Saqlash vazirligi


Download 404.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/50
Sana17.06.2023
Hajmi404.38 Kb.
#1536190
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   50
Bog'liq
Poliklinika ishini boshqarish

 
4. Sog‘lom turmush tarzi. 
Bolalar salomatligi 
Agarda bolaga diqqat bilan qaraganda, farzandini sevgan ota-ona yoki e’tiborli 
shifokorni quyidagi savol qiziqtiradi: Mening farzandim to‘g‘ri rivojlanmoqdami? 
Bu savol ota-onalarni ko‘p xavotirga soladi. Har bir oila bola tug‘ilganidan so‘ng, 
bola sog‘lom o‘sishini va normal rivojlanishini istaydi. Albatta biz, umuman sog‘lom 
bolani programmalashtirish qobiliyatiga ega emasmiz. Lekin bolani to‘g‘ri 
rivojlanishini ta’minlash bizning qo‘limizdan keladi. Ko‘pincha ko‘rik paytlarida, 
pediatrlar ota-onalar e’tiborini ularning bolasi ko‘rinishlariga qaratib, shu bilan birga 
qiyin tibbiy terminlarni ishlatgan holda tashxis qo‘yib, ota-onalarni xavotirga solib 
qo‘yishadi. Va shunda intiqib kutilgan bola xavotir keltiruvchi belgi bo‘lib qoladi. 
Bunday hollarda, sizning bolangiz salomatligini tahlil qiluvchi, oldindan aytib 
beruvchi va jiddiy kasalliklarni oldini oluvchi mutaxassisga murojaat qilish lozim 
bo‘ladi. Hammasi onaning homiladorlik davri va tug‘ruq davridan boshlanadi. Turli 
omillar bola hayotiga homiladorlik davrida yoki tug‘ruq davrida nojo‘ya ta’sir 
ko‘rsatishi mumkin. Bularning oqibatidan bola organizmining markaziy tizimlaridan 
biri — asab tizimi rivojlanishi va faoliyatining buzilishi kuzatilishi mumkin. Xavf 


omillari bo‘lib onaning surunkali kasalliklari, homiladorlik davridagi toksikoz, bola 
miyasining to‘qimalariga qon orqali kislorod kelishini kamaytiradigan infeksion 
epizodlar, (o‘RK, homiladorlik davridagi gripp). Keyingi muhim bosqich bu tug‘ruq 
davri. Asab tizimiga akusherlik patologiyasi (homilaning noto‘g‘ri joylashuvi, 
tug‘ruqning tez kechishi, va boshqalar), onaning toz suyaklarini anatomik tuzilishi 
ko‘rinishlari yomon ta’sirni ko‘rsatishi mumkin. Yanada yomon ta’sirni tug‘ruq 
davridagi homilaning kindikka o‘ralib qolishidir,buning natijasida asfiksiya kelib 
chiqadi, shu bilan birga kislorodning miyaga borishini o‘tkir yetishmovchiligi 
kuzatiladi. Miya to‘qimasi kislorod yetishmovchiligiga juda ta’sirchan bo‘lgani 
uchun, quyida keltirilganlarning hammasi, yangi tug‘ilgan chaqaloqda asab tizimining 
perinatal buzilishi deb ataladigan kasallikning sababchi omillari bo‘lishi mumkin. 
«Perinatal patologiya» atamasi lotin tilidan tarjimasida, homiladorlik va tug‘ruq 
davrining yomon kechishi natijasida kelib chiqqan o‘zgarishlarni bildiradi. Yomon 
omillar bolaga alohida ta’sir qilganidek, turli xil kombinatsiyada ta’sir qilishi 
mumkin. Quyidagi patologik o‘zgarishlar harakat va ruhiy-nutq vazifalarning 
rivojlanishini o‘zgarishiga olib keluvchi asosiy sababdir. Ko‘pgina hollarda bu 
chekinishlar yengilroq bo‘lib, to‘g‘ri nazorat qilinganida ular davoga beriluvchandir, 
bosh miya to‘qimalarining katta kompensator xususiyatini hisobga olmoq zarur. Og‘ir 
buzilishlar 3% chaqaloqlarda kuzatiladi. Shu maqsadda asab tizimining jiddiy 
buzilishlarini bola hayotining erta davrlarida aniqlash uchun, yangi tug‘ilgan chaqaloq 
albatta nevropatolog tomonidan ko‘ruvdan o‘tishi lozim. Ko‘pchilik bolalarda asab 
tizimining perinatal jarohatlanish belgilari ancha kechroq davrda, ancha qiyin ruxiy va 
nutq vazifalarning rivojlanishi bilan kelib chiqadi. Har bir vazifa, organizm 
rivojlanish jarayonida, o‘zining optimal yosh davrlari mavjud. Bolada vazifalar 
rivojlanishining optimal muddatlari bilan birga, ma’lum bir kritik davrlari ham 
mavjud. Bu bosqichlarda bola rivojlanishida «katta» qadam qo‘yiladi, bola o‘tirishni, 
turishni, yurishni, gapirishni boshlaydi. Bolaning rivojlanishida har bir aniq holatda, 
uning rivojlanishini baholash individual ekanini tushunish muhimdir. Ba’zi ota-


onalar, ko‘chada sayr qilayotgan vaqtda, o‘z farzandining boshqa bolalar bilan 
o‘ynayotganida, uning aktivligi, qobiliyati, chaqqonligi va bajara olish qobiliyatining 
nisbatan farqi sezilgudek bo‘lsa, ko‘ngillariga og‘ir botadi. Bunday tashvishlar 
ko‘pgina hollarda asossiz bo‘ladi, chunki har bir bola turli ko‘nikmalar 
rivojlanishining individual yo‘liga ega. Bundan tashqari, bolaning rivojlanishida 
oilaning sotsial-ekonomik darajasi ahamiyatga ega, ona va atrofdagilar tomonidan 
bolaga berilayotgan e’tibor va ajratilayotgan vaqtdan iborat emotsional muhitga 
bog‘liq. Bolaning mijozi va jinsi muhimdir, chunki qizlar o‘g‘il bolalarga nisbatan 
oldinroq rivojlanadilar. 
Afsuski, ota-onalar har doim ham, bola qanday ko‘nikmalarni bilishi kerak, e’tibor 
talab qiladigan narsalar va ularni qayta tiklashni me’yor darajasini bilishmaydi. Shu 
maqsadda, «e’tibor beriladigan» belgilar guruhini ajratish lozim, ularning mavjudligi 
mutaxassis ko‘ruvi va keyinchalik uning kuzatuvida bo‘lishi lozimligini belgilaydi. 
Bola hayotining birinchi haftalarida bu belgilardan bola juda sust qichqirishi, 
yomon emishi, qalqib ketishi kabilar uchrashi mumkin. Kuzatuvda harakat 
aktivligining pasayib ketishini, tovush qo‘zg‘atuvchilariga ta’sirlanmasligini kuzatish 
mumkin. Bosh aylanasini o‘lchaganimizda — bosh aylanasining tez (oyiga 3 sm) ga 
kattalashuvi kuzatiladi. Keyinchalik esa, bola boshini orqaga tashlaydigan holat kelib 
chiqadi, har emizganidan so‘ng bola kam-kamdan qusadi, kechqurunlari bolani 
uxlashi qiyinroq bo‘ladi, tez-tez uyg‘onib ketadi. Bola hayotining 3 oyida bu 
ko‘rinishlardan, o‘zini xarakatidan, qo‘l va oyoqlar mushaklar qisqarishining 
kuchayishidan yoki teskarisi, mushak kuchining pasayishi «qurbaqa turish», qorinda 
yotganida ishonchsiz va qisqa muddat boshini ushlashi kabi belgilar kuzatiladi. Ko‘z 
olmasining adashgan harakatlari biror narsada nigohini ushlay olmasligi bo‘lishi 
mumkin. Qattiq yig‘laganda va qo‘rqanida qo‘l, iyagining titrashi kuzatiladi. 6 
oylarga kelib «e’tibor beriladigan» belgilardan quvonchning, kulgining yo‘qligi, 
hissiyotning o‘ziga xos nochorligi kuzatiladi; o‘yinchoqlar bolada qiziqish 


uyg‘otmaydi. Bola kam harakatlanadi, o‘girilmaydi yoki bir tomonga o‘giriladi, 
o‘yinchoqlarni ushlamaydi va qo‘ldan- qo‘lga uzatmaydi.
Ancha kechroq davrda (7-9 oylarda), noxush omillardan quyidagilarni kiritish 
mumkin: kattalar bola bilan o‘ynashga harakat qilishganida — bola tomonidan 
ochiqlik bilan javob berish kuzatilmaydi, hissiyotlarini yuzaga chiqarishda 
cheklanishlar mavjud.
Mustaqil o‘tirish, narsalarni olishga harakat qilish, bir qo‘l bilan harakat qilgan 
holda o‘ynash kabi ko‘nikmalarining yo‘qligi tashvishlanarli. Agar bola bir yoshga 
to‘lganida, oddiy iltimoslarni tushunmasa, uning o‘yini faqatgina buziqlik xarakteriga 
ega bo‘lsa, «xavotirga» tushishingiz kerak.
Nutq faqatgina tovushlardan iborat bo‘ladi. Bolani oyoqqa qo‘yishga harakat 
qilganingizda, bola «oyoq uchida» bir necha qadam tashlashi mumkin. Keyinchalik 
bolaning yomon koordinatsiyasi e’tiborga loyiqdir, yurishda o‘zgarishlar, bola o‘ziga 
xizmat ko‘rsatish va ozodalik kabi ko‘nikmalarining rivojlanmaganligi. Agar bola 
uyqusining buzilishi kuzatilsa, kechqurunlari uyg‘onib qichqiradi va yig‘lashining 
kuzatilishi xavotirli hisoblanadi. Ob-xavoning o‘zgarishiga ta’sirchan bo‘lib qolishi, 
tengdoshlari bilan muloqotga kirmasligi kuzatiladi. Bolaning turli ko‘nikmalarini 
rivojlanishidan orqada qolishi, bola rivojlanishning o‘zgacha ko‘rinishlarini bo‘lishi, 
mutaxassis maslahatiga murojaat qilishni talab qiladi, chunki erta aniqlangan 
tashxisning asoratlari kamroq bo‘ladi va davoga yaxshi beriladi.
Ota-onalar ko‘pincha yana, 2 yoshdan keyin kelib chiqadigan tez asabiylashish 
muammosi bilan to‘qnashishadi. Ko‘p uchraydigan shikoyatlari bolaning erkaligi, 
«injiqlik» qilib aytganini qildirishdir. Keyinchalik patologik, ya’ni barmoqni so‘rish, 
tirnoqni tishlash va hokazo kabi odatlar paydo bo‘lishi mumkin. Ko‘p hollarda bu 
ko‘rinishlar asab tizimining buzilishlari kelib chiqayotganidan dalolat beradi. Bola 
rivojlangan sayin yanada chuqurroq, nevrotiklar, duduqlanish va boshqa o‘zgarishlar 
kuzatiladi. Bundan tashqari, asab tizimi butun organizmning boshqaruvchi tizim 
ekanini unutmaslik kerak. Birorta kasallik asab tizimini ta’sirlamay o‘tmaydi. 


Ma’lumki asab tizimi ta’sirlangan bolalar ko‘p kasallanadilar, ular kasallikni 
surunkali kechishiga moyildirlar. Shunday qilib yakunlashdan oldin, faqatgina 
shifokorlarning maslahatlari va ota-onalarning e’tiborligidan, bola rivojlanishi va 
tarbiyasida eng yaxshi natijalarni olish mumkin.

Download 404.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling