Saqlash vazirligi


Download 404.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/50
Sana17.06.2023
Hajmi404.38 Kb.
#1536190
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   50
Bog'liq
Poliklinika ishini boshqarish

olish va javobgarlik 
Tibbiy hodimlar tomonidan asossiz berilgan vaksinasiyaga qarshi ko‘rsatmalar 
aministrativ huquqbuzarlikka kiradi. Asossiz emlashga qarshilik natijasida boshqarila 
oladigan infeksiyalar ta’sirida kasallikning kelib chiqishi sud tomonidan jazolanishi 
mumkin. Emlash tibbiy xodim tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tgandan so‘ng olib 
boriladi. Yuqumli kasalliklarning immunoprofilaktikasining sanitar mezonlari va 
tashkil etishning buzilishi qonun oldida javobgarlikni talab etadi. Agar emlash vaqtida 
hamma qonun qoidalarga amal qilingan bo‘lsa,lekin postvaksinal reaksiya va asorat 
paydo bo‘lgan bo‘lsa, bu tibbiy xodimga ayb qo‘yishga asos bo‘la olmaydi. 
Emlashga ko‘rsatmalar: 
· Emlash kalendari bo‘yicha bolaning yoshi emlash muddatiga mos kelsa
· Yomon epidemiologik holat


· Bola murojaat qilgan har bir davolash muassasasini uning vaksinal statusini 
tekshirish shart va qarshi ko‘rsatmalar yo‘q bo‘lsa yoshiga mos kelgan vaksinani 
qabul qilish uchun yuborilishi lozim.  
Emlashga qarshi ko‘rsatmalar; 
Umuman olganda hamma emlashga qarshi ko‘rsatmalar vaqtincha bo‘lib imkoniyat 
tug‘ilishi bilan ularni qayta ko‘rib chiqish va emlashni o‘tkazish lozim. 
Emlashga vaqtincha qarshi ko‘rsatmalar: 
 
1. Og‘ir va o‘rtacha og‘irlikdagi somatik va infeksion kasalliklar. Emlash 
tuzalgandan so‘ng 3-14 kun o‘tganidan keyin olib borilishi kerak. O‘RK va og‘ir 
bo‘lmagan diareya emlash uchun qarshilik bo‘la olmaydi. Yurak jigar,buyrak va 
o‘pkaning surunkali kasalliklari bor bo‘lgan bemorlarda hamda qandli diabet va 
boshqa endokrin kasalliklari bilan xastalangan bemorlarni emlash kasallikning 
remissiya davrida olib borilishi lozim.
2. Oldingi vaksinaga jiddiy reaksiyalar kuzatilgan bo‘lsa. Agar AKDS 
vaksinasidan so‘ng ensefalitik reaksiyalar, shaytonlash anafilaksiya va kollaps 
kuzatilgan bo‘lsa keyingi emlash vaqtida vaksinaning ko‘kyo‘tal antigen olib 
tashlanadi va emlash kursi ADS- anatoksini bilan olib boriladi. Yuqori harorat (40°S 
dan yuqori) va 3 soatdan ortiq vaqt mobaynida qichqirib yig‘lash keyingi emlashda 
ko‘kyo‘tal komponenti olib tashlashga ko‘rsatma bo‘la oladi. Tuxum oqi, 
antibiotiklarga anafilaktik reaksiyalar kuzatilgan bemorlarga bunday komponenti bor 
bo‘lgan vaksinalarni emlash mumkin emas. 

Download 404.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling