Saqlash vazirligi


QISHLOQ VRAChLIK PUNKTI (QVP) NIZOMI


Download 404.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/50
Sana17.06.2023
Hajmi404.38 Kb.
#1536190
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Bog'liq
Poliklinika ishini boshqarish

QISHLOQ VRAChLIK PUNKTI (QVP) NIZOMI  
QVP — davo-profilaktik muassasa bo‘lib, biriktirilgan joylarda aholiga yuqori 
darajali tibbiy xizmatni ko‘rsatishga mo‘ljallangan.
1. QVP hisobda aholi soni 1500 va undan yuqori bo‘lganda tashkil qilinadi, bunda 
ko‘chib keluvchi va ko‘chib ketuvchilar ro‘yxatga olinadi, qishloq xo‘jaligi va boshqa 
turdagi ishlab chiqarish korxonalari bilan zich joylashgan aholi o‘rtasida bog‘liqlik 
bo‘lishi lozim. 
2. QVP xizmat ko‘rsatadigan aholi soniga qarab bo‘linishi mumkin: 


Birinchi tur — 1 500 gacha bo‘lgan odam, 
Ikkinchi tur — 1 500 dan 3 500 gacha bo‘lgan odam, 
Uchinchi tur — 3 500 dan 6 000 gacha bo‘lgan odam, 
To‘rtinchi tur — 6 000 va undan ortiq bo‘lgan odam. 
QVP tashkil qilish va uni olib tashlash mahalliy boshqaruv tizimlar bilan 
aniqlanadi, tuman hokimiyati va MTK bosh vrachi bilan kelishgan holda belgilanadi.
3. QVP ishchi xodimlarining funksional vazifalari va huquqlari O‘zR SSV 
tomonidan belgilanadi.
4. QVP mahalliy byudjetdan moliyaviy tomondan ta’minlanadi, O‘zR SSV 
tomonidan tasdiqlangan, alohida ko‘rsatilgan tibbiy jihozlar va anjomlar bilan 
bezatiladi. 
5. QVP ning to‘liq ishlashi uchun dori vositalari va sanitariya va gigiyena vositalari 
bilan ta’minlanishi lozim. 
6. QVP ni bo‘lim boshlig‘i boshqaradi, tuman bosh vrachi tomonidan ishga olinadi 
va ishdan bo‘shatiladi.
7. Tez tibbiy yordamni ko‘rsatish uchun QVP avtotransport bilan ta’minlanadi.
8. Aholi zich joylashgan punktlar soni va umumiy aholi soniga, xizmat qilinadigan 
joyning kengligi va transport yo‘lining rivojlanishiga, qishloq xo‘jaligi va boshqa 
ishlab chiqarish tarmoqlarining rivojlanishiga qarab QVP da shtat birligi belgilanadi.
9. Vrachlar shtat birligi QVP turi va biriktirilgan aholi soniga bog‘liq, har bir vrach 
birligiga biriktirilgan aholi soni 1500 dan ortiq bo‘lmasligi kerak.
10. QVP quidagilarga bo‘linadi: 
· Kunduzgi o‘rin joyli QVP (joy o‘rni 10 tadan ko‘p emas)
· Kecha-yu kunduz o‘rin joyli QVP, uzoq joylashgan va xizmat ko‘rsatish qiyin 
bo‘lgan joylarda territorial sog‘liqni saqlash organlari tomonidan tashkillashtiriladi.
11. QVP gaz tarmog‘i, markaziy suv ta’minoti va aloqa xizmati bilan ta’minlanishi 
lozim.


12. QVPlar O‘zR MinKab tomonidan tasdiqlangan, «UzDavLoyiha» tomonidan 
ishlangan umumiy proyekt bo‘yicha quriladi.
13. QVP hisob-ro‘yxat hujjatlarini olib boriladi va MTK ko‘rsatilgan tartib 
bo‘yicha topshiriladi.
14. QVP shtat birligini aniqlashda QVP bo‘lim boshlig‘i lavozimiga — umumiy 
amaliyot shifokori — uning oylik puli vrach oylik pulidan kelib chiqadi va eng kam 
oylik dan 50% ko‘tariladi. QVP asosiy moliyaviy ta’minoti tamoyili vrachning bitta 
qabuliga qaratilgan (nisbatiga) QVP bo‘lim boshlig‘i MTK ga me’yoriy dasturni 
ko‘rsatadi. Yuqori organlar (MTK) vrachning bitta qabuliga haqni va moliyaviy-
ta’minot hajmi me’yoriy dasturini tasdiqlaydi.
15. QVP ikki xil turda ish olib borishi mumkin: MTK tarkibida yoki aloxida o‘zi, 
yuridik mustaqil muassasa hisobida. 
16. Mustaqil QVP larida bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga QVP moliyaviy 
ta’minot menedjeri lavozimi beriladi, u bo‘lim boshlig‘iga sifatli xo‘jalik-moliyaviy 
ta’minot ishlarida va kadrlar ishlarida yordam beradi.

Download 404.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling