Saqlash vazirligi


Ushbu yoshga tegishli tana vazni


Download 404.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet39/50
Sana17.06.2023
Hajmi404.38 Kb.
#1536190
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   50
Bog'liq
Poliklinika ishini boshqarish

 Ushbu yoshga tegishli tana vazni 
Ushbu yoshga tegishli tana vazni ko‘rsatkichi ushbu bo‘y uzunligi uchun tana 
vaznini ham, ushbu yosh uchun bo‘y uzunligini ham o‘z ichiga oladi. Oziq-ovqat 
statusi ko‘rsatkichi kabi bu ko‘rsatkich ham o‘z kamchiliklariga ega. Ushbu yoshga 
nisbatan tana vazni kam bo‘lgan bola o‘sishda orqada qolishi mumkin va ushbu bo‘y 
uzunligini (tana tuzilishi xususiyatlari) uchun nisbatan normal vazniga ega bo‘lishi 
mumkin. Ushbu yosh uchun tana vaznining kam bo‘lishi (kam tana vazni) 
ovqatlanishi yetishmovchiligidagi birinchi bosqich hisoblanadi, u esa aholini, hususan 
bolalar alimentar sog‘lig‘ining umumiy holatini aks ettiradi. Ushbu yosh uchun tana 
vazni kam bo‘lishi yoki tana vazni oshmaganligi, yoki tana vazni yo‘qotilganligi 
natijasi hisoblanadi. Kam vaznlilik tezda paydo bo‘lishi. Tezda to‘xtashi mumkin va 


o‘tkir va yoki surunkali ovqatlanishdagi yetishmovchilik, kasallikdan dalolat beradi 
(noto‘g‘ri ovqatlanishi, diareya, O‘RI, qizamiq va boshqalar).
Qayd etish lozimki, boshqa ko‘rsaktchilardan oldin tana vaznining ortishi 
ovqatlantirishning buzilishida o‘zgaradi, o‘sishning to‘xtashi va sekinlashuvi uchun 
esa ancha ko‘p vaqt talab etiladi. Shu boisdan vazni monitoringi ayniqsa go‘daklikda 
katta ahamiyat kasb etadi. 
Ushbu bo‘y uzunligi uchun tana vazni 
Ilk yoshdagi bolalar ovqatlanishi holatining asosiy ko‘rsatkichlaridan, biri ushbu 
bo‘y uzunligi uchun tana vaznining kam bo‘lishi ozib ketish hisoblanadi. Ushbu 
ko‘rsatkich aholi ovqatlanishining joriy holatini ko‘rsatadi. Ushbu bo‘y uzunligi 
uchun tana vaznining kam bo‘lishi tana vaznida o‘sish yo‘qligidan, yoki tana vazni 
yo‘qotilganligi natijasi hisoblanadi. Kam vaznlilik tezda paydo bo‘lishi, tezda 
to‘xtashi mumkin va ovqatlanishdagi o‘tkir yetishmovchilikdan dalolat beradi. Ushbu 
bo‘y uzunligi (ushbu gavda uzunligi) uchun tana vazni ko‘rsatkichi ushbu yoki tana 
vazniga qaraganda xavfning boshqa ko‘rsatkichlaridan ko‘ra aniqroq ko‘rsatkich 
hisoblanadi.
Shu sababli, alimentar davolash va reabilitasiyaga muhtoj bolalarni aniqlashda bu 
ko‘rsatkich muhim ahamiyatga ega.
Ushbu ko‘rsatkich vazn-bo‘y uzunligi indeksi (VBI) hisoblanadi va quyidagi 
formula bo‘yicha hisoblab chiqariladi: 
VBI =
Tana vazni-yosh indeksi yoki vazn-bo‘y uzunligi indeksi (VBI) tana vaznining 
(kilogrammalarda yotgan bolalar) yoki tik turgan holatdagi bo‘y uzunligiga (kvadrat 
metrlarda) nisbatidir.


 Diagrammada 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarning yoshga nisbatan VBI egri 
chiziqlari keltirilgan VBI Ushbu yosh uchun vazn va bo‘y uzunligidan farqli ravishda 
quyidagi standart chetga og‘ishlar bo‘yicha baholanadi: -3SChO, -2SChO, -1SChO, O 
(mediana), +1SChO, 2SChO, +3SChO.
Agar bola ko‘rsatkichi — 3SChO egri chizig‘idan tashqarida bo‘lsa, bu bola 
nihoyatda ozg‘in sanaladi. Bunday bolaga zudlik (shoshilinch) yordam talab etiladi.
Ushbu holda ovqatlanish holati og‘ir oqsil-energetik ovqatlanish yetishmovchiligi 
(OOEOE) sifatida baholanadi.
Agar bolaning ko‘rsatkichi — 3SChO va — «SChO oralig‘ida bo‘lsa, ushbu bola 
juda ozg‘in hisoblanadi. Bu holat o‘rtacha og‘irlikdagi OOEOE deb baholanadi, bu 
bolaga tez yordam berish zarur. 
Agar bolaning ko‘rsatkichi -2SChO va -1SChO oralig‘ida bo‘lsa, bu bola ozg‘in 
deb hisoblanadi. Bu holat doimiy kuzatuvda bo‘lishi lozim. Bu holat yengil darajadagi 
OOEOE deb hisoblanadi.
-1SChO va + 1SChO gacha bo‘lgan oraliqdagi VBI ko‘rsatkichlari me’yoriy 
ko‘rsatkichlarga mos keladi.
Agar ko‘rsatkichlar + 1SChO va + 2SChO oralig‘ida bo‘lsa, bolani ovqatlantirish 
holati o‘rtacha yuqori, + 2SChO va +3SChO oralig‘ida bo‘lsa — yuqori +3SChO dan 
yuqori bo‘lsa semizlik deb baholanadi. 

Download 404.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling