Saqlash vazirligi


Download 404.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/50
Sana17.06.2023
Hajmi404.38 Kb.
#1536190
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   50
Bog'liq
Poliklinika ishini boshqarish

Anamnez yig‘ish
Tashxis qo‘yish jarayoni anamnez yig‘ishdan boshlanadi. Kasallikni rivojlanish 
tarixi, bolalik va unda o‘tkazgan kasalliklari,oila tarixi (shajaralar tuzish) va bolani 
yashash shart-sharoitlari haqida ma’lumot beradigan bolani rivojlanishi tarixi 
anamnezning asosiy elementlarini tashkil qiladi.
Bemor bola haqida ma’lumot to‘plash va anamnez yig‘ishda bemorning ota-onasi 
bilan to‘g‘ri olib borilgan suhbat shifokor va bemorning oilasi o‘rtasida o‘zaro 
hamkorlikni va ishonchli muhitni keltirib chiqaradi. Shundan tashqari, bunday muhit 
psixoterapevtning ahamiyatiga ham ega. Anamnez yig‘ishda quruq va ko‘p 
savollardan emas, balki bemor bolaning taqdiri haqida qayg‘uradigan dilkash 
so‘zlardan foydalanish lozim. Agar anamnez bemorga qiziqishsiz va shoshqaloqlik 
bilan yig‘ilsa,ota-onalarining shifokorga nisbatan ishonchi asta-sekin so‘nadi va u 
bergan tavsiyalar bajarilmasdan qolib ketadi.
Anamnez yig‘ishning eng yaxshi usuli bemorning ota-onasini kasallik haqidagi 
fikri bilan xissoblashgan holda savollar berib ma’lumotlar to‘plashdir.


Anamnez yig‘ish jarayonida bolaning xulq-atvoriga, savollarga bergan javoblariga 
va o‘zini tutishiga e’tibor berish kerak. Kuchli hayajonlanish, ko‘z qorachiqlarini 
kengayishi, nam kaftlar,oqarib ketish yoki yuzlarini qizarib ketish VNS turg‘un (labil) 
emasligidan dalolat beradi. Bu bolalarda asab sistemasining funksional o‘zgarishlari 
bo‘lishi mumkin. 
Mohirlik bilan to‘plangan va to‘g‘ri tahlil qilingan anamnez ma’lumotlari taxminiy 
tashxisning asosini tashkil qiladi. Masalan, onani bolasini tanasining hamma qismini 
birdaniga to‘satdan hech bir sababsiz toshma toshib ketganini aytishini o‘zi, bemorda 
qizilcha toshganini taxmin qilishga imkon beradi.
Agar ona kasal bolasida quvvatsizlik va holsizlik kuchayib borayotganligini
subfebril harorat va oyoqlaridagi og‘riq bezovta qilayotganligini va bu belgilar 
surunkali tonzillit qo‘zg‘alganidan so‘ng 2 hafta o‘tganidan keyin paydo bo‘lganini 
aytsa,bemorda revmatizm kasalligini taxmin qilish mumkin. 
Bemor bolani rivojlanish tarixini anamnezni yig‘ish katta ahamiyatga ega. 
Anamnezning bu qismida bolaning antinatal davrida rivojlanishi aniqlanadi: 
homiladorlikni kechishi,o‘tkazilgan davolar,bolaning qanday tug‘ilganligi, yetukligi
og‘ir asoratli tug‘ruq, tug‘ruqdagi jarohat, asfiksiya MNS shikastlanishidan darak 
beradi, bolani jismoniy va ruhiy rivojlanishdan orqada qolishi, anemiya va boshqalar 
aniqlanadi. Kasallikni surunkali ko‘rinishga o‘tishda bolalikda o‘tkazilgan kasalliklar 
va uning og‘irlik darajasi katta ahamiyatga ega. Masalan, yoshligida o‘tkazgan 
ekssudativ kataral diatez katta bo‘lganda neyrodermatitga olib kelishi mumkin.
Tez-tez shamollash, hususan pnevmoniya surunkali bronx-o‘pka kasalliklarini 
keltirib chiqaradi.



Download 404.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling