Saqlash vazirligi
Download 404.38 Kb. Pdf ko'rish
|
Poliklinika ishini boshqarish
4. Sog‘lom turmush tarzi. Bolalar salomatligi Agarda bolaga diqqat bilan qaraganda, farzandini sevgan ota-ona yoki e’tiborli shifokorni quyidagi savol qiziqtiradi: Mening farzandim to‘g‘ri rivojlanmoqdami? Bu savol ota-onalarni ko‘p xavotirga soladi. Har bir oila bola tug‘ilganidan so‘ng, bola sog‘lom o‘sishini va normal rivojlanishini istaydi. Albatta biz, umuman sog‘lom bolani programmalashtirish qobiliyatiga ega emasmiz. Lekin bolani to‘g‘ri rivojlanishini ta’minlash bizning qo‘limizdan keladi. Ko‘pincha ko‘rik paytlarida, pediatrlar ota-onalar e’tiborini ularning bolasi ko‘rinishlariga qaratib, shu bilan birga qiyin tibbiy terminlarni ishlatgan holda tashxis qo‘yib, ota-onalarni xavotirga solib qo‘yishadi. Va shunda intiqib kutilgan bola xavotir keltiruvchi belgi bo‘lib qoladi. Bunday hollarda, sizning bolangiz salomatligini tahlil qiluvchi, oldindan aytib beruvchi va jiddiy kasalliklarni oldini oluvchi mutaxassisga murojaat qilish lozim bo‘ladi. Hammasi onaning homiladorlik davri va tug‘ruq davridan boshlanadi. Turli omillar bola hayotiga homiladorlik davrida yoki tug‘ruq davrida nojo‘ya ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bularning oqibatidan bola organizmining markaziy tizimlaridan biri — asab tizimi rivojlanishi va faoliyatining buzilishi kuzatilishi mumkin. Xavf omillari bo‘lib onaning surunkali kasalliklari, homiladorlik davridagi toksikoz, bola miyasining to‘qimalariga qon orqali kislorod kelishini kamaytiradigan infeksion epizodlar, (o‘RK, homiladorlik davridagi gripp). Keyingi muhim bosqich bu tug‘ruq davri. Asab tizimiga akusherlik patologiyasi (homilaning noto‘g‘ri joylashuvi, tug‘ruqning tez kechishi, va boshqalar), onaning toz suyaklarini anatomik tuzilishi ko‘rinishlari yomon ta’sirni ko‘rsatishi mumkin. Yanada yomon ta’sirni tug‘ruq davridagi homilaning kindikka o‘ralib qolishidir,buning natijasida asfiksiya kelib chiqadi, shu bilan birga kislorodning miyaga borishini o‘tkir yetishmovchiligi kuzatiladi. Miya to‘qimasi kislorod yetishmovchiligiga juda ta’sirchan bo‘lgani uchun, quyida keltirilganlarning hammasi, yangi tug‘ilgan chaqaloqda asab tizimining perinatal buzilishi deb ataladigan kasallikning sababchi omillari bo‘lishi mumkin. «Perinatal patologiya» atamasi lotin tilidan tarjimasida, homiladorlik va tug‘ruq davrining yomon kechishi natijasida kelib chiqqan o‘zgarishlarni bildiradi. Yomon omillar bolaga alohida ta’sir qilganidek, turli xil kombinatsiyada ta’sir qilishi mumkin. Quyidagi patologik o‘zgarishlar harakat va ruhiy-nutq vazifalarning rivojlanishini o‘zgarishiga olib keluvchi asosiy sababdir. Ko‘pgina hollarda bu chekinishlar yengilroq bo‘lib, to‘g‘ri nazorat qilinganida ular davoga beriluvchandir, bosh miya to‘qimalarining katta kompensator xususiyatini hisobga olmoq zarur. Og‘ir buzilishlar 3% chaqaloqlarda kuzatiladi. Shu maqsadda asab tizimining jiddiy buzilishlarini bola hayotining erta davrlarida aniqlash uchun, yangi tug‘ilgan chaqaloq albatta nevropatolog tomonidan ko‘ruvdan o‘tishi lozim. Ko‘pchilik bolalarda asab tizimining perinatal jarohatlanish belgilari ancha kechroq davrda, ancha qiyin ruxiy va nutq vazifalarning rivojlanishi bilan kelib chiqadi. Har bir vazifa, organizm rivojlanish jarayonida, o‘zining optimal yosh davrlari mavjud. Bolada vazifalar rivojlanishining optimal muddatlari bilan birga, ma’lum bir kritik davrlari ham mavjud. Bu bosqichlarda bola rivojlanishida «katta» qadam qo‘yiladi, bola o‘tirishni, turishni, yurishni, gapirishni boshlaydi. Bolaning rivojlanishida har bir aniq holatda, uning rivojlanishini baholash individual ekanini tushunish muhimdir. Ba’zi ota- onalar, ko‘chada sayr qilayotgan vaqtda, o‘z farzandining boshqa bolalar bilan o‘ynayotganida, uning aktivligi, qobiliyati, chaqqonligi va bajara olish qobiliyatining nisbatan farqi sezilgudek bo‘lsa, ko‘ngillariga og‘ir botadi. Bunday tashvishlar ko‘pgina hollarda asossiz bo‘ladi, chunki har bir bola turli ko‘nikmalar rivojlanishining individual yo‘liga ega. Bundan tashqari, bolaning rivojlanishida oilaning sotsial-ekonomik darajasi ahamiyatga ega, ona va atrofdagilar tomonidan bolaga berilayotgan e’tibor va ajratilayotgan vaqtdan iborat emotsional muhitga bog‘liq. Bolaning mijozi va jinsi muhimdir, chunki qizlar o‘g‘il bolalarga nisbatan oldinroq rivojlanadilar. Afsuski, ota-onalar har doim ham, bola qanday ko‘nikmalarni bilishi kerak, e’tibor talab qiladigan narsalar va ularni qayta tiklashni me’yor darajasini bilishmaydi. Shu maqsadda, «e’tibor beriladigan» belgilar guruhini ajratish lozim, ularning mavjudligi mutaxassis ko‘ruvi va keyinchalik uning kuzatuvida bo‘lishi lozimligini belgilaydi. Bola hayotining birinchi haftalarida bu belgilardan bola juda sust qichqirishi, yomon emishi, qalqib ketishi kabilar uchrashi mumkin. Kuzatuvda harakat aktivligining pasayib ketishini, tovush qo‘zg‘atuvchilariga ta’sirlanmasligini kuzatish mumkin. Bosh aylanasini o‘lchaganimizda — bosh aylanasining tez (oyiga 3 sm) ga kattalashuvi kuzatiladi. Keyinchalik esa, bola boshini orqaga tashlaydigan holat kelib chiqadi, har emizganidan so‘ng bola kam-kamdan qusadi, kechqurunlari bolani uxlashi qiyinroq bo‘ladi, tez-tez uyg‘onib ketadi. Bola hayotining 3 oyida bu ko‘rinishlardan, o‘zini xarakatidan, qo‘l va oyoqlar mushaklar qisqarishining kuchayishidan yoki teskarisi, mushak kuchining pasayishi «qurbaqa turish», qorinda yotganida ishonchsiz va qisqa muddat boshini ushlashi kabi belgilar kuzatiladi. Ko‘z olmasining adashgan harakatlari biror narsada nigohini ushlay olmasligi bo‘lishi mumkin. Qattiq yig‘laganda va qo‘rqanida qo‘l, iyagining titrashi kuzatiladi. 6 oylarga kelib «e’tibor beriladigan» belgilardan quvonchning, kulgining yo‘qligi, hissiyotning o‘ziga xos nochorligi kuzatiladi; o‘yinchoqlar bolada qiziqish uyg‘otmaydi. Bola kam harakatlanadi, o‘girilmaydi yoki bir tomonga o‘giriladi, o‘yinchoqlarni ushlamaydi va qo‘ldan- qo‘lga uzatmaydi. Ancha kechroq davrda (7-9 oylarda), noxush omillardan quyidagilarni kiritish mumkin: kattalar bola bilan o‘ynashga harakat qilishganida — bola tomonidan ochiqlik bilan javob berish kuzatilmaydi, hissiyotlarini yuzaga chiqarishda cheklanishlar mavjud. Mustaqil o‘tirish, narsalarni olishga harakat qilish, bir qo‘l bilan harakat qilgan holda o‘ynash kabi ko‘nikmalarining yo‘qligi tashvishlanarli. Agar bola bir yoshga to‘lganida, oddiy iltimoslarni tushunmasa, uning o‘yini faqatgina buziqlik xarakteriga ega bo‘lsa, «xavotirga» tushishingiz kerak. Nutq faqatgina tovushlardan iborat bo‘ladi. Bolani oyoqqa qo‘yishga harakat qilganingizda, bola «oyoq uchida» bir necha qadam tashlashi mumkin. Keyinchalik bolaning yomon koordinatsiyasi e’tiborga loyiqdir, yurishda o‘zgarishlar, bola o‘ziga xizmat ko‘rsatish va ozodalik kabi ko‘nikmalarining rivojlanmaganligi. Agar bola uyqusining buzilishi kuzatilsa, kechqurunlari uyg‘onib qichqiradi va yig‘lashining kuzatilishi xavotirli hisoblanadi. Ob-xavoning o‘zgarishiga ta’sirchan bo‘lib qolishi, tengdoshlari bilan muloqotga kirmasligi kuzatiladi. Bolaning turli ko‘nikmalarini rivojlanishidan orqada qolishi, bola rivojlanishning o‘zgacha ko‘rinishlarini bo‘lishi, mutaxassis maslahatiga murojaat qilishni talab qiladi, chunki erta aniqlangan tashxisning asoratlari kamroq bo‘ladi va davoga yaxshi beriladi. Ota-onalar ko‘pincha yana, 2 yoshdan keyin kelib chiqadigan tez asabiylashish muammosi bilan to‘qnashishadi. Ko‘p uchraydigan shikoyatlari bolaning erkaligi, «injiqlik» qilib aytganini qildirishdir. Keyinchalik patologik, ya’ni barmoqni so‘rish, tirnoqni tishlash va hokazo kabi odatlar paydo bo‘lishi mumkin. Ko‘p hollarda bu ko‘rinishlar asab tizimining buzilishlari kelib chiqayotganidan dalolat beradi. Bola rivojlangan sayin yanada chuqurroq, nevrotiklar, duduqlanish va boshqa o‘zgarishlar kuzatiladi. Bundan tashqari, asab tizimi butun organizmning boshqaruvchi tizim ekanini unutmaslik kerak. Birorta kasallik asab tizimini ta’sirlamay o‘tmaydi. Ma’lumki asab tizimi ta’sirlangan bolalar ko‘p kasallanadilar, ular kasallikni surunkali kechishiga moyildirlar. Shunday qilib yakunlashdan oldin, faqatgina shifokorlarning maslahatlari va ota-onalarning e’tiborligidan, bola rivojlanishi va tarbiyasida eng yaxshi natijalarni olish mumkin. Download 404.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling