Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi
Gidrofob moddalardan suspenziya tayyorlash
Download 4.79 Mb. Pdf ko'rish
|
farmatsevtik texnologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Texnologiyasi
Gidrofob moddalardan suspenziya tayyorlash
Gidrofob moddalar ikki guruhga bo‘linadi: kuchli gidrofob xossaga ega bo‘lgan; kuchsiz gidrofob xossaga ega bo‘lgan. Kuchli gidrofob xossani namoyon etuvchi moddalarga kamfora, mentol, timol, oltingugurt kiradi. Kuchsiz gidrofob xossani namoyon etuvchi moddalarga sulfanilamid preparatlari, terpingidrat, benzonaftol, fenilsalitsilat kabilar kiradi. Ulardan dispersion usulda suspenziya tayyorlaganda dispers faza suyuqlik ustiga kalkib chikib flokulyasiyaga uchraydi yoki idish devorlariga yopishib qoladi. Shunday xodisalarni oldini olish uchun bu moddalarni gidrofillash talab qilinadi. Gidrofillash uchun ishlatiladigan moddalar stabilizatorlar deb ataladi. Ularga jelatoza (jelatinani chala gidroliz mahsuloti), elimlar, o‘simliklardan olinadigan shilimshiq moddalar, kraxmal kleysteri, polisaxarid komplekslari, MS, KMS, PVP, poliglyukin, spanlar, tvinlar, bentonit va boshqalar misol bo‘ladi. Masalan, stabilizator sifatida jelatoza ishlatsak, 1 g kuchli gidrofob xossaga ega bo‘lgan moddaga — 1 g, kuchsiz gidrofob xossaga ega bo‘lgan moddalarga — 0,5 g jelatoza qo‘shiladi. Rp.: Sol. Natrii bromidi 0,5%—120 ml Camphorae 1,0 Coffeini natrii — benzoatis 0,5 M.D.S. 1 osh qoshiqdan 3 mahal. Pasporti: Natriy bromid eritmasi (1:5) 3ml Koffein benzoat natriy eritmasi (1:10) 5ml Tozalangan suv 112 ml Kamfora 1,0 Jelatoza 1,0 V umumiy=120ml Texnologiyasi: Yordamchi idishga 112 ml tozalangan suv, 5 ml kofein benzoat natriy eritmasi (1:10), 3ml natriy bromid eritmasi (1:5) solamiz. Hovonchada 1 g kamfora 1 ml 90% li etanol bilan maydalanadi. So‘ngra 1 g jelatoza qo‘shib aralashtiriladi. Ustiga 1 ml tayyorlangan eritmadan qo‘shib mayin pulpa hosil qilinadi va beriladigan idishga oldin tayyorlab quyilgan eritma bilan chayib solinadi. Oltingugurt bilan tayyorlanadigan suspenziya o‘ziga xos usulda tayyorlanadi. 1g oltingugurtga 0,1-0,2 g tibbiet sovuni (kaliyli sovun) qo‘shish kerak. YUMB larni stabilizator sifatida ishlatish mumkin emas. Chunki ular oltingugurtning farmakologik ta‘sirini kamaytirib yuboradi. Rp.: Sulfuris praecipitati 4,0 Spiritus aethylici 10 ml Glycerini 15,0 Aq. purif. ad 180 ml M.D.S. Sirtga. Pasport: Oltingugurt 4,0 Glitserin 15,0 Etil spirti (90 %) 10ml Kaliyli sovun 0,4 g Tozalangan suv 180 ml V umumiy=180ml Download 4.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling