Saqlash vazirligi


Download 404.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet32/50
Sana17.06.2023
Hajmi404.38 Kb.
#1536190
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   50
Bog'liq
Poliklinika ishini boshqarish

5. Tepkiga qarshi emlash. Tepki oldini olish maqsadida tepkining tirik 
vaksinasini ishlatamiz.
Preparat haqida ma’lumot. Tepkining tirik vaksinasini yapon bedana yoki «fravn» 
turidagi bedanalar hujayra kulturasida o‘stiriladigan, tepki virusini attenuirlangan 
shtammi L-3 tayyorlanadi. Vaksina ampulada (flakonda) quruq modda holida 
chiqariladi. Har bir emlash dozasi o‘zida attenuirlangan tepki virusidan tashqari, 
monosulfat monomisin yoki kanamisinni 25 TB da saqlaydi. Suyultirilgan vaksina 
tiniq yoki yengil opalessirlangan och pushti rangda yoki rangsiz suyuqlikdir. Ampula 
o‘zida 1 dan 5 tagacha dozani tutadi.


Emlash o‘tkaziladigan muddati. Bolalarga hayotining 16 oyida (1 yoshu 4 
oyligida) emlanadi.
Yuborish usuli. Vaksinani bir marta 0,5 ml hajmda kurak osti yoki yelkaning tashqi 
qismiga t/ostiga yuboriladi.
Emlash reaksiyasining xarakteri. Ko‘pchilik bolalarda emlash prosessi hech 
qanday belgilarsiz kechadi. Emlanganlardan ba’zilarida 4 kundan to 12 kungacha 1 —
2 kun davom etuvchi tana haroratining ko‘tarilishi va kataral belgilar kuzatilishi 
mumkin. Kam xollarda xuddi shu davrda qisqa muddatli (2 — 3 kun) quloq oldi 
bezlarining qisman kattalashuvi kuzatiladi. Mahalliy reaksiyalar kuzatilmaydi.
Asoratlar. Asoratlar juda kam hollarda uchraydi. Ularga tana haroratining yuqori 
bo‘lishini, qorindagi og‘riqni, qusishni, febril tutqanoqlarni; allergiyaga moil 
bolalarda tanada toshma kabi allergik jarayonlar kuzatilishi mumkin.
Qat’iyan juda kam hollarda emlanganlar orasida yaxshi sifatli tarzda kechuvchi 
seroz meningit rivojlanishi mumkin. Seroz meningitning har bir turini boshqa 
etiologiyali seroz meningitlar dif. diagnoz o‘tkazish lozim.
Davolash. Simptomatik.
Emlashga qarshi ko‘rsatmalar: 1) o‘tkir infeksion va noinfeksion kasalliklar. 
Bunday holatlarda emlashni bola tuzalganidan 1 oy keyin o‘tkazamiz; 2) surunkali 
kasalliklarni qayta huruji. Remissiya boshlanganidan 1—3 oydan so‘ng bola 
emlanadi; 3) uzoq davom etuvchi va og‘ir kasalliklar (virusli gepatitlar, sil, 
biriktiruvchi to‘qima diffuz kasalliklari, asab tizimi kasalliklari, pankreatit va 
boshqalar). Bola tuzalganidan keyin 6—12 oydan so‘ng emlaniladi; 4) immuntanqis 
holatlar; qonning yomon sifatli kasalliklari, o‘smalar, immunodepressantlar va nur 
davosi buyurilganida. Bu hollarda davolash tugaganidan 12 oydan so‘ng emlash 
o‘tkaziladi; 5) tepki vaksinasiga nisbatan bo‘lgan og‘ir umumiy va mahalliy allergik 
reaksiyalar; aminoglikozidlar va bedana tuxumiga bo‘lgan og‘ir allergik reaksiyalar.

Download 404.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling