Saqlash vazirligi


Hisob-ro‘yxat operativ hujjatlarining 3 turi tasdiqlangan


Download 404.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/50
Sana17.06.2023
Hajmi404.38 Kb.
#1536190
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   50
Bog'liq
Poliklinika ishini boshqarish

 
Hisob-ro‘yxat operativ hujjatlarining 3 turi tasdiqlangan: 
1. Tibbiy yordamga murojaat qilgan har bir kishiga tolgiziladigan hujjat. 
2. Ma’lum bir vaqt ichida qilingan ish natijasini belgilaydigan hujjat. 
3. U yoki bu tibbiy tadbirni belgilaydigan hujjat. 
QVP da birlamchi hujjatlar ro‘yxati 
Yakuniy tashxisni ro‘yxatga oluvchi № 025-2/u shaklli stat talon, shifokor 
tomonidan to‘satdan aniqlangan o‘tkir kasallikda to‘ldiriladi; hayotida birinchi marta 
aniqlangan surunkali kasallikda, oldin aniqlangan bo‘lsa, lekin shu yilda birinchi 
marta murojaat qilgan surunkali kasallikda to‘ldiriladi.
Birlamchi sog‘liqni saqlash tizimi reformasi eskirgan ko‘psonli tizimlarni BMSYo: 
TK, QUK, QVA, FAP larini olib tashlash mo‘ljallangan va QVP larini qayta yangidan 
loyixalashtirgan holda kiritildi, eskilardan faqat MTK qoldirildi. 


ISHGA YAROQSIZLIK VARAQASINI YOZISH TARTIBI 
(i. ya/v) VA KASAL BOLANI PARVARISH QILISH 
UCHUN BERILADIGAN MA’LUMOTNOMA 
1. Boshqarma, muassasa, tashkilot, fermerlik va dehqonchilik xo‘jaligi 
ishchilarining, hamda alohida mehnat faoliyatini olib boruvchi va kelishuv ostida 
ishlaydigan odamlar vaqtinchalik ishga yaroqsizlik varaqasi (i. ya/v) va 
ma’lumotnoma bilan tasdiqlanadi.
2. Ishdan bo‘shaganlarga i. ya/v berilmaydi.
3. I. ya/v — bu hujjat: 
· Ishdan ozod etadi; 
· Vaqtinchalik ishga yaroqsizligi tufayli maosh olish huquqiga ega
· Vaqtinchalik ishga yaroqsizligiga olib keluvchi kasallik ro‘yxati olib boriladi.
4. Ma’lumotnoma — i.ya/v kabi hujjatdir, lekin haq olish huquqiga ega emas.
5. I. ya/v DPM shifokori tomonidan ochiladi va cho‘ziladi, ITI tib. xodimlari va 
Oo‘Yu tib. xodimlari ham i. ya/v ochishi mumkin, ishga yaroqsiz bo‘lgan kasalni o‘zi 
ko‘ruvdan o‘tkazgan bo‘lsa, tibbiy hujjatlarda yozib isbotlanadi.
6. Shoshilinch yordam shifokorlari, qon quyish bo‘limi shifokorlari, qabul bo‘limi 
shifokorlari, sud-med ekspertiza vrachlari, MBM vrachlari, oromgoh shifokorlari, 
sanator-kurort muassasi shifokorlari (Sil sanatoriysidan tashqari), shuningdek xususiy 
ish ochgan shifokorlar i. ya/v berish huquqiga ega emas.
7. I. ya/v ishga yaroqsiz kishining yashash joyi yoki ish joyidan beriladi. 
8. I. ya/v quyidagi vaqtlarda beriladi: 
· homiladorlik va tug‘ruq uchun beriladigan ta’til
· Oila a’zosidan biron bemorni parvarish qilish uchun 
· Sanator-kurort davolanishda 
· Sil yoki boshqa bir kasallik tufayli vaqtinchalik boshqa ishga o‘tganda 
· Kasalxona sharoitida protezlash yoki protez-ortopedik muassasa sharoitida


9. Ambulator-poliklinik davolanishda davolovchi shifokor i. ya/v sini bir vaqtda 5 
kunga berish huquqiga; i. ya/v sini 5 kalendar kuniga cho‘zish mumkin, faqat bo‘lim 
boshlig‘i bilan birgalikda, cho‘zish muddati uzluksiz 10 kun bo‘lishi mumkin.
10. 10 kundan oshiq i. ya/v VKK a’zosi bilan birgalikda cho‘ziladi, agar VKK 
a’zosi bo‘lmasa DPM bosh shifokori shaxsan o‘zi ko‘rikdan o‘tkazib to tuzalgunga 
qadar yoki nogironlik guruhiga kiritilgunga qadar cho‘zishi mumkin, har oyda VKK 
ko‘rigidan o‘tishi shart. 
11. VTEK (VIEK) ka — vrach-ishchi ekspert komissiyaga - yuboriladi: 
· Uzoq vaqt kasallangan bemorlar: bitta kasallik bilan 4 oy yoki 5 oy davomida, 
jami oxirgi 12 oy ichida bir xil kasllik bilan og‘rigan bemorlar
· Yomon oqibatli ish va klinik prognozli nogironlik belgilari mavjud bemorlar 
vaqtinchalik ishga yaroqsizlikning xohlagan davrida.
12. I. ya/v ishga yaroqsizligi aniqlangan kunidayoq beriladi; o‘tgan kunlarga i. ya/v 
ni berish ruxsat berilmaydi.
13. Kasalxonada davolanganda (kunduzgi kasalxonada ham) i. ya/v davolovchi 
shifokor va kasalxonada bo‘lim boshlig‘i (bosh shifokor, bosh shifokor o‘rinbosari) 
bilan birgalikda to‘liq davolangan davrga beriladi.
14. OO‘Yu lar talabalariga, kolledj, gimnaziya, maktab va hokazo o‘quvchilariga, 
ishlab chiqarish amaliyotida maxsus ish joylariga biriktirilgan, shuningdek xizmat 
doirasida qurilish va qishloq xo‘jaliklariga jalb qilinganlarda, vaqtinchalik ishga 
yaroqsizlik kuzatilganda i. ya/v to‘liq ishga yaroqsiz davrga beriladi, undan ortiq 
mumkin emas.
15. IIV va prokuratura tomonidan xibsga olingan kishilarga i. ya/v berilmaydi.
16. Alkogol oqibatida olingan jarohatlarda va kasalliklarda (kompitetnt tashkilot 
xulosasi asosida va tibbiy guvohlik protokoli asosida) i. ya/v berilmaydi, 
ma’lumotnoma beriladi.

Download 404.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling