Saqlash vazirligi


Download 404.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet28/50
Sana17.06.2023
Hajmi404.38 Kb.
#1536190
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   50
Bog'liq
Poliklinika ishini boshqarish

1. Silga qarshi emlash. Silga qarshi emlash va qayta emlashni BSJ vaksinasi bilan 
yangi tug‘ilgan chaqaloqni va sil bilan zararlanmagan maktab yoshidagi bolalarda 
o‘tkaziladi.
Preparat haqida ma’lumot. Vaksina o‘zida BSJ shtammining tirik bakteriyalarini 
tutadi. Ampulada chiqariladi, tarkibida 0,5 mg BSJ ni tutadi, 0,025 mgli preparat 20 
dozani tashkil qiladi. Ishlatishdan oldin vaksinani natriy xlorning izotonik steril 
eritmasida suyultiriladi, yeritma vaksina bilan birga beriladi.
BSJ ni o‘tkazish muddatlari. Bola hayotining 2-5-kunlarida oladi. Revaksinasiyani 
7 va 14 yoshda klinik sog‘lom bolalarga, oldindan Mantu sinamasini, 2 TB da 
tozalagan tuberkulinni standart eritilgan holda (PPD-L), manfiy javob olingandagina 
o‘tkaziladi. 
Emlash dozasi — 0,025 mg BSJ vaksinasi 0,1 ml hamma yoshga xos natriya xlorid 
izotonik eritmasi bilan.
Yuborish usuli. BSJ vaksinasini qat’iyan teri ichiga, chap elkaning yuqori va o‘rta 
uchlik qismini tashqi yuzasiga yuboriladi.
Emlashdan hosil bo‘lgan reaksiya haqidagi ma’lumot. Emlashni to‘g‘ri 
o‘tkazganda oq rangda papula hosil bo‘ladi, emlashdan so‘ng 15-20 kunlarda 
yo‘qoladi. 4—6 haftadan so‘ng BSJ vaksinasi yuborilgan joyda maxsus emlashga xos 
jarayon kuzatiladi papula ko‘rinishida keyinchalik pustulizasiyaga aylanadi, chaqa va 
2 - 10 mm chandiq hosil bo‘lishi bilan tugaydi. Mahalliy jarayonning kechuvi 2 - 3 oy 
davom etadi, ba’zi hollarda uzoqroq ham. Emlash joyidagi chandiq 90 — 95% 
emlangan bolalarda paydo bo‘ladi.
Ortirilgan imunitetning asosiy ko‘rsatkichi va uning turg‘unligini musbat 
tuberkulin sinamasidan (emlashdan so‘ngi allergiya) 94—100% bolalarda rivojlanadi.
Asoratlar. BSJ vaksinasi kam asoratlidair. Asoratlar odatda mahalliy xarakterga 
ega va kam uchraydi (0,003—0,02%). Asoratlar bo‘lib hisoblanadi: 1) teri osti sovuq 
abssesslar, emlashni noto‘g‘ri o‘tkazilganida vaksina teri ostiga tushishi natijasidan 
kelib chiqadi, ularning diametri 10 mm va kattaroq bo‘lishi mumkin; 2) emlashdan 


keyingi limfoadenitlar, normal mahalliy emlash reaksiyasidan keyin paydo bo‘lishi 
mumkin, ham teri osti sovuq abssess bilan ham birga uchrashi mumkin. Ba’zi 
hollarda limfa tugunlarinig yumshashi kuzatiladi, teshiklar hosil bo‘ladi 
(abssedirlangan limfoadenit); 3) keloid chandiqlar ko‘pincha BSJ revaksinasiyasini 
olgan qizlarda pubertat oldi va pubertat davrida, hamda emlash emlanadigan joy 
(yelka bo‘g‘imi qismi) dan yuqorida joylashganida kelib chiqadi; 4) BSJ-
infeksiyasining tarqalib ketishi (generalizasiyasi). Juda kam hollarda uchraydi (yangi 
tug‘ilgan chaqaloqlarda 1 000 000 emlanganlardan 4 nafarida, katta yoshdagilarda 
1 000 000 emlanganlardan 3,5 nafarida uchraydi). Ko‘p mualliflarning fikricha, bu 
og‘ir asorat asosan immuntanqis holati (septik granulematoz kasalligi) bo‘lgan 
bolalarda uchraydi. Asorat turli a’zolarning jarohatlanishi bilan kechadigan umumiy 
og‘ir kasallik shaklida o‘tadi va xilma — xil klinik belgilarga ega. Patalogoanatomik 
tekshirilganda miliar do‘mboqlar va nekroz o‘choqlarini topish mumkin, ularning 
tarkibidan BSJ mikobakteriyasini ajratib olish mumkin.
Davolash. Silga qarshi dorilar: ftivazid (30—40 mg/kg kuniga), tubazid (10—20 
mg/kg kuniga), PASK (15—20 mg/kg kuniga), streptomisin (15—20 mg/kg kuniga 
m/o). davolash kursi 3—6 oy. Tarqalgan BSJ-infeksiyada, abssedirlangan 
limfadenitda buyuriladi. Kazeoz-abssedirlangan limfadenitlarda va kazeoz 
abssesslarda infiltratning va limfatik tugunlarning yumshashida mahalliy davo 
buyuriladi. Shpris bilan kazeoz massa so‘rib olinadi va 5 % salyuzid eritmasi yoki 
streptomisin (5—6 punksiya 3—7 kun davomida). Yara va teshiklar paydo bo‘lganida 
mahalliy davoga 10 % ftivazid malhami yoki 20 % PASK malhami yoki ftivazidli 
kukun, PASK buyuriladi.
Davolashdan samara kuzatilmasa jarroxlik yo‘li bilan davolash buyuriladi — 
abssess bo‘shlig‘i qirib tashlanadi, granulyasiyalar olib tashlanadi va limfatik tugun 
yoki abssessning kapsulasi buziladi yoki umuman olib tashlanadi.
Keloid chandiqlarni olib tashlash tavsiya qilinmaydi. Katta va o‘suvchi keloidlarni 
0,5 gidrokortizon emulsiyasi eritmasini 0,5% novokain eritmasi bilan suyultirilib 


haftasiga 1 marta buyuriladi. Keliodni gidrokortizonli bilan shpris bilan sanchishda 
lidaza (32 —64 TB) bilan birga olib borish mumkin.
Revaksinasiyaga qarshi ko‘rsatmalar: 1) o‘tkir infeksion va noinfeksion 
kasalliklar, surunkali kasallikning qayta xuruji. Bunday xollarda emlash tuzalgandan 
(remissiyadan)so‘ng bir oydan so‘ng o‘tkaziladi; 2) immuntanqis holatlar; qonnig 
yomon sifatli kasalliklari va o‘smalar, immunodepressantlar va nur davosi 
buyurilganida. Bu xollarda davolash tugaganidan 12 oydan so‘ng emlash o‘tkaziladi; 
3) sil bilan kasallanganlar va silni o‘tkazgan bemorlar; 4) 2 TB PPD-L bilan 
o‘tkazilgan Mantu reaksiyasining musbat yoki mavhum bo‘lishi; 5) BSJni oldingi 
emlashlarida asoratlar (keloid chandiqlar, limfadenitlar va hokazo.) kuzatilgan bo‘lsa.

Download 404.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling