Saqlash vazirligi


Download 404.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet31/50
Sana17.06.2023
Hajmi404.38 Kb.
#1536190
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   50
Bog'liq
Poliklinika ishini boshqarish

4. Qizamiqqa qarshi emlash. qizamiqni oldini olish maqsadida tirik qizamiqqa 
qarshi vaksinadan foydalaniladi (TqV).
Preparat haqida ma’lumot. qizamiqning tirik vaksinasi L-16 shtampli vaksinadan 
tayyorlanadi, yapon bedanalari embrion hujayra kulturasida o‘stirilgan. Vaksina 
ampula va flakonlarda 1—5 emlash dozasini tutadigan quruq modda shaklida 


chiqariladi. Albatta emlashdan oldin har bir ampula yoki flakonga beriladigan 
erituvchi suyuqlik bilan eritiladi. Suyultirilgan vaksina tiniq yoki engil 
opalessirlanagan pushti rangli yoki rangsiz ko‘rinishga ega.
Emlashni o‘tkazish muddatlari. qizamiqning tirik vaksinasi bilan 1 yoshdagi (12 
oy) bolalar emlaniladi. Revaksinasiyani maktabga borishdan oldin o‘tkaziladi.
Qizamiq bilan og‘rimagan va emlanmagan, 12 oydan katta bolalar va kattalar, 
qizamiq kasali bilan aloqada bo‘lganlar, qarshi ko‘rsatmalari bo‘lmasa qizmiqqa 
qarshi aloqadan keyingi 72 soat ichida emlanadilar.
Yuborish usuli. Vaksinani 0,5 ml hajmda t/ostiga kurak osti sohasiga yoki yelka 
sohasiga (yelkaning tashqi tomonidan yuqori va o‘rta uchlik chegarasiga). 0,1 ml 
hajmda ninasiz in’ektor yordamida t/orasiga yuborish ham mumkin. Suyultirilgan 
vaksinaning saqlash muddati 20 min. dan oshmasligi kerak.
Emlash reaksiyasining xarakteri. Ko‘pchilik bolalarda qizamiqqa qarshi 
emlanganda hech qanday klinik ko‘rinishlari yuzaga chiqmaydi. Ba’zi bolalarda 5—
6-kunidan to 18-ci kunigacha tana haroratining 37,5—38,5°S ko‘tarilishi, yo‘tal 
ko‘rinishida kataral belgilar, yuzaki kon’yunktivit, tumov kuzatilishi mumkin; ayrim 
hollarda och pushti rangda kam tarqalgan qizamiq toshmalari kuzatilishi mumkin. 
Emlash reaksiyasining ushlanib turishi 2—3 kundan oshmaydi; bu davrda bolaning 
ahvoli atrofdagilarga nisbatan yuqumli bo‘lmaydi.
Asoratlar. qizamiq vaksinasi kam asoratli, emlanganlar orasida asoratlar juda kam 
uchraydi. Allergiyaga moyilligi bo‘lgan bolalarda, emlashdan keyingi birinchi 
kunlardan boshlab, emlashdan keyingi avj olgan jarayon davrida ham terida polimorf 
allergik toshmalar kuzatiladi, Kvinke shishi, limfoadenopatiyalar, bo‘g‘imlarda 
og‘riq, kam hollarda — zardob kasalligi sindromi, bo‘g‘ma sindrom, gemorragik 
vaskulit turidek gemorragik sindrom kuzatiladi.
Emlashga nisbatan paydo bo‘lgan umumiy jarayonlar yaqqol yuzaga chiqqanida 
tana harorati 39—40°S darajagacha ko‘tariladi, intoksikasiya belgilari paydo bo‘ladi, 
ayrim hollarda nevrologik belgilar ham namoyon bo‘ladi. Tana harorati ko‘tarilganida 


tutqanoq sindromi bilan kechadigan, ensefalitichk reaksiya kelib chiqishi mumkin. 
Oqibati yaxshi, qoldiq asoratlari deyarli kuzatilmaydi.
Ko‘p hollarda emlash jarayoniga o‘RVI qo‘shilib ketishi mumkin, va zotiljam 
bilan asoratlanishi mumkin.
Davolash. Simptomatik.
Emlashga qarshi ko‘rsatmalar: 1) o‘tkir infeksion va noinfeksion kasalliklar; 
surunkali kasallikning qayta huruji. Bunday xollarda bola tuzalgandan (remissiyadan) 
so‘ng 1 oy keyin emlanadi. Ilova: oilada, bolalar muassasida va hokazo infeksion 
kasal bilan kontaktda bo‘lgan bo‘lsa, karantin tugagandan keyin emlash o‘tkaziladi; 
respirator kasalliklarning yengil afebril turlarida (tumov, tomoq shilliq qavatining 
yengil giperemiyasi va bosh.) da emlash 2 haftadan so‘ng o‘tkaziladi; yengil 
respirator kasalliklardan keyingi rekonvalistentlari epidemiologik ko‘rsatma bo‘yicha 
emlanadilar; anamnezida emlashdan keyin tana harorati ko‘tarilishi bilan birga febril 
tutqanoqlar kuzatilsa antipiretiklarni buyurishga ko‘rsatmadir; 2) immuntanqis 
holatlar, qonning yomon sifatli kasalliklari, o‘smalar, immunodepressantlar va nur 
davosi buyurilganida. Bu hollarda davolash tugaganidan 12 oydan so‘ng emlash 
o‘tkaziladi; 3) Aminoglikozidlarga(monomisin, kanamisin va bosh.) ga va bedana 
tuxumiga bo‘lgan og‘ir allergik reaksiyalari bor bolalar, immunoglobulinni yoki 
antitelo saqlovchi vositalarni olishdan 2 hafta oldin yoki 3 oy keyin emlaniladilar.

Download 404.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling