1+99) va kuchli ta‘sir -iluvchi moddalardan 1:10(1+9) nisbatda 
tayyorlanadi.
Trituratlarni tayyorlash zaharli moddalardan poroshoklar tayyorlash qoidasiga to‘la 
bo‘ysunadi. Triturat solingan idish ustiga uning kontsеntratsiyasi va qanday modda ekanligini 
ko‘rsatuvchi yorli- yopiiggirilgan bo‘lishi kеrak.
Triturat tayyorlash: Atropin sulfatdan 10 g triturat tayyorlash kеrak, dеb faraz qilaylik.
Buning uchun hovonchaga 9,9 g sut qandini solib maydalanadi, havvoncha tagida taxminan 0,1 g 
sut qandini qoldirib, qolgani qog‘ozga olib qo‘yiladi. Hovonchadagi sut qandi ustiga juda 
ehtiyotlik bilan 0,1 g atropin sulfat qo‘shib yaxshilab aralashtiriladi va qolgan sut qandini oz-
ozdan hovonchaga solib, poroshok bir xil bo‘lguncha yana aralashtiriladi. Atropin sulfat «A» 
ro‘yxatiga kiradi.
Trituratio
lg Atropini sulfatis + 99g Sacchari lactis (ѐки Trituratio atropini sulfatis 1:100 cum 
saccharo lactis) 0,0001 Atropini sulfatis - 0,01 triturationis.
Tayyor trituratni og‘zi jips yopiladigan shisha idishga solib, yuqorida yozilgandеk yorliq 
yopishtiriladi. Uni zaharli moddalarni saqlash qoidalariga rioya qilingan holda seyfda saqpanadi.

Download 4.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   436




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling