nevrapotolog mutaxassis nazoratida bo‘lib kasallik avj olyaptimi yo‘qmi tekshirish
lozim
4. Tirik virusli vaksinalarni qo‘llashga qarshi ko‘rsatmalar.
(qizamiq,parotit,poliomiyelit, grippga qarshi) vaksinalarga qarshi ko‘rsatmlar
quyidagilar:
a) Tug‘ma immun tanqislik xolatlari (kobminasiyali immun tanqislik,
agammaglobulinemiya eki gipogammaglobulinemiya)
b) Dori immunosupressiyasi:
— katta dozalarda kortikosteidlar bilan davo olgan bolalar:
Kortikosteroidlar —
mahalliy,bir me’yorda ushlab turuvchi va qisqa muddatli
kurslar (2 hafta davomida 1mg/kg prednizolon yoki 1hafta davomida 2 mg/kg
prednizolon)vaksinasiya uchun qarshi ko‘rsatma bo‘la olmaydi, agar uzoq muddatli
gormon terapiya olib borilgan bo‘lsa, vaksinasiya kurs tugagandan so‘ng 3 oy o‘tgach
olib
boriladi;
— antimetobolitlar, sitostatiklar, leykoz, limfogranulomatoz yoki boshqa o‘sma
kasalliklar tufayli ko‘p dovolangan bolalar muolaja tugagandan so‘ng 6 oy o‘tgach
emlanadi;
v) Homiladorlik. g) OIV bilan zararlangan shaxslar alohida chizma bo‘yicha.
5. Allergik kasalliklari bor bolalar. Bronxial astma,
allergik dermatoz va
ekzemalar (poliomiyelit vaksinasidan tashqari) bilan og‘rigan bolalarga emlash
kasallikning remissiya davri, zarur bo‘lganda antigistamin dori vositalari fonida (yoki
kunduzgi shifoxona nazoratida) o‘tkaziladi.
6. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar.
1. BSJ va VGV vaksinasiga vaqtincha qarshi ko‘rsatma 1800 g gacha bo‘lgan
chala
tug‘ilgan bolalardir.
2. Agar chaqaloqlar biron kasalligi sababli tug‘ilgandan so‘ng dastlabki kunlarida
emlanmagan bo‘lsa, u holda «Chaqaloq patologiyasi» bo‘limidan chiqishdan oldin
emlanishi kerak.
3. Onasi faol
sil bilan kasallangan bolalar, onasidan izolyatsiya qilinadi, 2 oyligida
BSJ qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: