Saqlash vazirligi


Qutirish kasalligining shoshilinch profilaktikasi


Download 404.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet34/50
Sana17.06.2023
Hajmi404.38 Kb.
#1536190
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   50
Bog'liq
Poliklinika ishini boshqarish

Qutirish kasalligining shoshilinch profilaktikasi.  
Qutirish kasalligining shoshilinch profilaktikasini anaktivlashtirilgan quruq 
vaksinasining antirabik kulturasi (rabivak) bilan o‘tkaziladi. O‘rta og‘ir va og‘ir 
jarohatlanishlarda vaksina bilan birga geterogen, giperimmun ot zardobidan 
olingan — antirabik immunoglobulin yuboriladi.
Davo-profilaktik emlashni hayvonlar tomonidan tishlanganda, jarohatlanganda
so‘laklari orqali qutirish kasalligi virusi bilan zararlangan (zararlanishi mumkin 
bo‘lgan) shaxslarga, hayvon tomonidan yetkazilgan jarohat darajasiga va hayvon 
salomatligining axvoliga (yoki hayvon haqidagi ma’lumotning yo‘qligida) maxsus 
ishlab chiqarilgan sxema bo‘yicha emlaniladilar.
Emlashning to‘liq kursi quyidagilardan iborat: oldindan suyultirilgan vaksinani 
qorin sohasining terisini ostiga 3 mldan 12 kun davomida yuboriladi. Asosiy kurs 
tugaganidan so‘ng 10-, 20- 35-kunlarida revaksinasiya o‘tkaziladi. Og‘ir holatlarda 
(og‘ir jaroxatlarda va kasalliklarda yoki hayvonning o‘limida) vaksinani kiritishdan 
24 soat oldin m/o antirabik imunoglobulin yuboriladi (organizmning oqsilga nisbatan 
sezuvchanligini aniqlash maqsadida, zardob sifatida yuboriladi).


2 va undan ortiq yillar davomida qutirish kasalligidan halos bo‘lgan hududlarda, 
kasalligiga tashxis qo‘yilmagan uy hayvonlari tomonidan jarohat yetkazilgan bo‘lsa, 
immunoglobulin yuborilmaydi, 3 ml dan 12 kun davomida emlanib turiladi.
Xuddi shu hududlarda yovvoyi hayvonlar tomonidan jaroxat etkazilsa, antirabik 
vaksinani 3 ml dan 12 kun davomida yuboriladi va revaksinasiyani 10-, 20-, 25-
kunlari asosiy kurs tugagandan keyin o‘tkaziladi.
Antirabik vaksina va immunoglobulinni yuborish vaqtida uchraydigan reaksiyalar. 
Vaksina va immunoglobulinni yuborgandan keyin mahalliy jarayon qizarish, shish, va 
umumiy — tana haroratining ko‘tarilishi kelib chiqishi mumkin. Allergik 
reaksiyalarni kelib chiqishi kuzatilishi mumkin: har xil toshmalar, Kvinke shishi, 
zardob kasalligi sindromi.
Davolash. Simptomatik.
Endemik va enzootik hududlarda yashovchi bolalarni, epidemiologik ko‘rsatma 
bo‘yicha. 

Download 404.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling