Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi


Poroshoklarni dt sifatida afzalliklari


Download 4.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/436
Sana03.11.2023
Hajmi4.79 Mb.
#1743304
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   436
Bog'liq
farmatsevtik texnologiya

Poroshoklarni dt sifatida afzalliklari
Tayyorlash tеxnologiyasi soddaligi;
Qo‘llanilishi qulayligi;
Yuqori biosamaradorligi, ya'ni tеrapеvtik faolligi (tablеtkalarga nisbatan). Bu esa 
ayniqsa, geriatriya va pеdiatriyada katta ahamiyatga ega. Poroshokning zarrachalarni qancha 
mayda bo‘lsa, shuncha faolligi yuqori bo‘ladi, chunki bunda eruvchan, ayniqsa qiyin eruvchan 
moddalarning so‘rilishi yеngillashadi;
Erimaydigan moddalar (faollashtirilgan ko‘mir, oq gil, vismut nitrat asosiy va b.) yuqori 
dispеrslik holatida maksimal darajada adsorblash, o‘rab olish, va antisеptik ta'sirga ega bo‘ladi; 
Tarkibning univеrsalligi, chunki bitta dori shaklida turli xususiyatlarga ega bo‘lgan dorivor 
modalarni saqlash mumkin;
Dozalashni aniqligi;
Ixchamligi va saqlash davomida turg‘unligi.
Poroshoklarni dt sifatida kamchiliklari
Suyuq DT nisbatan tеrapеvtik faolligi sеkinroq namoyon bo‘ladi
Yuzasi katta bo‘lganligi sababli tashqi muhit omillariga ta'sirchan bo‘ladi (oksidlanadi, 
namikni yutadi va b.
Noxush hidli, achchiq ta'mli va va bo‘ovchi moddalarni qo‘llash noqulay
Ba'zi bir dorivor moddalar (bromidlar, xloralgidrat va b.) oshqozon-ichak shilliq qavatiga 
qitiqlovchi ta'sir ko‘rsatadi
Poroshoklarga qo‘yiladigan asosiy talabalar
Sochiluvchanlik
Dispеrslik (barcha tarkibiy qismlarning optimal maydalik darajasida bo‘lishi)
Bir xilligi (murakkab poroshoklarda barcha tarkibiy qismlarni bir xil 
tarqalganligi) Dozaning aniqligi
Turg‘unligi (saqlanish jarayonida moddalarning o‘zgarmasligi)
Ba'zi bir poroshoklar uchun stеrillik (ochiq yaralar uchun sеpmalar, yangi tug‘ilgan 
chaqaloqlar uchun poroshoklar va b.)
Poroshoklarning xususiyati
Kimyoviy xususiyatlari
3
Dori moddalari miqdori (massa ulushi), odatda, 98-99% kam bo'lmagan holda
hisoblanadi.
Gazlarning tarkibdagi miqdori ishlab chiqarish jarayonida yoki keyingi qayta ishlash
paytida gaz zarrachalari yuzasiga adsorbsiyalanadi va ichki gazlar tarkibi (O
2
, SO
2
, N
2
, va 
hokazo). Gazlarning katta miqdorda bo‘lishi, poroshoklarning sochiluvchanligini oshirshi va 
qiyin qayta ishlashni yomonlashtiradi, dozalanishi qiyinlashtiradi..

Download 4.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   436




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling