Saqlash vazirligi


Download 404.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/50
Sana17.06.2023
Hajmi404.38 Kb.
#1536190
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   50
Bog'liq
Poliklinika ishini boshqarish

Maslahat turlari 
Maslahat olib borish direktiv va nodirektiv bo‘ladi. Direktiv konsultatsiya olib 
borishda shifokor bemorga muammoning tayyor yechimini beradi, nodirektiv 
maslahatda esa shifokor bemorga muammoning mohiyatiga tushunib yetishiga va 
to‘g‘ri yo‘l tanlashiga yordam beradi. Shifokor vaziyatga qarab to‘g‘ri bo‘lgan 
maslahat usulini tanlashi lozim. 
Maslahat olib borish tibbiy xizmat ko‘rsatishni mustaqil turi bo‘lib, u 
quydagilarni talab qiladi: 
Ё Shifokor va bemorning hamkorligini
Ё Bemorlarni to‘g‘ri yo‘l tutishiga o‘rgatishni
Ё Bemorni o‘z bilimini oshirishga o‘rgatishni
Ё Muammoning yechishni to‘g‘ri tanlashni
Ё Shifokorlar tomonidan bemorlarga yordam ko‘rsatishni va qo‘llab quvvatlashni
Ё Shifokor va bemorning bir-biriga ishonchini 
Nodirektiv maslahat 
Ko‘p yillar mobaynida shifokorlarni konsultatsiya usulini tanlash muammosi 
bezovta qilib kelmoqda. Agar shifokor bemorning iztiroblarini tushunsa va unda faol 
ishtirok etsa, dominantlik qilmagan holda o‘z fikrini ochiq ayta olsa ana unda yuqori 
samarali konsultatsiyaga erishadi. Aynan shu nodirektiv konsultatsiya shartlaridir. 


Nodirektiv konsultatsiya jarayonida shifokor bemorga mustaqil qaror qabul qilishiga 
yordam beradi,lekin unga o‘z xukmini o‘tkazmaydi. Bunday xollarda bemor 
davolashga to‘g‘ri yondoshadi, javobgarlikni his etadi. 
 
Direktiv maslahat 
Direktiv konsultatsiya usulini bemor kuchli ruhiy istirobdaligida,ya’ni muammoni 
to‘g‘ri baholay olmaganda va to‘g‘ri xulosa chiqarishga qodir bo‘lmaganda 
qo‘llaniladi.
Maslahatni asosiy tamoyillari va psixoterapiya 
Ё Maslahat asosi — ishonch va o‘zaro bir-birini tushunish
Ё Asosiy shart-shifokorlik sirini saqlash
Ё Avvalo bemorni diqqat bilan eshitish, suhbat vaqtida bemorni ko‘ziga qarash 
lozim
Ё Bemor haqida qayg‘urayotganligingizni ko‘rsating
Ё Har doim bemorning oilaviy hayoti haqida axborotga ega bo‘ling
Ё O‘z his-hayajoningizni jilovlang
Ё o‘zingizni tabiiy tuting
Ё Bemorga buyruq bermang, aksincha maslahat bering
Ё Maslahat vaqtida o‘zgaruvchan bo‘ling va kerak vaqtida konsultasiya usulini 
almashtiring. 

Download 404.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling