Saqlash vazirligi


Download 404.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet24/50
Sana17.06.2023
Hajmi404.38 Kb.
#1536190
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   50
Bog'liq
Poliklinika ishini boshqarish

Emlashni rejalashtirish 
Emlashni rejalashtirishda asos qilib xizmat ko‘rsatilayotgan aholi soni, hududda 
istikomat qilayotgan aholi soni va o‘tgan yildagi emlanmagan bolalar soni olinadi. 
Aholi sonini aniqlash maqsadida bir yilda ikki marta (bahor va kuzda) aholini ro‘yxati 
tuziladi. Profilaktik emlashni rejalashtirishdan avval qilinishi shart: 
1. Avvaldan aholi ro‘yxatini tuzish (oktabr).


2. Ro’yxatga olishni quyidagi hujjatlar bilan taqqoslab tekshirish lozim: 
— Bolalar va o‘smirlarga xizmat ko‘rsatilayotgan DPM dagi 063/u va 112/u 
formalar bilan;
— Kattalarga xizmat ko‘rsatayotgan DPM f 064/u jurnali bilan
— Yoshiga mosligini (DPM bo‘yicha sonlarga qarab).
3. Infeksiyalarga (qizamiq, bo‘g‘ma, ko‘kyo‘tal, qoqshol, poliomiyelit) qarshi 
emlashni tahlil qilish kerak.
Emlanadigan aholini aniqlab olgandan so‘ng reja tuzishga kirishish lozim. Emlash 
rejasi 063/u,112/u,026/u shakllar asosida olib boriladi va mahalla shifokori hamda 
kartotekachi hamshira; maktabgacha va maktab muassasalari shifokori hamda 
hamshirasi zimmasiga javobgarlik yuklanadi. Silga qarshi emlashni rejalashtirish 
TDM bosh shifokorlari, hususan tug‘ruqxonalar, poliklinikalar, silga qarshi 
dispanserlar zimmasiga yuklanadi. Reja shahar va viloyat sanepidstansiyalar bilan 
kelishilgandan so‘ng sog‘liqni saqlash tashkilotlari, Tosh. shahar hokimi va 
Qoraqolpog‘iston RSSV tomonidan tasdiqlanadi va umumlashtirish hamda emlash 
materiallariga qancha iste’mol qilinishini aniqlash uchun Respublika SESiga 
yuboriladi. 
Emlashni olib borish 
1. Prof emlashni tashkillashtirish va olib borish javobgarligi URSSV va joylardagi 
davolash-profilaktik xizmat ko‘rsatish rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.
2. Infeksion kasalliklarga qarshi emlash olib borilayotgan har bir tibbiy muassasada 
rahbar buyrig‘iga binoan tibbiy xodimlar ichidan immunizasiya bo‘yicha maxsus 
tayyorgarlikdan o‘tgan va maxsus sertifikatga ega bo‘lgan xodim immunizasiya 
uchun javobgar shaxs (KID) tanlab olinadi.



Download 404.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling