Saqlash vazirligi
QVP: qishloq aholisi o‘rtasida bolalarga ambulator
Download 404.38 Kb. Pdf ko'rish
|
Poliklinika ishini boshqarish
QVP: qishloq aholisi o‘rtasida bolalarga ambulator
yordam ko‘rsatish asoslari Bolalarga shahar va qishloq sharoitida tibbiy-profilaktik yordam ko‘rsatishni tashkillashtirishning asosiy tamoyillari bir xil. Lekin, qishloq bolalariga tibbiy xizmat ko‘rsatishni tashkillashtirish turlari qisman farq qiladi, qishloq aholisining tarqoq joylashgani, kichik qishloqlarning bir-biridan va tuman markazlaridan uzoq joylashgani, va shu bilan birga ota-onalarning qishloq xo‘jaligida ish joylari (ishning fasliyligi, ish joyining yashash joyidan uzoq joylashuvi) bunga asosdir. Qishloq sog‘liqni saqlash tizimi ko‘rinishlarini hisobga olgan holda va aholiga tibbiy xizmatni yuqori darajada yaqinlashtirish maqsadida bosqichli tamoyil bilan tashkillashtirilgan. Buning negizida, kasal bolaga bir bosqichda ko‘rsatilmagan kerakli tibbiy xizmat keyingi bosqichda ko‘rsatilishi nazarda tutilgan. Shunga qarab har bir bosqich o‘zida burchi va vazifasi turli xil bo‘lgan tibbiy DPM ga ega. Birinchi bosqichda bolalar tibbiy xizmatgacha va birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatiladi. Bunda asosan profilaktik va epidemiyaga qarshi yordam ko‘rsatiladi. Qishloq sharoitidagi bolalarga, shahardagi bolalar kabi uchastka tamoyilida xizmat ko‘rsatiladi, 0 dan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar hisob jurnali tutiladi, unda bolalar F.I.O., tug‘ilgan kuni va turar joyi belgilanadi. Albatta tibbiy xodimning qabul vaqti jadvali va QVP ning doimiy ish jadvali bo‘lishi lozim. Ambulator qabul vaqtlari aholiga moslashtirilgan va xo‘jaliklar boshliqlari bilan kelishilgan bo‘lishi lozim. Amaliyotda QVP tibbiy xodimi markaziy tuman kasalxona (MTK)mutaxasislari bilan kelishilgan holda ishlaydi, ularda QVPdan doimiy va to‘satdan kelib ketuvchi kasallarini konsultatsiyadan o‘tkazadi. Rejali kiritilgan kasallar QVP tibbiy xodimlariga o‘z vaqtida bemorni konsultatsiyaga yuborishga tayyorlashni osonlashtiradi. O‘zR SSV 6dekabr 2004 yil № 535 buyrug‘iga Ilova №1 Download 404.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling