Saqlash vazirligi
Homiladorlik va tug‘ruq vaqtiga beriladigan i. ya/v
Download 404.38 Kb. Pdf ko'rish
|
Poliklinika ishini boshqarish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Parvarish qilish uchun beriladigan i. ya/v va ma’lumotnomani berish
Homiladorlik va tug‘ruq vaqtiga beriladigan i. ya/v
1. I. ya /v homiladorlikning 36 haftasidan beriladi davomiyligi 126 kalendar kun, homilador ayolni birgalikda ko‘rikdan o‘tkazadigan shifokorlar (akusher-ginekolog, UASH). 2. Asoratli tug‘ruqda yoki egizaklar va undan ziyod bolalar tug‘ilganida, tug‘ruq o‘tgan DPM tomonidan i. n/v 14 kalendar kuniga cho‘zib beriladi. 3. 30 haftagacha kechgan tug‘ruqlarda i. ya/v tug‘ruq kechgan DPM tomonidan beriladi: 126 kalendar kuniga — agar bola tirik tug‘ilgan bo‘lsa, 70 kalendar kuniga — agar bola o‘lik tug‘ilgan bo‘lsa yoki tug‘ilgandan 168 soat davomida o‘lgan bo‘lsa. 4. Agar bolani 3 oylik davrigacha asrab olinsa i. ya/v bola tug‘ilgan kasalxona shifokori tomonidan beriladi, bola tug‘ilgan kundan 126 kalendar kuniga. Parvarish qilish uchun beriladigan i. ya/v va ma’lumotnomani berish 1. Ambulator sharoitda 14 yoshdan katta bolalarni parvarishlash uchun beriladigan i. ya/v judayam og‘ir kasalliklarda, jarohatlarda to‘ldiriladi, beriladigan muddati davolovchi shifokor va bo‘lim boshlig‘i bilan birgalikda 7 kalendar kunidan oshmaydi. 2. 14 yoshdan kichik bolalarni parvarishlash uchun beriladigan i. ya/v ambulator sharoitda yashash joyiga qaramasdan, kasallikning to‘liq davriga, bola parvarishga muxtoj bo‘lsa, oiladagi har bir a’zoga 14 kalendar kunga beriladi; agar bola kasalligi shu muddatdan so‘ng ham davom etsa, bolani parvarish qilayotgan kishiga o‘tkir kasallikdan to‘liq tuzalishiga yoki surunkali bo‘lsa remissiya davri kelguncha ma’lumotnoma beriladi. 3. Agar oilada ikki yoki undan ziyod bola bir vaqtda kasallansa, ularni parvarish qilish uchun bitta i. ya/v yoki ma’lumotnoma beriladi. Agar bolalar birin-ketin kasallansa unda i. ya/v har biriga alohida beriladi. Agar ikkinchi bola birinchi bola kasalligining o‘rta davrlarida kasallansa, i. ya/v ikkinchi bolaga birinchi bolaga berilgan i. ya/v yopilganidan so‘ng beriladi, ikki bola kasalligining mos kelgan kunlarini ikkinchi i. ya/v kunidan olib tashlanadi. 4. Agar ma’lumotnoma yordamida ishdan ozod qilingan muddatda boshqa bola kasallansa yoki shu bolaning o‘zida yangi kasallik kelib chiqsa (oldingi kasallik bilan bog‘liq bo‘lmagan), ma’lumotnoma yopiladi va yangi i. ya/v ochiladi. 5. Agar ona bir bolasini parvarishlab kasalxonada yotgan bo‘lsa, uyda boshqa bola kasal bo‘lsa yoki 3 yoshgacha sog‘lom bolani, yoki 16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolani parvarish qilish uchun i. ya/v onadan boshqa oila a’zolariga beriladi, DPM shifokori va bo‘lim boshlig‘i bilan birgalikda i. ya/v kasallikning to‘liq kechish davriga yoki kasalxonada bir vaqtda yotish muddatiga beriladi. 6. Kasalxonada davolanayotgan 6 yoshgacha bo‘lgan bolani parvarishlash uchun i. ya/v beriladi, ulardan katta bolalar uchun i. ya/v berilmaydi, alohida holatlarda bolaga qo‘shimcha parvarish kerak bo‘lganida berilishi mumkin. 7. Agar bemor ro‘yxat bo‘yicha yoki qo‘shimcha ishchi ta’tilida bo‘lsa, ta’tilda 3 yoshgacha bo‘lgan bolani parvarishlash uchun, oylik maosh saqlanib qolinmagan ta’tilda, homilador va tug‘ruq vaqtidagi ta’tilda bo‘lsa i. ya/v berilmaydi. Download 404.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling