Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi


Download 4.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/436
Sana03.11.2023
Hajmi4.79 Mb.
#1743304
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   436
Bog'liq
farmatsevtik texnologiya

13 Laboratoriya mashg‘uloti
Mavzu: GIDROFIL MODDALARIDAN SUSPENZIYALAR TAYYORLASHNING
XUSUSIY TEXNOLOGIYASI, ULARNING SIFATINI BAHOLASH.
O‘qtish maqsadi: Gidrofil moddalaridan suspenziyalar tayyorlashning xususiy
texnologiyasi, ularning sifatini baholash bilan tanishish, ma‘lumotlarni o’rganish.
Mavzuni ahamiyati: Gidrofil moddalaridan suspenziyalar tayyorlashning xususiy
texnologiyasi, ularning sifatini baholash haqida bilimlarga ega bo‘lish, ma‘lumotnomalar, 
adabiyotlarni o’rganish.
Vaziyatli masalalar:
Oling: Magniy oksid 1.0
Tozalangan suv 50 ml 
A.B.B 1 ch.q. 3 mahal ichilsin.
Talaba havonchaga 1.0 magniy oksid tortib solib, unga 0.5 ml suv bilan qo‘shib ezg‘iladi 
(V.B.Deryagin qoidasi), so‘ngra qolgan suvni qo‘shib paxta tampon orqali filtrladi. Jihozladi va 
bemorga berdi. Retseptni talaba to‘g‘ri tayyorladimi?
Oling: Natriy benzoat eritmasidan 3% - 100,0 (1:10) 
Kalsiy karbonatdan 0.5
Qand sharbatidan 5.0
B.B. 1 osh q. 3 mahal ichilsin.


Yordamchi idishga 70 ml tozalangan suv olib, ustiga 3,0 ml (1:10) natriy benzoatning 
eritmasidan qo‘shamiz. Havonchada 0,5 kalsiy karbonat quruq holda, keyin 0,5ml tayyor eritma 
bilanquyuq massa hosil bo‘lguncha qiynab eziladi. Mayda tepa qismini beriladigan idishga 
quyiladi va shu jarayon bir necha takrorlanib, modda to‘liq o‘tgunga qadar qaytariladi, so‘ng
ustiga 5 ml Qand sharbati quyamiz, jihozlanadi va bemorga beriladi. Retseptda xatolik bormi?
Mustaqil tayyorlash uchun savollar:**
1.Dispers sistemalar sifatida suspenziyalarning uziga xosligi nimalardan iborat?
2.Qanday hollarda suspenziyalar hosil bo‘lishi mumkin?
3.Suspenziyalar qanday xossaga ega?
4.Suspenziyalar tayyorlashning qanday usullari mavjud? Ular bir- biridan qanday farqlanadi?
5.Gidrofil bukmaydigan moddalardan suspenziyalar qanday tayyorlanadi?
6. Gidrofil bukuvchi moddalardan suspenziyalar qanday tayyorlanadi?
7.Zaharli va kuchli ta‘sir etuvchi moddalardan suspenziya tayyorlash qoidasini ayting?
8.Suspenziyalar qanday beriladi va jihozlanadi?

Download 4.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   436




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling