Saqlash vazirligi


Poliomiyelitga qarshi emlash


Download 404.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet29/50
Sana17.06.2023
Hajmi404.38 Kb.
#1536190
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   50
Bog'liq
Poliklinika ishini boshqarish

2. Poliomiyelitga qarshi emlash. Poliomiyelitni oldini olish maqsadida Sebin 
(JVS) shtammli poliomiyelitning tirik peroral vaksinasi ishlatiladi.
Preparat haqida ma’lumot. Vaksina attenuinlangan (kuchsizlantirilgan) 
poliomiyelit virusining uchta shaklli I, II, III — immunologik shtammlaridan iborat. 
Suyuq holda chiqariladi, qizil-to‘q sariq rangda, tagida quyqasiz, flakon ichida hech 
qanday aralashmalari yo‘q. 1-emlash dozasida preparat quyidagi infeksion birlikni 
tutadi: I shakl 1 000 000 dan kam emas; II shakl 100 000 dan kam emas; III shakl 
300 000 dan kam emas.
Emlash dozasi vaksinaning konsentrasiyasiga (titriga) bog‘liq: 2 tomchidan (50 ta 
dozani tashkil qilib, 5 ml dan quyilgan bo‘lsa, sh. q. vaksinaning 1 dozasi — 0,1 ml) 
yoki 4 tomchidan (25 dozani tashkil qilib, 5 ml dan quyilgan bo‘lsa yoki 10 dozani =2 
ml dan, sh. q. — vaksinaning 1 ta dozasi 0,2ml) bir qabulda.
Yuborish usuli. Vaksinaning emlash dozasini steril pipetka, kapelnisa yoki shpris 
yordamida ovqatdan bir soat oldin og‘izga tomiziladi. Emlashdan keyin suv iste’mol 
qilish, hamda emlashdan so‘ng bir soat davomida ovqat eyish va ichimlik ichish 
ta’qiqlanadi.
Emlashdan keyingi jarayon xarakteri. Poliomiyelit vaksinasi, na umumiy, na 
mahalliy jarayonni chaqirmaydi.


Asoratlar. Juda kam hollarda uchraydi. Allergiyaga moilligi bo‘lganlarda juda kam 
hollarda terida toshma, eshak yemi yoki Kvinke shishi va hokazolar ko‘rinishida 
kuzatilishi mumkin. Undan ham kam hollarda emlashdan keyingi 1-kundan to 30-
kunigacha va emlanganlar bilan kontaktda bo‘lganlar, kontaktdan keyingi 60 kun 
davomida kelib chiqadigan vaksinassosirlangan poliomiyelit (VAP) rivojlanishi 
mumkin; asoratlanish chastotasi 1 — 3 tasida 3 000 000 emlanganlardan. Oxirgi 
yillarda vaksinoassosirlangan poliomiyelit asosida immuntanqis holatlarga ko‘p 
e’tibor berilmoqda.
Davosi. Simptomatik.
Emlashga qarshi ko‘rsatmalar: 1) Tana haroratining yuqori bo‘lishi bilan 
kechadigan (37,5°S va yuqori) yoki tizimli o‘zgarishlari bo‘lgan o‘tkir kasalliklar. 
Ancha yengilroq kasalliklar, O‘RVI yoki ich ketishlar tana haroratining 37,5 S bilan 
kechadiganlari qarshilik hisoblanmaydilar. 2) immuntanqis holatlar, qonning yomon 
sifatli kaslliklari, o‘smalar, immunodepressantlar va nur davosi buyurilganida. Bu 
hollarda davolash tugaganidan 12 oydan so‘ng emlash o‘tkaziladi; 3) oldin 
o‘tkazilgan emlashdan so‘ng kelib chiqqan asab tizimi o‘zgarishlari.

Download 404.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling