Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi
Himoyalangan kolloidlar eritmasini tayyorlash
Download 4.79 Mb. Pdf ko'rish
|
farmatsevtik texnologiya
Himoyalangan kolloidlar eritmasini tayyorlash
Farmatsevtika amaliyotida ximoyalangan kolloid preparatlardan asosan protargol, kollargol va ixtiol ishlatiladi. Protargol va kollargol eritmalari antiseptik, yallig‘lanishga -arshi va burushtiruvchi sifatida ishlatiladi. Protargol- (Argentum proteinicum) jiggar rang sarg‘ish amorf kukun bo‘lib, xidsiz, achchi-ro- maza ga ega. Suvda oson eriydi, tarkibida 7.3-8.3% (o‘rtacha 8 %) kumush sa-lab, kolgani oksilning gidrolizidan keyingi maxsulotlarga to‘g‘ri keladi.SHuning uchun bu preparat ma‘lum vaktda bukib keyin erib ketadi. Preparat !X DF da 398 betda yoritilgan. Rp: Solutionis Protargoli 2%- 100 ml D.S. burunni yuvish uchun Protargol eritmasini tayyorlash uchun keng satixli chini idishga oldin suv solib, ustiga yup- a -ilib protargol sepiladi va idishni chaykatmasdan bir chetga olib -o‘yiladi. Aks xolda preparat bulakchalar xosil qilib ko‘pik xosil qiladi va protargolni erishi qiyinlashadi. Bir necha minutdan sung protargol avval bo‘kib, keyin erib ketadi. Tayyor eritmani issiq suv bilan yuvilgan paxta tampon or-ali qo‘ngir idishga suziladi. Agar retsept tarkibiga protargol bilan bir qatorda glitserin bo‘lsa, ular birga eziladi va ustiga oz-ozdan suv qo‘shib turiladi. Natijada protargol tez erib ketadi. Kollargol- (Argentum Colloidale) – yashil yoki ko‘k-qora rangli plastinkalar bo‘lib, suvda eriydi, tarkibida 30 % oksil gidrolizi maxsulotlari (kumush lizalbin va protalbin kislotalarining natriyli tuzlari) va 70 % kumush oksidi bo‘ladi. Oqsil miqdor i kam bo‘lgani uchun preparat suvda sust eriydi va ishni tezlatish uchun tayyorlanayotgan eritmaning konsentratsiyasiga qarab ikkita usuldan foydalanish mumkin. Agar kollargolning konsentratsiyasi 1% dan past bo‘lsa,unda bemorga beriladigan idishga suv solib, ustiga kollargol solinadi va to‘lik eriguncha idishni chayqatib turiladi. Eritmada kollargol preparatining konsentratsiyasi 1 % dan oshiq bo‘lsa, kollargol xovonchadagi oz miqdorda olingan suv bilan 3-5 minut bo‘ktirilib qo‘yiladi. So‘ng xovoncha dastasi bilan asta- sekin ezib aralashtiriladi va qolgan suvni oz-ozdan qo‘shib boriladi. Misol: Rp:Solutionis Collargoli 1% 150 ml Da. Signa. Yuvish uchun. Texnologiya: Chinni kosachaga 1,5g kollargol tortib olinadi ustiga ozgina qism suv solinadi bukish uchun bir necha dakikaga quyib quyiladi. Keyin suvni qolgan qismini solinadi. Agar zarur bulsa paxtali filtr orqali suziladi. Bemorga beriladigan qungir idishga suziladi va yorliqlanadi. Protargol va kollargol eritmalarini zolsiz filtr qog‘oz yoki №1 va2 raqamli shisha filtrlar or-ali suziladi. Chunki zolli filtr qog‘ozda temir, kalsiy, magniy ionlari bor va ular protargolni koagulyasiyaga uchratadi va dorivor modda filtrda qolib ketadi. Kolloid eritmalar bekaror bo‘lganidan uni faqat ex tempore tayyorlash va qora idishda berish kerak. Ixtiol- Ichtiolum tabiiy kolloid preparat bo‘lib, u qora rangli suyuqlik bo‘lib, o‘ziga xos o‘tkir hidi bor. Suv, glitserin, spirt-efir aralashmasida eriydi, suvli eritmalari chayqatilganda ko‘rib ketadi. Rp: Ichthyoli 5,0 Aquae purificatae 100 ml M.D.S. Kompress uchun. Bu preparatni tayyorlash uchun idishga oldin ixtiol tortib olinib, oz-ozdan suv qo‘shiladi. Ixtiol suvda yaxshi, lekin qovushqoq modda bo‘lganligi sababli sekin eriydi. Shuning uchun shisha tayoqcha yoki havonchaning dastasi bilan aralashtiriladi. Sung eritma paxta orqali suziladi. Agar ixtiol judaquyuq bo‘lmasa, uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri idishga solib oz-ozdan suv qo‘shib erib ketguncha chayqatiladi. Download 4.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling