Saqlash vazirligi


Organizmda o‘zgaruvchan qarshiligi bo‘lgan bolalarni emlash


Download 404.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet33/50
Sana17.06.2023
Hajmi404.38 Kb.
#1536190
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   50
Bog'liq
Poliklinika ishini boshqarish

Organizmda o‘zgaruvchan qarshiligi bo‘lgan bolalarni emlash. Organizmida 
allergik qarshiligi o‘zgargan bolalarni emlaganda quyidagilarga ahamiyat berish 


lozim: bolaning allergologik anamnezini o‘rganish va optimal vaqtni aniqlash, 
allergik kasalligining eng kam huruj qiladigan davrini tanlash lozim; emlash davrida 
gipo- yoki allergiyani umuman chaqirmaydigan parxez qilish lozim, yangi turdagi 
ovqatlardan chetlanish lozim; antigistamin dori vositalaridan emlashdan 2—3 kun 
oldin va emlangandan keyin 5—10 kun davomida bolalarni zaditen fonida emlanadi, 
respirator allergiyasi bor bolalarda — eufillin fonida emlanadi.
Og‘ir nevrologik anamneziga ega bolalarni emlash juda javobgarlikni talab qiladi 
va individual qarashni talab qiladi. Ularning ko‘pchiligini AKDS vaksinasi bilan 
emas, faqatgina ADS-M-anatoksini bilan va barcha boshqa vaksinalar bilan 
emlanadilar. Sedativ va tutqanoqqa qarshi preparatlar fonida ularni emlash odatiy 
tusga aylangan. Anamnezida febril tutqanoqlar bo‘lib, emlangandan so‘ng tana 
haroratining ko‘tarilishi kuzatilsa isitma tushiruvchi preparatlar (parasetamol), 
sovutishning fizik usullarini buyurish lozim. 
Qoqsholning shoshilinch spesifik profilaktikasi.  
Qoqsholning shoshilinch profilaktikasini aktiv holda-passivusul bilan quyidagi 
hollarda o‘tkaziladi:
· teri qatlami va shilliq qatlamlarining butunligi buzilishi bilan kechadigan 
travmalarda 
· II, III i IV darajadagi sovuq qotish va kuyishlarda; 
· Tibbiy muassasalardan tashqari joylarda tug‘ruq yoki abortlar kuzatilgan bo‘lsa;
· To‘qimaning turli xil gangrenasi yoki nekrozida, abssesslarda; 
· hayvonlar tishlaganida;
· Oshqozon — ichak tizimining teshilgan jaroxatlanishlarida.
Qoqsholning shoshilinch profilaktikasiga AS-anatoksinni ishlatamiz (ADS-M-
anatoksinni ham ishlatish mumkin), insonning qoqsholga qarshi immunoglobulini 
(IqqI); IqqI yo‘q bo‘lsa, otning, tozalangan, konsentirlangan, suyuq qoqsholga qarshi 
zardobi (qqZ) ishlatiladi.


AS-anatoksinni t/ostiga kurak osti sohasiga yuboriladi. IqqI ni 250 ME dozasida 
m/o sonning yuqori tashqi kvadratiga yuboriladi. qqZ ni t/ostiga 3000 ME dozasida 
yuboriladi. qqZ yuborishdan oldin begona oqsilga qarshi sezuvchanlikni, t/ichiga 
zardobni 1:100 marta, (suyultiriladigan ampula qizil rang bilan 
belgilangan),korobkaning ichida instruksiyasi bilan berilgan suyultirilgan holda 
yuborib tekshiriladi.
Qoqsholning shoshilinch profilaktikasini o‘tkazish uchun profilaktik vositalarni 
tanlash sxemasi. Agar bola, hujjatga qaraganda, jadval bo‘yicha ko‘rsatilgan hamma 
emlashlarni to‘liq kursini olgan bo‘lsa, oxirgi emlash vaqtiga bog‘liq bo‘lmagan holda 
oldinda keltirilgan dorilar qo‘llanilmaydi.
Agar revaksinasiya o‘tkazilmagan bo‘lsa, o‘tgan vaqtga qaramay 0,5 ml AS-
anatoksin yuboriladi.
Ikkita emlash olganiga 5 yildan oshmagan bo‘lsa, 0,5 ml AS-anatoksin yuboriladi, 
5 yildan oshgan bo‘lsa — 1 ml AS-anatoksin yuboriladi, 250 ME IqqI va 3000 ME 
qqZ.
Bola bittagina emlashni olganiga 2 yildan oshmagan bo‘lsa, 0,5 ml AS-anatoksin 
yuboriladi, agar 2 yildan oshgan bo‘lsa — 1 ml AS-anatoksin yuboriladi, 250 ME 
IqqI va 3000 ME qqZ.
Bola hayotining 5 oyigacha emlanmagan bo‘lsa 250 ME IqqI va 3000 ME qqZ 
yuboriladi.
5 oydan oshgan bo‘lsa AS-anatoksin, 250 ME IqqI va 3000 ME qqZ yuboriladi.
Bolaning emlashlarni olgani, hamda anamnezida emlashga qarshi ko‘rsatmalari 
haqidagi hujjatida ma’lumotlari yo‘q bo‘lsa, bu bolaga 0,5 ml AS-anatoksi va 
faqatgina zararlangan yaralarda — IqqI va qqZ yuboriladi.
Preparatlarni yuborganda kelib chiqadigan reaksiyalar. AS-anatoksin va ADS-
anatoksinni yuborganda mahalliy (qizarish,shish) va umumiy (tana haroratining 
ko‘tarilishi,umumiy holsizlik) kabi belgilar kuzatilishi mumkin. Bu hamma 
ko‘rinishlar 1 — 3 kunda o‘tib ketadi.


Qoqsholga qarshi zardob yuborilganida allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin: 
emlanayotgan vaqtda kelib chiqadigan, emlangandan keyin va birnecha soatdan keyin 
kelib chiqadigan; erta —emlangandan keyingi 2—6-kunlarda va uzoqlashgan — 
emlangandan 2-haftadan keyin va kech kelib chiqadigan reaksiyalar.
Bu reaksiyalar zardob kasalligining simptomokompleksi (tana haroratining 
ko‘tarilishi, terida xilma-xil toshmalarning paydo bo‘lishi, qichishish, bo‘g‘imlardagi 
og‘riq, limfatik tugunlarning shishi, jigar va taloqning kattalashuvi va bosh.) bo‘lib 
yuzaga chiqadi, ayrim hollarda — anafilaktik shok bo‘lib.
Anafilaktik shok kelib chiqishini nazarda tutgan holda har bir emlanganlarni 1 soat 
davomida kuzatish lozim. Asoratning birinchi belgisi yuzaga chiqishi bilanoq adekvat 
tibbiy yordamni ko‘rsatish lozim (Anafilaktik shok. Zardob kasalligiga qarang) 

Download 404.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling