Saqlash vazirligi


Download 404.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/50
Sana17.06.2023
Hajmi404.38 Kb.
#1536190
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   50
Bog'liq
Poliklinika ishini boshqarish

I. ya/v to‘ldirish 
1. Berilayotgan i. n/v davolovchi shifokor va bo‘lim boshlig‘i tomonidan 
muxrlanadi, 5 kunga cho‘zilganda — VKK a’zosi ham muxr qo‘yadi.
2. I. ya/v (ma’lumotnoma) faqatgina pasport bilan to‘ldiriladi.
3. I. ya/v aniq yoziladi, ko‘k yoki qora siyoxlarda.
4. I. ya/v ga DPM ning ikkita muxri qo‘yiladi: ochilganda — yuqori burchagiga
yopilganda esa pastki burchagiga.


5. I. ya/v yo‘qotilganda shu DPM dan dublikat beriladi, ish joyidan shu i. ya/v ga 
haq olmaganligi haqida ma’lumotnoma olingandan so‘ng. Yuqori o‘ng burchagida « 
Dublikat» deb yoziladi.
6. Buzib qo‘yilgan va ochilgandan so‘ng so‘ralmagan i. ya/v, shu i. ya/v sini 
ochgan shifokor tomonidan yopiladi, blank ustini ikssimon chizib «BUZILGAN» 
yoki «YOPILGAN» deb yoziladi va javobgar shaxsga topshiriladi.
2. Maslahat. Maslahat turlari, maslahat 
ko‘nikmalari. Anamnez yig‘ish. Bemorlarni 
klinik tekshiruvdan o‘tkazish 
Maslahat — bu maslahatlar berish orqali boshqa bir insonni to‘g‘ri fikr yuritishga 
o‘rgatish yoki xulq-atvorini o‘zgartirishdir.
Tibbiy maslahat 
— 
davolash jarayonining asosiy qismi bo‘lib, ayniqsa 
psixoterapiya sohasida, reabilitologiyada va uzoq muddatli nazoratda katta ahamiyat 
kasb etadi. 
Ё Yillar o‘tgan sari omma orasida tibbiy konsultatsiyaga bo‘lgan extiyoj o‘sib 
bormoqda. Ming afsuski bugungi kundagi tibbiyot yangi uskunalarining va 
kompyuterlarning kirib kelishi bilan o‘zining gumanizmini, ya’ni bemorlar bilan 
muloqot ularga hamdardlikni his tuyg‘ularini yo‘qotib bormoqda. Aynan oila 
shifokori va UASH samarali konsultatsiya olib boradilar, chunki ular tibbiy xizmat 
ko‘rsatishni birinchi bo‘g‘inidadirlar. Agar tibbiy konsultatsiyani UASH olib borsa, 
konsultatsiya samarali bo‘ladi, chunki: 
Ё U bemorni uzoq muddat nazorat qiladi. 
Ё U bemorni individual davolaydi. 
Ё Uning keng bilimli davolashni kompleks olib borishda qo‘l keladi. 
Ё U bemorlar qulay va odatiy muhitda, ya’ni o‘z kabinetida va bemorning uyida 
davolaydi.


Ё U bemor bilan tez til topishadi.
Ё U bemorning oilasini yaxshi biladi.
Ё U lozim topsa bemorni mutaxassisga yuboradi. 

Download 404.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling