Saqlash vazirligi


Ko‘kyo‘tal, bo‘g‘ma va qoqsholga karshi emlash


Download 404.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet30/50
Sana17.06.2023
Hajmi404.38 Kb.
#1536190
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   50
Bog'liq
Poliklinika ishini boshqarish

3. Ko‘kyo‘tal, bo‘g‘ma va qoqsholga karshi emlash. Ko‘kyo‘tal, bo‘g‘ma va 
qoqsholni oldini olish maqsadida assosirlangan vosita —adsorblangan ko‘kyo‘tal, 
bo‘g‘ma-qoqshol vaksinasi (AKDS) ishlatiladi, 2-chi va 3-chi revaksinasiyaga esa —
ADS-M-anatoksin qo‘llaniladi. 
Preparat haqida ma’lumot. Vaksina ko‘kyo‘tal vaksinasi aralashmasi, tozalangan 
konsentirlangan bo‘g‘ma va qoqshol anatoksinidan iboratdir. Ampulada 1 mldan 
chiqariladi.
Emlashni o‘tkazish muddatlari. Emlash 2 oyligidan boshlanadi, 3 marta 30 kun 
oralig‘i bilan o‘tkaziladi. Emlash kursini tugatgandan so‘ng bir yildan keyin birinchi 
revaksinasiya o‘tkaziladi. Ikkinchi revaksinasiyani faqatgina bo‘g‘ma va qoqsholga 
qarshi ADS-M bilan 7 va 16 yoshlarda o‘tkaziladi.


Yuborish usuli. Vaksinani mushak orasiga (m/o) (ADS-M—m/o va teri ostiga (t/o)) 
dumbaning tashqi yuqori kvadratiga yoki sonning oldingi tashqi qismiga yuboriladi.
Elash jarayoning xarakteri. Ko‘pchilik bolalarda, AKDS vaksinasi bilan 
emlangandan keyin, na umumiy, na mahalliy jarayon kuzatilmaydi. Ba’zi bolalarda 
emlangandan keyingi birinchi 2 kunda umumiy jarayon kuzatiladi (tana haroratining 
37,5-38°C gacha ko‘tarilishi) va tez so‘rilib ketuvchi infiltratlar ko‘rinishida mahalliy 
jarayon kuzatiladi.
Asoratlar. Ayrim hollarda tana haroratining juda yuqori (39—40 °S) va 
intoksikasiya: bo‘shashish, bezovtalik, uyquning va ishtaxaning buzilishi, va shu bilan 
birga og‘ir mahalliy jarayon, ko‘pincha qayta emlanganlarda (revaksinasiyada) —
qattiq infiltrat diametri 2 sm dan yuqori bo‘lgani kabi belgilar kuzatilishi mumkin. 
Allergiyaga moilligi kuchli bo‘lgan bolalarda emlashdan so‘ng allergik toshmalar 
paydo bo‘lishi kuzatiladi, ayrim hollarda Kvinke shishi bilan birga kechishi mumkin; 
ekssudativ diatez qaytalanishi ham mumkin. Juda kam uchraydigan, lekin allergik 
jarayonidan xavfli asorat bo‘lib 
— 
anafilaktik shok hisoblanadi, juda yuqori 
sensibilizasiyaga ega bo‘lgan odamlarda emlashni qayta o‘tkazilgan vaqtda yuzaga 
keladi. Anafilaktik shok emlash o‘tkazilganidan 5—6 soatdan keyin kelib chiqadi. 
Bola hayotining birinchi yillarida anfilaktik shok o‘z ko‘rinishi tarzida o‘tadi, katta 
balalarda esa emlangandan keyin birinchi 5—6 soat ichida paydo bo‘ladigan, 
to‘satdan oqarib ketish, sianoz, holsizlik, kamquvvatlilik, arterial bosimning tushib 
ketishi, sovuq ter paydo bo‘lishi, ba’zi hollarda hushdan ketish bilan kechadigan 
kollaptoid holat kuzatiladi. 
Eng jiddiy asoratlardan MAT buzilishlaridir. Ularga emlashdan keyin bir necha 
soat davomida kuzatiladigan tinmasdan jarangdor qichqiriq kiradi; tana haroratining 
ko‘tarilishi yoki me’yorida bo‘lishi bilan birga tutqanoqlar, xushdan ketish holatlari 
«boshni oldinga tez-tez egish”, «cho‘qib olishga harakat qilish», nigohning to‘xtab 
qolishi kabi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladigan ensefalik reaksiya; judayam kam 
hollarda qaytalanuvchi va to‘xtamasdan kechadigan tutqanoqlar, uzoq muddat 


xushdan ketish, tana haroratining yuqori bo‘lishi, qusish, giperkinezlar bilan, 
avtomatik harakatlar, qo‘l va oyoqlarning parezi, o‘choqli belgilar bilan kuzatiladigan 
ensefalitlar rivojlanishi mumkin. Bu kasalliklarning kechishi og‘ir, ko‘pincha dag‘al 
qoldiq ko‘rinishlari bilan.
Emlashdan keyin noaniq reaksiya va asoratlar paydo bo‘lsa keyingi emlashlar 
o‘tkazilmaydi. Quyida keltirilgan asoratlar ko‘kyo‘tal komponenti bilan bog‘liq deb 
yuritiladi. Bundan kelib chiqadiki, keyingi emlashlarni ADS-anatoksin bilan davom 
etsa bo‘ladi. Agar bola nojo‘ya ta’sirgacha AKDS-vaksinaning bittasini olgan bo‘lsa, 
unga ADS-anatoksin bir marta yuboriladi, agar ikkita emlashni o‘tkazgan bo‘lsa, 
ADS-anatoksin bilan qayta emlashni (revaksinasiyani) 1 yildan keyin o‘tkaziladi.
Davolash. Tana harorati (39,5—40°S va undan yuqori) ko‘tarilganida antipiretiklar 
qo‘llaniladi: parasetamol — 10 mg/kg ichishga. Tana haroratining yuqoriligi turg‘un 
bo‘lganida mushak orasiga (m/o) 50 % analgin eritmasi — 0,015 ml/kg 
antigistaminlar bilan birga (1 % dimedrol eritmasi, 2 % suprastin eritmasi, 2,5 % 
pipolfen eritmasi va x-zo). Sovutishning fizik usullari qo‘llaniladi, tez-tez va kam-
kamdan suyuqlik ichiladi.
Bir marta va qisqa muddatli tutqanoqlar, aktiv davoni talab qilmaydi. Qaytalangan 
tutqanoqlarda 0,5 % seduksen eritmasi — 0,05 mg/kg m/o yoki vena ichiga (v/i) 10 % 
glyukoza eritmasi bilan; fenobarbital: bolalarga 1 yoshgacha — 1 mg/kg dan, 1 
yoshdan kattalarga — har bir yoshga 10 mg hisobida olinadi; 25 % sulfat magniy 
eritmasi — 0,2 ml/kg dan m/o; natriy oksibutirat eritmasi — 50—100 mg/kg dan 
20—30 ml 5 % glyukoza eritmasi bilan v/i. Degidratasion dori vositalari: 15—20 % 
mannitol eritmasi bolaning 1 kg tana vazniga 1,0—1,5 g quruq modda hisobida 
olinadi; laziks (furosemid) — 1—3 mg/kg dan kuniga 2—3 marta m/o yoki v/i, 
diakarb (0,125—0,25 g). Og‘ir nevrologik asoratlarda reabilitasion muolajalar 
buyuriladi.
Emlashga qarshi ko‘rsatmalar: 1) o‘tkir infeksion va noinfeksion kasalliklar. 
Bunday hollarda emlash bola tuzalganidan 1 oy keyin o‘tkaziladi; 2) surunkali 


kasallikning qayta huruji. Emlashni individual holda remissiya boshlanishi bilan 1—3 
oy dan keyin o‘tkaziladi; 3) uzoq vaqt davom etadigan va og‘ir kasalliklar (virusli 
gepatit, sil, meningit, miokardit, gemorragik vaskulit va boshqalar). Bola tuzalganidan 
keyin individual holda 6—12 oydan keyin emlanadi; 4) AKDS-vaksinaning oldingi 
emlashidan kelib chiqqan noaniq reaksiyalar va asoratlar: allergik reaksiyalarning 
og‘ir turlari (shok, Kvinke shishi, polimorf ekssudativ eritema va boshqalar); 
tutqanoqlar, qattiq tovushli qichqiriq, es-xush o‘zgarishlari; og‘ir umumiy belgilar 
(tana haroratining 39,5°S, dan yuqori bo‘lishi, intoksikasiya simptomlari). Ilova: katta 
bo‘lmagan mahalliy jarayon, tana haroratining 39,5°S gacha ko‘tarilishi AKDS-
vaksinasi bilan emlashga qarshi ko‘rsatma hisoblanmaydi. Noaniq jarayon va 
asoratlar kuzatilgan bolalarni ADS-M-anatoksini bilan emlash davom ettirilaveriladi
5) Asab tizimi kasalliklari, tutqanoq sindromi, umumiy yoki o‘choqli nevrologik 
belgilar. Ilova: xromosom kasalliklari bilan bolalar (Daun kasalligi va bosh.), modda 
almashuvining nasliy kasalliklari (fenilketonuriya va bosh.), MAT ning qoldiq 
asoratsiz perinatal jarohatlanishlari bola 6 oydan oshgandan so‘ng emlaniladi; 6) 
allergik kasalliklarning og‘ir turlari: zardob kasalligi sindromi, qaytalanuvchi Kvinke 
shishi, generalizasiyalanagan (tarqalgan) ekzema, bronxial astmaning og‘ir turlari. 
Ilova: residivlangan obstruktiv bronxiti bor bolalar, atonik dermatit lokal turlari bilan 
AKSD-vaksinani qayta xurujdan 3 oydan so‘ng emlaniladilar; oila anamnezida 
allergiya, ovqat allergiyasining og‘ir bo‘lmagan turlari, ekssudativ diatez AKDS-
vaksinasiyani o‘tkazishga qarshi ko‘rsatma bo‘lmaydi; 8) immuntanqis holatlar, 
qonning yomon sifatli kasalliklari va o‘smalar, immunodepressantlar va nur bilan 
davolanayotganlar.

Download 404.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling