Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi


Download 4.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/436
Sana03.11.2023
Hajmi4.79 Mb.
#1743304
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   436
Bog'liq
farmatsevtik texnologiya

Tayanch atama va iboralar: suvli ajratmalarning, maydalik darajasi, xom-ashyo suv
shimish koeffitsienti, maxsulot nisbati, konsentratsiyalar farqi, xarorat tasiri, molekulyar 
diffuziya, konvent diffuziya.
Damlama va qaynatmalar (infusum, decoctum)
Damlama va qaynatmalar rasmiy dori shakli bo‘lib XDF ularning tayyorlash reglamenti
umumiy maqola shaklida beriladi.
Ishlatiladigan damlama va qaynatmalar — suyuq dori shakllariga kirib, dorivor 
o‘simliklarning turli qismlaridan olinadigan suvli ajratmalar va quruq, suyuq ekstraktlar, suvli 
eritmalardir. Damlama (infusum) va qaynatma (decoctum) lar oddiy ajratmalar bo‘lib, murakkab 
apparatlar va qimmatbaho yoki topilishi kiyin ajratuvchilar talab qilmaydi. SHu sababli juda 
qadim zamonda (Galendan avval) ishlatilgan dori shakli bo‘lishiga karamay, xozirgi davrda ham 
keng qo‘llaniladi. Xozir damlama va qaynatmalar to‘grisidagi xulosalar kengaygan bo‘lib, 
ekstrakt konsentratlarining eritmalari ham shu nom bilan ataladi.
Suvli ajratmalarni tayyorlash jarayonlarining nazariy asoslari juda murakkab. Ta‘sir 
etuvchi moddalar o‘simlik xom ashyosidan, o‘simlikning har xil qismlaridan ajratilib, ular 
to‘kima tuzilmalaridan iborat. To‘kimalar bir-biri bilan birlashadi, ularning o‘lchami bir necha 
mkm bo‘ladi, xujayralar oraligida xujayralararo bo‘shlik ham bor. Kletchatkaga gidrofil 
moddalar yopishganidan suv o‘simlik xom ashyosini namlaydi. Kletchatka bilan o‘ralgan 
o‘simlik tarkibidagi moddalar har xil fizik-kimyoviy xususiyatlarga ega. O‘simliklarning 
gistologik tuzilishi har xil bo‘lganligi ajratma tayyorlashda hisobga olinishi kerak.
Suvli ajratmalarning afzalliklari:
juda keng tarqalgan dori shakli;
tayyorlanishi oddiy;
ajratuvchisi arzon;
kompleks moddalarni eritadi;
oson dozalarga bo‘linadi;
saqlash uchun kulay;


murakkab jihozlash materiallarini talab etmaydi;
Kamchiliklari:
bu dori shaklini saqlash muddati kam bo‘lib, 2 sutkadir;
tez buzilib qoladi;
dorixonadan standart bo‘lmagan dori chiqariladi;
tayyorlash jarayoni ko‘p vaqtni oladi.
Suvli ajratmalarni tayyorlaganda standart xom ashyolar, maydalik darajalari NTX va DF
talablariga javob beradigan bo‘lishi kerak.
Ajratmalarni suvli ajratmaning hajmiga qarab tanlash zarur.

Download 4.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   436




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling