Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi


Emulsiyalarning turg‘unligi va qatlamlarga ajralishi


Download 4.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/436
Sana03.11.2023
Hajmi4.79 Mb.
#1743304
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   436
Bog'liq
farmatsevtik texnologiya

Emulsiyalarning turg‘unligi va qatlamlarga ajralishi
Vaqt o‘tishi bilan emulsiyalar buziladi va gomogenligini yo‘kotadi. Oldin dispers darajasi 
o‘zgarmagan holda yog‘ tomchilari suvdan ajraladi, keyinchalik bir-biri bilan qo‘shilib, emulsiya 
ikki bo‘lakka ajraladi. Emulsiyada tarkibidagi tomchilarini koplab olgan ximoya qatlamining 
mustaxkamligi qancha kam bo‘lsa emulsiya shuncha tez ikki bo‘lakka ajraladi.
Emulsiyalarning qinetik turg‘unligi emulgator strukturasi, undagi radikalning o‘zunligi va 
emulsiya tarkibiga kiruvchi emulgatorning konsentratsiyasiga bog‘liqligi to‘yinmagan dikarbon 
kislotasi hosilalaridan detsil va setilmaleinatlarning trietanol ammoniyli tuzlarida yakkol 
namoyon bo‘ldi. Bu SFMlarni emulsiyalash xossasini o‘rganish jarayonida shunday xulosaga 
kelindiki, emulgatorning alkil radikalidagi uglerod soni S
10
dan S
16
oshgan sari hamda 
konsentratsiyasi 2,2% dan 6% gacha oshirilganda emulsiyaning kinetik turg‘unligi ortadi.
Dorixonada emulsiyalarni tayyorlashda emulgator sifatida yuqori molekulali birikmalar 
ishlatiladi. YUMB tarkib jixatdan gidrofil va gidrofob guruhlarga ega bo‘lib, ana shu guruhlarni 
u yoki bu suyuqlikda oson tarqalishi hisobiga ikki suyuqlik chegarasida turg‘un himoya qavati 
hosil qilib, tomchilarni bir-biriga qo‘shilib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Emulsiyaning barqarorligi qo‘shilgan emulgatorning miqdoriga ham bog‘liqdir. Emulgator 
kam qo‘shilganda ma‘lum qismdagi sirt taranglikni kamaytiradi va buning natijasida yirik 
zarrachali emulsiya hosil bo‘ladi. Bunday emulsiyalarning barqarorligi to‘la ta‘minlanmaydi. 
Bunda hosil bo‘lgan yog‘ tomchilari yiriklashib, tomchini qoplagan ximoya pardasi uzilib ketadi. 
SHuning uchun har bir emulgatorni va yog‘ emulsiyasini tayyorlashda kerakli miqdorini 
hisoblab olish emulsiyalarning dispers darajasini va turg‘unligini ta‘minlaydi.
Murakkab emulsiyalarda fazalarning almashinuvi


Emulsiya turlarining o‘zgarishi, ya‘ni moyning suvdagi, suvning moydagi emulsiya 
turlarini bir-biriga almashinishini amaliyotda kuzatish mumkin. Bu holat asosan emulsiya 
tarkibiga biron-bir modda qo‘shilishi asosida yoki bu emulsiyalar saqlash sharoitining o‘zgarishi 
natijasida ro‘y beradigan holatdir.
Misol: moyning suvdagi emulsiya turlari yog‘ kislotalaridan oleat natriy tuzi bilan 
turg‘unlashtirilgan.
Emulgator sifatida olingan oleat natriy suvda yaxshi eriganligi tufayli to‘gri turdagi 
emulsiyaning turg‘unligini saqlaydi. Agar shu emulsiyaga biron-bir og‘ir metall tuzlaridan ta‘sir 
ettirilsa, faza almashish xodisasi, ya‘ni emulsiya moyni suvdagi turidan suvni moydagi turiga 
aylanadi. Bu xodisaning ro‘y berishiga sabab — oleat natriyni og‘ir metal tuzlari bilan hosil 
bo‘lgan tuz suvda erimay moyda yaxshi erishi fazaning o‘zgartirilishiga, ya‘ni moyni muxitga va 
suvni fazaga aylantiradi. Qarama-qarshi emulgator qo‘shilganda fazalar o‘zgarishi tez bo‘lmaydi. 
Oldin emulsiyaning ikki turi hosil bo‘lib, keyin bitta turg‘unrok turini, ya‘ni emulgator yaxshi 
eriydigan muxit barkarorlashadi. Emulsiyalar turlarining o‘zgarishiga olinadigan moddalarning 
nisbati ham sababchi bo‘ladi. Ko‘pincha murakkab emulsiyada moyni suvdagi va suvning 
moydagi aralashmasi turlari yuzaga keladi.

Download 4.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   436




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling