Saqlash vazirligi


Vaksinalarni saqlash sharoiti va tashish


Download 404.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet35/50
Sana17.06.2023
Hajmi404.38 Kb.
#1536190
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   50
Bog'liq
Poliklinika ishini boshqarish

Vaksinalarni saqlash sharoiti va tashish 
Ilatish uchun beriladigan Instruksiyaga qarab vaksinalarni saqlash sharoiti va 
tashish qoidalariga, preparatlarning tarkibini saqlab qolish uchun rioya qilish shart. 
Tashish vaqtida, taxlashda va saqlashda harorat rejimiga rioya qilish alohida o‘ringa 
ega. Yuqori haroratda saqlash tirik bakterial va virusli vaksinalarning hujayralarini 
hayotiy siklini kamayishiga, hatto umuman yo‘qolib ketishiga olib keladi, shu bilan 
birga sorblangan preparatlardagi anatoksinlarni desorbsiyaga uchrashi kuzatilishi 
mumkin. Bu esa preparat samaradorligini pasaytiradi, hattoki temperaturaning kerakli 
darajada ushlanmaganligi samaradorlikni umuman kuzatilmaslikka olib keladi. Lekin 
bu ularning reaktogenligini oshirishi ham mumkin. Sorblangan preparatlarni muzlatib 
qo‘yish esa, qonga tez o‘tish bilan kechadi, bu esa antitelolarning yuqori titri bo‘lgan 
shaxslarda immunokompleks reaksiyalar rivojlanishiga olib keladi.
 
 


Sovuq zanjir 
— 
Bu tinmasdan ishlaydigan tizim, vaksinani ishlab chiqaruvchi dan to 
muassasalar qo‘llanishgacha boradigan hamma bosqichlarida vaksinani saqlashda va 
tashishda optimal harorat rejimini ushlab beruvchidir. Optimal harorat esa 2-8o S 
chegaralarida, uzoq muddat saqlanuvchi tirik virusli (qizamiq, tepki, qizilcha, 
poliomiyelit) vaksinalarga esa optimal harorat manfiy 20o S dir. Adsorblangan 
preparatlarni (ADS, AKDS, hamda tirik vaksinalarning erituvchilarini) muzlatish 
qat’iyan man etiladi.
Sovuq zanjirning hamma bosqichlarida vaksinaning kelgani va keyingi ketadigan 
yo‘llari qat’iy belgilab borilishi lozim, bunda ularning soni, seriya nomeri, ishlab 
chiqarilgan formasi, saqlash muddati, va keltirilgan vaqti, javobgar shaxsning I.Sh.O. 
yozilib borilishi lozim. U yoki bu preparat saqlanishi haqida yozib boriladigan 
jurnalda tez-tez (kuniga 2 martadan kam bo‘lishi kerak emas) harorat o‘lchanib, 
jurnalga belgilab boriladi. H arorati 2-8 o S bo‘lgan joyda vaksinalarni,anatoksinlarni, 
immunoglobulinlarni va geterologik zardoblarni saqlash lozim. Agar tirik vaksinalarni 
faqatgina manfiy 20o Sda muzlatib saqlangan bo‘lsa, bu holda ularni tashish vaqtida 
2-8o S darajada vaqtinchalik (48 soatdan oshmaslik kerak) ushlab turish mumkin.
Erituvchi suyuqlikni ham muzlatgichda (lekin muzxonada emas) saqlash lozim, 
vaksinani suyultirganda haroratini ko‘tarib yubormaslik uchun.
Birlamchi tizim muassasalarida saqlash davomiyligi 1 oydan oshmasligi kerak. U 
yerda faqatgina vaksinalarni saqlash uchun mo‘ljallangan muzlatgich bo‘lishi lozim. 
Muzlatgichning eshiklarini ko‘p ochishdan saqlanish lozim, chunki 30 daqiqaning 
ichida muzlatgich ichidagi havo 8°S ga isib ketadi va uning oldingi darajasiga tushishi 
uchun yarim soatga yaqin vaqt kerak bo‘ladi. Shu sababli ham vaksinalarni 
muzlatgich eshigida saqlash tavsiya qilinmaydi.
Sovuq zanjirga javobgar shaxs, vaksinalarning kelganligi va ishlatilganligi haqida
saqlash haroratini belgilab borgan holda (termometr muzlatgichning o‘rta qavatida 


o‘rnatiladi) va termoindikatorlar ko‘rsatmasini jiddiy holda ro‘yxatga olib borishi 
kerak. 

Download 404.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling