Saqlash vazirligi


Download 404.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet26/50
Sana17.06.2023
Hajmi404.38 Kb.
#1536190
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   50
Bog'liq
Poliklinika ishini boshqarish

TASDIQLAYMAN:
qizamiqqa va VG ga qarshi
immunoprofilaktika ishlarini 
o‘tqazish uchun qo‘llanmani 
(ilova № 1). 
BUYURAMAN: 
1. Qoraqolpog‘iston SSV ga,Toshkent va viloyatlar rahbarlariga: 
— 1yanvar 2004-yildan qizamiqqa va VG ga emlash o‘zgartirishlari kiritilgan 
SanPiN №-0132-02 bo‘yicha o‘tqazilishi ta’minlansin.
— 
Hamma DPMda emlash kalendariga kirgizilgan o‘zgarishlar haqidagi 
seminarlar 10-dekabr 2003-yilgacha o‘tqazilsin.
— O‘zgartirishlarni hisobga olgan holda 20. 12. 2003 gacha 2004 yil uchun emlash 
rejasi tayyorlansin.
Mazkur buyrug‘ni nazorat qilish
vazir o‘rinbosari B. I. Niyazmatov 
zimmasiga yuklatilsin
UzRSS Vaziri. prof. Nazirov. F. G
 
 


Ilova№1 
UzRSSV №494 sonli buyrug‘iga
12. 11. 2003-yildan
QO‘LLANMA 
Qizamiqqa va gepatit Vga qarshi immunoprofilaktik 
tadbirlar o‘tkazish bo‘yicha. 
1974-yil VOZ tarafidan asosiy yuqumli kasalliklarga qarshi kurashga yo‘naltirilgan 
hujjat — «Kengaytirilgan immunizasiya dasturi»(KID) qabul qilindi va uning 
bajarilishini dunyo miqiyosida 6 ta asosiy infeksion kasalliklarni keskin kamayishiga 
olib keldi. Oxirgi vaqtlarda immunizasiya dasturi katta yutuqlarga erishdi. Bu emlash 
tufayli ko‘pgina kasalliklarda o‘lim holati kamayishini isbotladi. 
Respublikada silga, poliomiyelitga, bo‘g‘maga, VGVga, ko‘kyo‘talga, qizamiqqa, 
qoqsholga va epidparotitga qarshi emlash rejalashtiriladi. Ozbekistonda poliomiyelit 
tugatilgan, keyingi vaqtda qizamiq kasalligini butunlay yo‘q qilish maqsadida Res. da 
SanPiN bo‘yicha qizamiqqa qarshi emlash bolaning 9 va 16 oyligida o‘tkaziladi. 
Tajribalardan kelib chiqqan holda prof emlash kalendariga (SanPiN№0132-02) 
to‘ldirishlar va qizamiq va VGV qarshi emlashda o‘zgartirishlar kiritildi: 
— 1yanvar 2004-dan boshlab qizamiqqa qarshi emlash 12 oylikdan, revaksinasiya 
esa 6 yoshlikda o‘tkaziladi.
— Turli xil sabablarga ko‘ra emlanmagan bolalar yangi emlash kalendari bo‘yicha 
yoshidan qat’iy nazar 1 marta vaksinasiya va 5 yildan so‘ng revaksinasiya qilinishi 
lozim.
— 1. 01. 2004-dan VGV ga qarshi emlash qisqartirilgan chizma bo‘yicha: 0—2 
oy-6 oy ligida olib borilishi shart.


— Vaksinaning 1-dozasini tug‘ruqxonada bola hayotining birinchi kuni, 2-dozasini 
2 oyligida (AKDS va poliomiyelit bilan bir vaqtda), 3-dozasini (tugatuvchi doza) 6 
oylikda o‘tkazish lozim.
Emlash jarayonida xavfsizlik qoidalarini buzilishi natijasida oxirgi 5 yil ichida 
(1999-2003) respublikamizda 34 ta postvasinal asoratlar qayd qilingan bo‘lib, ulardan 
22 tasi letal holat bilan tugagan. O‘limning sabablari quyidagilardir: 
— Ochiq flokonlarni qo‘llanishi; 
— «sovuq zanjir» qoidasiga rioya qilmaslik; 
— pediatr ko‘rigisiz emlash; 
— vaksinalarni mos kelmagan erituvchilarda eritish; 
— postvaksinal asoratlari bo‘lgan bolalarni kech shifoxonaga yotqizish.
— Shifokorlarni postvaksinal asoratlarda TTYo ko‘rsatish bo‘yicha bilim 
saviyasini pastligi.
— Postvaksinal asoratlar rivojlanishi mumkinligi haqida ota-onani ogoh 
qilinmaganlik.
— 
Emlangan bolalar orasida postvaksinal reaksiya va asoratlarni faol 
aniqlanmasligi;
Immunizasiya xavfsizligini ta’minlash uchun muhim: 
— Emlash pediatr ko‘rigidan so‘ng emlash xonasida olib borilishi va emlashdan 
so‘ng 3 kun ichida uyda faol borib nazorat qilish lozim. 
— Yuboriladigan vaksina dozasini va qaysi yo‘l bilan tanaga yuborishni bilish 
lozim.
BSJ vaksinasini va tuberkulin teri orasiga, AKDS, VGV, ADS, ADS-M, AD-M 
sonning tashqi sohasiga m/o, qizamiq va parotit vaksinasi yelkaning 1/3 qismining 
tashqi sohasiga teri ostiga, OPV esa per os yuboriladi.
— Qizamiqqa, parotitga qarshi vaksinalar va BSJ 6soat davomida ishlatib 
yuborilishi kerak. Bu muddatdan oshgan, lekin ishlatilmagan vaksina yo‘z qilinishi 
shart.


— Bir vaqtning o‘zida bir necha xil vaksinani qo‘llash mumkin, lekin ular turli 
shprislarda va har xil joyga yuborilishi shart.
— Vaksinalarni sovutgich eshigida saqlash mumkin emas, vaksina saqlanayotgan 
sovutgichni ochib yopishni cheklash lozim, chunki 30 sek ichida sovutgich harorat 80 
ga ko‘tariladi va u avvalgi holatga qaytishi uchun 30 sek ga yaqin vaqt kerak bo‘ladi.
— VGV,AKDS, ADS, ADS-M, AD-M vaksinalarini muzlatish mumkin emas, shu 
sababli sovutgichning o‘rta javonida saqlash zarur. Qizamiq, poliomiyelit, epidparotit 
va BSJ vaksinalari Dav. San. Epid. nazorat markazidagina muzlagan holda saqlanishi 
mumkin.
— MDSENdan poliklinakalarga bir kunlik hisobidan vaksinalar tarqatiladi. 
Vaksinalarni qabul qilib olayotganda termoindikatorlarning holatiga, saqlash qoidalari 
va «sovuq tartibi» ga rioya qilinganliga, vaksinalarning yaroqlilik muddatlariga 
e’tibor qilish kerak.

Download 404.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling