Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi


Download 4.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/436
Sana03.11.2023
Hajmi4.79 Mb.
#1743304
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   436
Bog'liq
farmatsevtik texnologiya

Tushuntirish matni
Zarrachalar katta o‘lchamlarda bo‘lgani uchun kolloid eritmalar bir qancha o‘ziga xos 
xususiyayatlarga egadir: osmotik bosimning pastligi, dializga bo‘lgan xususiyati sustligi, kichik 
diffuzion xususiyatga egaligi, eritmalarni o‘tayotgan nurda ko‘rilganda nurni har xil tomonlarga 
yoyish xususiyati (Tindal konusi). Kolloid eritmalarning mitsellasi tinmas tartibsiz harakatda 
bo‘ladi. Bu Broun harakatidir.
Kolloid eritmalar sedimentatsion turg‘un bo‘ladi. Sedimentatsiya –bu zarrachalarning 
og‘irlik kuchi ta‘sirida cho‘kishi. Kolloid eritmalarning zarrachalarini cho‘kishiga brouni 
xarakati to‘sqinlik qiladi.
Kolloid eritmalar – agregativ va termodinamik turg‘un bo‘lmagan sistemalardir, chunki 
zarrachalar orti-cha yuza energiyasiga egadir. Ushbu energiya kamayishi natijasida kolloid 
eritmalar koagulyasiyaga uchraydi. Koagulyasiya – bu dispers sistemadagi zarrachalarni o‘zaro 
birlashib, kattaroq komplekslar xosil qilishidir.
Kolloid eritmalar -aytarilish xususiyatiga ega emas. Agar kolloid eritmani parlasak yoki 
elektrolit yordamida cho‘ktirilgandan keyin unga suv qo‘shilsa, kolloid eritma xosil bo‘lmaydi. 
Bundan tashqari ko‘p saqlangan eritma ―qarish‖ xususiyatiga ega. Bu moddalarning birlashishi 
va koagulyasiyaga uchrashi. SHu xususiyat bilan ular chin eritmalardan farq qiladi.
Kolloid eritmalarning turg‘unligi bir necha faktor ta‘sirida yo‘qoladi. Bular xaroratni 
o‘zgarishi, muxitning phi, yorug‘lik ta‘siri va elektrolitlarni qo‘shilganda. Elektrolitlar 


gidratlanib, kolloid eritmaning mitsellasidan suvni tortib oladi va kolloid zarrachalarning 
atrofidagi suv qobig‘ini buzadi, bu esa zarrachalarning kattalashishiga va cho‘kishiga olib keladi.
Sistemaning turg‘unligini ta‘minlashda zarrachalarning yuzasidagi zaryad, solvat qobig‘i, 
dispers fazaning zarrachalarning atrofidagi YUMB va sirt faol moddalardan qobig‘ katta 
axamiyatga ega.
Dispers fazaning zarrachalari atrofida YUMB va sirt faol moddalardan qobig‘ bo‘lsa, 
bunday kolloidlar ximoyalangan deyiladi. Ularning zarrachalar o‘lchami fiziologik 
membranalardan o‘tmagani uchun , ushbu moddalar so‘rilmaydi va ularning preparatlari 
maxalliy ta‘sirga ega.

Download 4.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   436




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling