boshqa vrachlar takroriy ko‘rikdan o‘tkazadilar antropometriya o‘tkaziladi, asosiy
klinik tahlillar qilinadi, o‘tkazilgan davolashning samaradorligi va bola sog‘lig‘ining
holati, uni maktabga kirishga funksional tayyorligi baholanadi. Bolani
kuzatish
natijalar sog‘lig‘i haqida xulosalar va tavsiyalar bolaning rivojlanish tarixiga va tibbiy
kartaga yozib qo‘yiladi, ular o‘quv yili boshlanishdan oldin maktabga topshiriladi.
Bolani maktabga kirishidan funksional yetukligini baholash.
Maktabga kirishiga yetilish — bu
ularni jismoniy, ijtimoiy,
psixik rivojlanishining
shunday darajaga yetishini, bunday holatda ular sistematik o‘qitishni
va birinchi
sinfda tarbiyalanishini o‘ziga tez oladigan bo‘ladi. Shu zo‘riqish holatiga tayyor
bo‘ladilar.
Maktabga tayyorgarlik
—
jismoniy, mtivatsion, aqloqiy,
aqliy qobiliyatini
tayyorliklardan tashkil topadi. Ko‘pchilik bolalarni maktabga funksional
yetilmaganidan, o‘quv dasturlarining talabalarini bajara olmay sog‘lig‘ining
holati
yomonlashadi.
Bolalarni maktabga kirishini funksional yetikligini aniqlash uchun psixofiziologik
tekshirish.
Bolalarni maktabga kirishini funksional tayyorgarligini aniqlash uchun
hamma
bolalarda quyidagi mezonlar bo‘yicha psixofiziologik tekshirishlar o‘tkaziladi.
1. Kerna-Yirasik sinamasi.
2. Tovushni talaffuz qilish xarakteri.
3. So‘zli assosiativ eksperiment.
4. Motometrik sinamasi.
Kerna-Yirasik sinamasi 3 vazifadan iborat:
1. Erkakni rasmini chizish.
2. 3 so‘zdan iborat qisqa jumlani nusxasini ko‘chirish.
3. Nuqtalar guruhini nusxasini ko‘chirish.
Do'stlaringiz bilan baham: