Saqlash vazirligi
Download 404.38 Kb. Pdf ko'rish
|
Poliklinika ishini boshqarish
- Bu sahifa navigatsiya:
- SALOMATLIK GURUHLARINI ANIQLASH 1-GURUH.
3A GURUHI
Apgar shkalasi bo‘yicha 4-7 ball bo‘lgan chaqaloqlar, tug‘ma nuqsonlari bilan, rivojlanishning tug‘ma nuqsonlari bo‘lgan bolalar. 3B GURUHI Juda og‘ir tug‘ma va ortirilgan nuqsoni bo‘lgan bolalar Apgar shkalasi bo‘yicha 4 ballgacha. Chaqaloqlik davrining oxirida bolaning salomatligini yana bir marta baholanadi va boshqa guruhga o‘tkazilishi mumkin.. 2. Erta yoshdagi va maktab davrigacha bo‘lgan bolalar salomatligini kompleks baholanadi va shular asosida salomatlik guruxlariga ajratiladi. Salomatlikni kompleks baholashda quyidagi belgilarga ahamiyat beriladi: 1. Organ va tizimlarning funksional holatiga. 2. Organizmning rezistentligi va reaktivligiga. 3. Jismoniy va asab-ruhiy rivojlanishining darajasi va bir me’yoriyligi. 4. Surunkali (tug‘ma) nuqsonning borligiga. SALOMATLIK GURUHLARINI ANIQLASH 1-GURUH. Klinik sog‘lom bolalar, me’yorida va bir me’yorida rivojlangan, kasallanishi yiliga 3 martadan oshmaydi va yengil kechadi. Sog‘lom bolalar deb ma’lum muddatda ko‘rikdan o‘tkazilinadi. 2-GURUH. Funksional o‘zgarishi bo‘lgan bolalar, o‘sish va rivojlanish tempi va xarakterida izdan chiqishlari: og‘ir akusherlik anamnez, chala tug‘ilganlik yetilmaganlik belgilarisiz, erta neonatal davrning yomon kechishi; raxit 1 daraja, 1 darajada tana vaznining yetishmasligi yoki ortiqligi; kamqonlik oldi holati; timus gipertrofiyasi; adenoidlar gipertrofiyasi va kariyes (kariyes tishlari 6-8); tez-tez o‘RK bilan og‘rishi (yiliga 4 martadan oshiq); zotiljam, bronxitlar; YuqT tizimi funksional o‘zgarishlari (VTD, funksional sistolik shovqin); yengil darajadagi miopiya. Pediatrlar va tor mutaxassislar bu bolalarni tez-tez nazoratdan o‘tkazadilar (ko‘rsatma bo‘yicha). 3-GURUH. Organ va tizim rivojlanishida surunkali patologiya va tug‘ma deffektlarning kompesirlangan kechiruvchi bemorlar. Boshqa a’zo va tizimlarning klinik ko‘rinishlari va funksional chekinishisiz, funksional chekinishi va klinik ko‘rinishi o‘zgargan bir a’zo yoki tizim mavjud. Umumiy holatning o‘zgarishisiz asosiy kasallikning qayta xurujlari kuzatiladi, kam uchraydigan interkurent kasalliklar. Pediatr tomonidan yiliga 2 marta ko‘rikdan o‘tkaziladi, maxsus davo profilaktik muolajalar o‘tkaziladi. 4. GURUH. Rivojlanish tug‘ma deffektlari bo‘lgan, surunkali kasalliklarning subkompensatsiyalangan darajada kechiruvchi kasalliklar. Bola umumiy axvolining o‘zgarishi bilan kechuvchi asosiy surunkali kasallikning tez-tez qaytalanishi kuzatiladi, rekonvalistensiya davrining cho‘zilishi. Pediatr tomonidan yiliga 4 marta ko‘riladi, qayta xurujga qarshi davo va kasalxonada davolashni tashkillashtiradi. 5-GURUH. Nogironlikka olib keluvchi og‘ir tug‘ma nuqson va og‘ir surunkali kasallikning dekompensasiya davridagi kasallar. Bolalar kollektivlariga kiritilmaydi, doimo kuzatuvda bo‘ladilar. Surunkali kasalliklari bor bolalar (3-5 yil), dispanser nazoratida turishadi, pediatr tomonidan vaqti-vaqti bilan ko‘rikdan o‘tib turishadi, ularga kerakli davo-profilaktik muolajalar o‘tkaziladi. 2-gurux bolalari — xavf guruh bolalari pediatr va boshqa mutaxassislar nazoratidan chetda qolib ketish ehtimoli ko‘p bo‘lgani uchun bu guruhdagilar ancha xavfli hisoblanadilar. Shunday qilib, bolalar salomatligini kompleks baholash keng tarmoqli, tibbiy xodimlar tomonidan alohida e’tibor talab qiluvchi, bolalar salomatligini 2 ta guruhga ajratishdan iboratdir. Download 404.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling