Saqlash vazirligi


Download 404.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/50
Sana17.06.2023
Hajmi404.38 Kb.
#1536190
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   50
Bog'liq
Poliklinika ishini boshqarish

3A GURUHI 
Apgar shkalasi bo‘yicha 4-7 ball bo‘lgan chaqaloqlar, tug‘ma nuqsonlari bilan, 
rivojlanishning tug‘ma nuqsonlari bo‘lgan bolalar.
3B GURUHI 
Juda og‘ir tug‘ma va ortirilgan nuqsoni bo‘lgan bolalar Apgar shkalasi bo‘yicha 4 
ballgacha.
Chaqaloqlik davrining oxirida bolaning salomatligini yana bir marta baholanadi va 
boshqa guruhga o‘tkazilishi mumkin..
2. Erta yoshdagi va maktab davrigacha bo‘lgan bolalar salomatligini kompleks 
baholanadi va shular asosida salomatlik guruxlariga ajratiladi. Salomatlikni kompleks 
baholashda quyidagi belgilarga ahamiyat beriladi: 
1. Organ va tizimlarning funksional holatiga.
2. Organizmning rezistentligi va reaktivligiga. 
3. Jismoniy va asab-ruhiy rivojlanishining darajasi va bir me’yoriyligi.
4. Surunkali (tug‘ma) nuqsonning borligiga.
SALOMATLIK GURUHLARINI ANIQLASH
1-GURUH.  
Klinik sog‘lom bolalar, me’yorida va bir me’yorida rivojlangan, kasallanishi yiliga 
3 martadan oshmaydi va yengil kechadi. Sog‘lom bolalar deb ma’lum muddatda 
ko‘rikdan o‘tkazilinadi.
2-GURUH.  
Funksional o‘zgarishi bo‘lgan bolalar, o‘sish va rivojlanish tempi va xarakterida 
izdan chiqishlari: og‘ir akusherlik anamnez, chala tug‘ilganlik yetilmaganlik 
belgilarisiz, erta neonatal davrning yomon kechishi; raxit 1 daraja, 1 darajada tana 


vaznining yetishmasligi yoki ortiqligi; kamqonlik oldi holati; timus gipertrofiyasi; 
adenoidlar gipertrofiyasi va kariyes (kariyes tishlari 6-8); tez-tez o‘RK bilan og‘rishi 
(yiliga 4 martadan oshiq); zotiljam, bronxitlar; YuqT tizimi funksional o‘zgarishlari 
(VTD, funksional sistolik shovqin); yengil darajadagi miopiya.
Pediatrlar va tor mutaxassislar bu bolalarni tez-tez nazoratdan o‘tkazadilar 
(ko‘rsatma bo‘yicha).
3-GURUH.  
Organ va tizim rivojlanishida surunkali patologiya va tug‘ma deffektlarning 
kompesirlangan kechiruvchi bemorlar. Boshqa a’zo va tizimlarning klinik 
ko‘rinishlari va funksional chekinishisiz, funksional chekinishi va klinik ko‘rinishi 
o‘zgargan bir a’zo yoki tizim mavjud. Umumiy holatning o‘zgarishisiz asosiy 
kasallikning qayta xurujlari kuzatiladi, kam uchraydigan interkurent kasalliklar. 
Pediatr tomonidan yiliga 2 marta ko‘rikdan o‘tkaziladi, maxsus davo profilaktik 
muolajalar o‘tkaziladi.
4. GURUH.  
Rivojlanish tug‘ma deffektlari bo‘lgan, surunkali kasalliklarning 
subkompensatsiyalangan darajada kechiruvchi kasalliklar. Bola umumiy axvolining 
o‘zgarishi bilan kechuvchi asosiy surunkali kasallikning tez-tez qaytalanishi 
kuzatiladi, rekonvalistensiya davrining cho‘zilishi. Pediatr tomonidan yiliga 4 marta 
ko‘riladi, qayta xurujga qarshi davo va kasalxonada davolashni tashkillashtiradi.
5-GURUH.
Nogironlikka olib keluvchi og‘ir tug‘ma nuqson va og‘ir surunkali kasallikning 
dekompensasiya davridagi kasallar. Bolalar kollektivlariga kiritilmaydi, doimo 
kuzatuvda bo‘ladilar.


Surunkali kasalliklari bor bolalar (3-5 yil), dispanser nazoratida turishadi, pediatr 
tomonidan vaqti-vaqti bilan ko‘rikdan o‘tib turishadi, ularga kerakli davo-profilaktik 
muolajalar o‘tkaziladi.
2-gurux bolalari — xavf guruh bolalari pediatr va boshqa mutaxassislar 
nazoratidan chetda qolib ketish ehtimoli ko‘p bo‘lgani uchun bu guruhdagilar ancha 
xavfli hisoblanadilar.
Shunday qilib, bolalar salomatligini kompleks baholash keng tarmoqli, tibbiy 
xodimlar tomonidan alohida e’tibor talab qiluvchi, bolalar salomatligini 2 ta guruhga 
ajratishdan iboratdir.

Download 404.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling