Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi


Damlama va qaynatmalarga dorixat yozilishi


Download 4.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/436
Sana03.11.2023
Hajmi4.79 Mb.
#1743304
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   436
Bog'liq
farmatsevtik texnologiya

Damlama va qaynatmalarga dorixat yozilishi. Odatda damlama va qaynatmalar uchun
shifokor dorixatda faqat xom ashyo miqdori va ajratma miqdorini ko‘rsatadi.
Rp.: Infusi herbae Adonidis Vernalis 5,0—150,0
D.S.
Ba‘zi holatlarda shifokor faqat ajratmaning umumiy miqdorinigina ko‘rsatishi mumkin. 
Rp: Infusi herbae Adonidis vernalis 200,0
D.S.
Bunday holda dorixona xodimlari farmakopeya ko‘rsatmasiga amal qiladilar, ya‘ni 
bahorgi adonis er ustki qismi 1:30 nisbatda ajratma tayyorlanadigan o‘simliklar guruhiga 
kirganligi uchun:
1—30
x — 200
Demak, ajratma tayyorlash uchun 6,6 xom ashyo olish kerak.
Suvli ajratma olishning nazariy asoslari
Suvli ajratma olish 3 bosqichdan iborat:
1-bosqich. O‘simlik xom ashyosi suv bilan namlanadi va erituvchi uni ichiga kiradi.
Kapillyar kuchlar ta‘sirida o‘simlik suvni o‘ziga shimadi. Suv xujayralararo bo‘shlikni to‘ldiradi, 
xujayra devorlari va devor yonlaridan xujayra ichiga kiradi. Bu xodisani endoosmos deymiz.
2-bosqich. ―Birlamchi sharbatning‖ hosil bo‘lishi. Xujayra ichidagi moddalar bilan
erituvchi to‘knashib chin eritma, YUMB, kolloid eritmalar, ya‘ni moddalarni konsentrlangan 
eritmasi hosil bo‘ladi.
3-bosqich. Moddalarni o‘simlik xom ashyosidan suyuq muxitga o‘tishi massa almashinuvi
deyiladi. Natijada birlamchi sharbatni yuqori konsentratsiyalari xujayra ichida osmotik bosim 
hosil qiladi, bu esa xujayradagi bor narsalar bilan osmotik bosimi kam bo‘lgan moddalarni o‘rab 
olgan suyuqlik o‘rtasida diffuzion almashinuvi bo‘ladi. Birinchi galda harakatchan molekulalar 
ajraladi, sekinroq YUMB diffundirlanadi. Kolloid komponentlar eng kam tezlik bilan 
diffuziyalanadi.
Ekzo va endoosmoslar xodisalarni xujayrani ichki va tashqi qismida bir xil bo‘lmaguncha 
o‘z-o‘zicha ketadi. Natijada molekulyar va konvektiv diffuziyalanadi.
Molekulyar - diffuziya molekulalarning xaotik harakatiga va molekulalar kinetik 
energiyasining zonasiga bog‘liq bo‘ladi.
Molekulyar diffuziyani tezligi — ajratma haroratiga, diffuzion yuzaga, yuzani katta-
kichikligiga, qatlam qalinligiga bog‘liq.
Moddalar joyining o‘zgarishi ma‘lum vaqtga ham bog‘liqdir.



Download 4.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   436




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling